Talab qonunini tushuntiring. Talabga qanday omillar ta’sir qiladi? Bu omillardan har biri o‘zgarsa, talab egri chizig‘ida qanday o‘zgarish ro‘y beradi?
Taklif qonunini tushuntiring. Taklifga qanday omillar ta’sir qiladi? Bu omillardan har biri o‘zgarsa, talab egri chizig‘ida qanday o‘zgarish ro‘y beradi?
Iste’molchi xatti-harakati nazariyasining asosida nimalar yotadi? Bu nazariyaning asosiy qonun-qoidalarini izohlang.
Iste’molchining afzal ko‘rishi nima? U iste’molchi tanloviga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
YAlpi (umumiy) naflilik va so‘nggi qo‘shilgan naflilik tushunchalari o‘rtasida qanday bog‘liqlik mavjud?
Befarqlik egri chizig‘i nimani ifodalaydi? Befarqlik kartasi-chi? Ularning iste’molchi xatti-harakatini tushuntirishdagi ahamiyatini izohlang.
Iste’molchi byudjeti chizig‘iga narx va daromaddagi o‘zgarishlar qanday ta’sir ko‘rsatadi?
1. Bozor talabi- bu.............. a) individual talab;
b) o‘zgarmas bozor talabi;
c) individual talablarning yig‘indisi;
d) bozorda sotishga chiqarilgan tovar va xizmatlarning miqdori.
2. Taklif egri chizig‘i yuqoriga ko‘tariladi, chunki qanchalik narx ............... bo‘lsa, shunchalik firmalarning tovar ishlab chiqarish va sotish imkoniyati oshadi. a) past;
b) yuqori;
c) o‘rtacha;
d) erkin;
3. Talab va taklifning muvozanat nuqtasi- bu.......... a) talab va taklif egri chiziqlarining kesishishi nuqtasi;
b) talab va taklif egri chiziqlarining uzoqlashish nuqtasi;
c) ordinata o‘qini kesish nuqtasi;
d) talab va taklif egri chizig‘ining tegib o‘tish nuqtasi;
;
4. Talabning o‘zgaruvchanligi- bu................. a) talabning ustuvorligidir;
b) hamma omillar doimiy bo‘lgan holda talabning o‘zgarishi;
c) talabning omillarga bog‘liq holda tebranishi;
d) talab bilan taklifning mos kelishi;
5. Talab o‘zgarmas bo‘lgan holda narxning o‘sishi: a) iste’molchilar xarajatlarining oshishiga olib keladi;
b) iste’molchilarga hech qanday ta’sir etmaydi;
c) iste’molchilar daromadining oshishiga olib keladi;
d) iste’molchilar xarajatlarining kamayishiga olib keladi;
№1. Tarvuzga bo‘lgan talab 100 dona bo‘lganda har bir tarvuz narxi 21 so‘mni tashkil qiladi. 160 dona bo‘lganda bir dona tarvuz 19 so‘m bo‘lsin.
YOysimon elastiklik koeffitsientini hisoblang?
№2. Kalishga bo‘lgan talab 150 dona bo‘lganda, har bir poy kalish narxi 40 so‘mni tashkil qilsin, talab 250 dona bo‘lganda bir poy kalish narxi 37 so‘m bo‘lsin. YOysimon elastik koeffitsientini hisoblang?
№3. Talab va taklifning narxga bog‘liqligi .
1 kg go‘shtning narxi 30 so‘m turgandagina qo‘yilgan talab va tovar taklifi miqdoriga teng. 1 kg go‘sht 10 so‘m tursa , tovarning (go‘sht) talabi qanchaga teng, taklifi qancha tonnaga teng? Narx 30 so‘mdan yuqori bo‘lsa, aytaylik 40 so‘m bo‘lsa, bozorda go‘shtga bo‘lgan holat qanday bo‘ladi?
№4. Iste’molchining daromadi yiliga 700000 so‘mdan 1 mln.ga oshdi. Makaronga bo‘lgan talab yiliga 3 kg dan 1 kg ga pasaydi. Yog‘ga bo‘lgan talab 5 kg dan 7 kg ga oshdi, daromadga nisbatan va mahsulot xarakteriga nisbatan talab elastikligini aniqlang?
№5. Kir yuvish kukunining talab elastikligi – A narxga nisbatan to‘g‘ri 4,5, daromadga nisbatan 0,8. Xo‘jalik sovuni narxiga kesishuvida 2,5. 1) 1% ga oshganda, 2) aholini daromadlari 1% ga oshganda. Agarda: 3) xo‘jalik sovunining narxi 1% ga oshganda, 4) bir vaqtning o‘zida a) ushbu yuvish kukunining narxi 4% pasayganda b) aholi daromadlari 5% pasayganda v) xo‘jalik sovunining 6% pasayganda, ushbu yuvish kukunining talab hajmida qanaqa o‘zgarish ro‘y beradi ?
№6. Tovar taklifi qo‘yidagi tenglama bilan izohlanadi As+0,4R. Agarda tovar narxi 50000 so‘mdan 100000 so‘mga o‘zgarganda taklif elastikligi o‘zgaradimi?
№7. Agarda daromadlarning 1,1 marotobaga ortishi natijasida choynaklarga bo‘lgan talabning 5 % ga ortishi natijasida choynaklar bo‘yicha olingan daromadlarning elastikligi nimaga teng?
http://fayllar.org