Mavzu: Narxlarni boshqarish


Bozor iqtisodiyotida narxning vazifalari



Yüklə 28,61 Kb.
səhifə2/5
tarix22.10.2023
ölçüsü28,61 Kb.
#159538
1   2   3   4   5
Mavzu Narxlarni boshqarish-fayllar.org

Bozor iqtisodiyotida narxning vazifalari
Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida tovarlar va xizmatlar oldi sotdisida qo’llanilishi N.tizimini yaratadi. Milliy iqtisodiyot holatini hisoblashda joriy va qiyosiy N.lar qoʻllaniladi. Joriy N.lar amaldagi N.lar boʻlib, ular yordamida yil davomidagi ishlab chiqarish natijalari hisoblanadi. Qiyosiy N.larda maʼlum yil asos qilib olinib, ishlab chiqarishning natijalari shuN.da hisoblanadi va boshqa yillar bilan taqqoslanadi. JoriyN.lar inflyasiya tufayli oʻzgarishi va real iqtisodiy natijani koʻrsatmasligi sababli yalpi milliy mahsulot, milliy daromad, real ish haqi va shahrik.koʻrsatkichlar dinamikasi qiyosiy N.larda hisoblanadi.N.qaysi bozorda amal qilishi, kimga moʻljallanganligi va qaysi maqsadni koʻzlashiga qarab bir necha turlarga boʻlinadi.Erkin bozor N.i (muvozanatliN.) erkin bozorda sotuvchilar va haridorlar koʻpchilik boʻlganidan ulardan hech biri oʻzi xohlagan narxni oʻrnatolmaydi.Bu yerda talab-taklif nisbatiga qarab erkin savdolashuv N.i,yaʼni muvozanatli N.yuzaga keladi; monopol N.monopol bozorda sotuvchi yoki hairdo ozchilik yoxud tanho boʻlganida ular xohlagan N. oʻrnatiladi. Bu bozorga zoʻrlab kiritiladigan N.boʻlib, odatdagi N.lardan yuqori boʻladi va monopol foyda olishga xizmat qiladi; Ulgurji N.tovar ishlab chiqaruvchilar savdo firmalariga Tovarlarni bir yoʻla koʻtarasiga sotishida qoʻllanadi. Tovar birjalari va savdo uylarida ham ulgurji N.lar qoʻllanadi; shartnoma N.lari sotuvchi va haridorlarning roziligi bilan belgilanadigan va oʻzaro tuziladigan shartnomada koʻrsatiladigan N.Bunday N.,odatda, shartnoma muddati amal qiladigan davrda oʻzgarmaydi. Koʻproq milliy va xalqaro bozorlarda qoʻllanadi. Chakana N.tovarlar bevosita isteʼmolchilarga yakkalab sotilgan chogda qoʻllanadi va miqdori ulgurji N.dan yuqori boʻladi; Preyskurant N.haridor uchun bildirgi yoki maʼlumotnoma N. boʻlib xizmat qiladi va haqiqiy N. preyskurantlar (koʻrsatkichlar) da eʼlon qilingan N. atrofida boʻlishini anglatadi; Dotatsiyalangan N.davlat byudjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan, bozor N.idan pastroq qilib belgilangan N. N.dagi farq byudjet beradigan dotatsiya bilan qoplanadi. Bu N.ni oʻtish davrida turgan mamlakatlarda davlat aholini ijtimoiy himoyalash uchun qoʻllaydi; Demping N.bozorda oʻz mavqeini mustahamlash va raqiblarni siqib chiqarishda qoʻllanadigan maxsus pasaytirilgan N.,xalqaro bozorlarda koʻproq qoʻllanadi.
Bozor koʻlamiga koʻra, N. larxududiy (mintaqaviy), milliy va xalqaro bozor N.lariga boʻlinadi. Hududiy N. faqat maʼlum hududiy bozorga xos boʻlib, u shu hudud doirasidagi omillar taʼsirida hosil boʻladi. Milliy bozor N.i bir mamlakat doirasida amal qiluvchi va ularning xususiyatini aks ettiruvchi N.lardir. Xalqaro N. muayyan tovarga ketgan baynalminal harajatlarni, tovarning nafliligi jihatidan jahon standarti talabiga mos kelish darajasini va xalqaro bozordagi talab va taklif nisbatini hisobga oladi.
N.lar farqining miqdoriy ifodasi N. diapazoni deyiladi. N.diapazoni N.lar oraligʻining puldagi ifodasidir. N. diapazoni quyi, oʻrta va yuqori N.larni oʻz ichiga oladi. Bu diapazon qanchalik katta boʻlsa, Tovar muomalasi shunchalik tez yuz beradi, talab bilan N. oʻzaro bogʻlanadi. Iqtisodiyot bir biriga bogʻliq va yagona boʻlganidan turli tovarlar va xizmatlar N.lari bir birini yuzaga chiqaradi, toʻldiradi va oʻzaro taʼsir koʻrsatadi. Ularning har biri oʻzi bilan bogʻliq keyingi mahsulot harajatlarini shakllantiradi. Koʻpgina sohalarda ishlatiladigan eng muhim iqtisodiy resurlar (metall, neft, kumir, gaz, yogʻoch, bugʻdoy, paxta kabi tovarlar) N.inin goʻzgarishi bozordagi jami N.lar nisbatiga taʼsir koʻrsatadi. Narxga ta'sir etuvchi eng qulay omil bu monopoliyadir. Monopolist korxona narxni xohlagancha o'ynatishi mumkin. Shunday ekan demping narx psixologik narx bularning hammasini monopolisthal qiladi xohlasa qiladi xohlamasa yo'q. Ushbu nazariya Buxoro Davlat Universiteti Iqtisodiyot kafedrasi kafedra mudiri Abdullayev.A.ga tegishli nazariyadir
Narx shakllanishi tovarlar va xizmatlarga belgilangan narxning bir qator omillar taʼsirida yuzaga kelishi jarayoni. Umumiy maʼnoda narx shakllanishiga davlat organlari (soliq, kredit va iqtisodiy siyosatning boshqa koʻrinishlari orqali) hamda iqtisodiy faoliyat subyektlarining oʻzlari taʼsir koʻrsatadi. Tor maʼnoda — firmalarning oʻz narx strategiyasini ishlab chiqishi. Narx shakllanishining 3 asosiy — erkin, maʼmuriy va aralash tiplari mavjud. Erkin Narx shakllanishi talab va taklif asosida yuzaga keladi. Barcha tovarlar va xizmatlar narxlarining bevosita maʼmuriy belgilanishi maʼmuriy, erkin va maʼmuriy Narx shakllanishining turli nisbatlarda qoʻllanilishi aralash Narx shakllanishi deb yuritiladi. Narx shakllanishi jarayoni tovar ishlab chiqaruvchi firmadan boshlanib, bozor narxi oʻrnatilgach, tugallanadi.
Narx shakllanishining bozor real sharoitiga asoslangan 5 asosiy qoidasi mavjud; harajatlarni qoplash qoidasi — narx darajasi tovarlar sotilganda firmaning tovarlarni ishlab chiqarish va sotish harajatlari toʻla qoplanib, tadbirkorga minimal foydani taʼminlashi kerak. Agar bu qoida amal qilmasa, firma zarar koʻradi yoki tadbirkor xech bir daromad olmay oʻz ishini toʻxtatadi. Harajatlarni qoplash zarurati narxningeng quyi chegarasini belgilaydi va narxning bundan past boʻlishi iqtisodiyot uchun maqbul emas; foydani maksimallashtirish qoidasi — narx oʻrtacha harajatlardan yuqori qilib belgilanishi, Tovar shu narx bilan sotilganda iqtisodiy foyda olinishi kerak.Firma oʻz tovariga narx qoʻyganda foydani maksimallashtirishni moʻljallaydi. Foydani maksimallashtiruvchi narx, odatda, monopollashgan bozorda amal qiladi; raqobatda yengish qoidasi — belgilangan narx darajasi haridorlarni oʻziga ogʻdirib, raqibni bozordan siqib chiqarish imkonini berishi zarur. Buning uchun oddiy tovarlar narxi vaqtincha past belgilanadi, foyda kamayadi, lekin yoʻqotilgan foyda raqobatda yengish uchun xizmat qiladi. Mazkur qoida nufuzli tovarlar narxini yuqoriroq belgilanishini bildiradi, chunki ularning haridorlari puldor tabaqa hisoblanadi; peshqadamlik qoidasi — turdosh (oʻrinbosar), yaʼni bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarlar narxi peshqadam firma belgilagan narxga binoan shakllanadi. Boshqa firmalar narxni peshqadam narxini moʻljalga olib unga yaqin qilib belgilaydi.Bu qoida odatda oligopoliya bozorida amal qiladi. Bunday bozorda firmalar ozchilik boʻlib narxlarni bir-biriga yaqin belgilagan holda, asosan, sifat va servis bilan raqobatlashadi. Narx quyi va yuqori chegara oraligʻida shakllanadi. Agar quyi chegarani harajatlarni qoplash zarurati belgilasa, yuqori chegarani isteʼmolchilarning harid qobiliyati belgilaydi. Narx yuqori chegaradan chiqib ketsa haridorlarning puli yetmay, tovarlar sotilmaydi, quyi chegaradan past boʻlsa firmalar zararga uchrab, yopilib ketadi. Narx shakllanishining eng muhim talabi uning bozor sharoitiga moslanishi va oʻzgaruvchan boʻlishidir. Narx belgilashga davlatning aralashuvi bozor qoidalariga zid. Shu sababli davlat bozor narxlarini erkinlashtirib, bozor qoidasidan tashqarida yuzaga keladigan monopol narxlarni chegaralab turadi.
Bozor narxi – birtomondan, tovarlarning sotilishi ta’minlovchi, boshqa tomondan, bozorda tovarlar taqchilligini yuzaga kеltirmaydigan muvozanatlashgan narx.
Joriy narx–yil davomidagi ishlab chiqarish natijalari hisoblashda qo’llaniluvchi amaldagi narx.
Qiyosiy narx–ishlab chiqarishning natijalari ma’lum yil (bazis yil) asosida hisoblanuvchi va boshqa yillar bilan taqqoslanuvchi narx.
Narx tizimi – iqtisodiyotda amal qilib turgan barcha narx turlari.
Ulgurji narx–ishlab chiqaruvchilar tomonidan katta partiyadagi tovarlar bir yo’la ko’tarasiga sotilganda qo’llaniladigan narx.
Shartnoma narx – sotuvchi va xaridorning roziligi bilan bеlgilanadigan,ular tomonidan tuzilgan shartnomada qayd qilingan narx.

Yüklə 28,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin