Mavzu: Nabi Jaloliddin. “Ota” hikoyasi: Muallif hayoti va ijodi. “Asarni oʻqishga tayyorlanamiz” bosqichi topshiriqlari bilan ishlash



Yüklə 18,52 Kb.
səhifə5/6
tarix18.12.2023
ölçüsü18,52 Kb.
#184013
1   2   3   4   5   6
Mavzu Nabi Jaloliddin. “Ota” hikoyasi Muallif hayoti va ijodi.-fayllar.org

Lugʻat bilan ishlash:
yandi — koyidi
nimcha — “namuncha” demoqchi
jijisiminan — “chaqalog‘i bilan” demoqchi
dilbuzar — “televizor” demoqchi
dilbuzar — “televizor” demoqchi
obshiy — “umumiy” demoqchi

Mustahkamlash
Mavzuni mustahkamlash uchun adabiyot darsligidagi savol-topshiriqlar yuzasidan “Sirli sandiq” oʻyini oʻtkaziladi. Har bir guruhdan navbat bilan ikkitadan ishtirokchi chiqib, sandiqchadan savolni oladi va unga javob beradi.
Agar oʻquvchi javob berolmay qolsa, oʻz guruhidan yordam olishi mumkin.
1. “Ota” hikoyasida qanday g‘oya ilgari surilmoqda? Sizningcha, asar nima uchun
“Ota” deb nomlangan?

2. Sizningcha, asarning qaysi o‘rinlarida otalarga xos xususiyatlar yax shi ochib
berilgan? Qaysi o‘rinlarda esa ota obrazini yanada kuchaytirish mumkin edi? Fikrlaringizni matn asosida dalillang.

3. Asarning boshi hamda so‘ngidagi keksalik va bolalik, chol va bola, o‘lim va
hayot kabi qarama-qarshi tushunchalarning asar g‘oyasini ochish dagi ahamiyatini
matn asosida dalillang.

4. Asarda ota, ona, farzandlar nutqiga xos qanday jihatlarni kuzatdingiz? Bu o‘ziga xoslik orqali qanday maqsad ko‘zlangan deb o‘ylaysiz?
5. “Ota” va “Vatan”, “ota” va “millat” tushunchalarini asardagi cholning bola hayotini qutqarib halok bo‘lishi lavhasi bilan bog‘lab tushuntiring. Asarni cholning o‘limi bilan yakunlash orqali muallif nima demoqchi? Asarni boshqacha yakunlash mumkinmidi?
Navbatdagi mashqimiz “Topqirlik bahsi” deb nomlanadi. Bunda oʻquvchilar ekranda aks etgan quyidagi gaplar qaysi hikoyaga tegishli ekanligini aniqlaydilar.
Yakuniy bosqich “ONAGA EHTIROM” deb nomlanadi.
O`qituvchi: Ona farzandi uchun hamma narsaga,hatto jonini qurbon qilishga ham tayyor. Shuning uchun bo`lsa kerak, ona haqida behisob she’rlar to`qilgan, dostonlar, yirik asarlar bitilgan.Kichik maqollardan tortib muqaddas hadislarimizgacha ona madh etiladi, e’zozlanadi.
Bu bosqichda har bir guruh a’zolari “Onaga ehtirom” mavzusida taqdimot o`tkazishadi. 1-guruh ona haqida she’r o`qiydi, 2-guruh maqol va hikmatlardan yod aytadi, 3-guruh esa ona haqida matn tuzadi.

Yüklə 18,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin