Mavzu: nutq va kasb



Yüklə 121,32 Kb.
səhifə1/5
tarix02.01.2022
ölçüsü121,32 Kb.
#40057
  1   2   3   4   5
NUTQ VA KASB


MAVZU: NUTQ VA KASB
Insoniyat taraqqiyoti tarixida til tufayli aks ettirishning imkoniyatlari qayta quriladi, olam odam miyasida yanada aniq, ravshan in‘ikos ettiriladigan bo’ladi. Tilning paydo bo’lish munosabati bilan har bir alohida shaxs jamiyatining ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotida, jarayonida to’plagan tajribalaridan foydalanish imkoniyati tug‗iladi. Til yordami bilan har bir inson shaxsan o’zi hech qachon duch kelmagan, notanish hodisalar, holatlar, vaziyatlar, sharoitlar yuzasidan bilim olishga erishadi. Xuddi shu boisda til odamga ko’pchilik hissiy va intellektual ta‘sirlar hamda taassurotlar to’g‗risida o’ziga o’zi hisobot berish imkoniyatini yaratadi. Inson til yordami bilan boshqa odamlarga o’tmish, hozirgi zamon va kelajakka rid narsalar, voqelik yuzasidan axborot, xabar, ma‘lumot berishi ularga ijtimoiy tajriba mohiyati ko’nikma hamda malakalarni o’tkazishi, uzatishi mumkin.

Odamdagi shaxsiy individual tajribaning umuminsoniy tajriba bilan bog‗liqligi kishilarda tilning mavjudligi bilan izohlanadi. Til oddiy qilib tushuntirilganda so’z va belgilar sistemasi hamda majmuasidan iboratdir. Inson tomonidan u yoki bu faoliyatning bajarilishi belgilar, alomatlar xususiyatlari bilan bog‗liq bo’lib, uning mahsuldorligi, muvaffaqiyati til tarkiblarining ahamiyatiga bevosita aloqadordir. Masalan, haydovchi uchun ko’cha qoidalari, matematik uchun formulalar, operator uchun signallar (semiotika – sema-yunon.

―belgi‖) belgilar, simvollar, alomatlar vazifasini bajarib, faoliyat uchun
regulyator sifatida xizmat qiladi.
Shuning uchun belgilar va ularning ahamiyati insonning yuksak psixik funksiyalari (ya‘ni idrok, xotira, tafakkur, xayol)ning vositasidir. Odatda belgilar turli-tuman bo’lishidan qat‘i nazar ularning eng muhimi – bu so’zdir. Har bir so’z ma‘lumot, xabar, axborot vazifasini bajaradi va muayyan mazmunni o’zida aks ettiradi (masalan: mashg‗ulot, daftar, yomg‗ir va boshqalar).

Tilning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:
a) til yashashning vositasi, ijtimoiy tajribani avloddan avlodga uzatish, berish va o’zlashtirish quroli tarzida vujudga keladi (avlodlar ota-onalar, o’qituvchilar va murabbiylar);

b) til vosita yoki kommunikatsiya usuli, hatto odamlarning xatti- harakatlarini boshqaruvchi qurol sifatida namoyon bo’ladi (masalan: ―Leksiya bo’lmaydi‖, ―Bugun bayram‖ – ta‘sir qilishdan, ta‘sir o’tkazishdan iboratdir);

v) tilning muhim funksiyalaridan yana bittasi – intellektual faoliyatning quroli sifatida xizmat qilishdir (muammoli vaziyat mohiyatini tushunish, echishni rejalashtirish, ijro etish, maqsad bilan solishtirish).

Odam hayvonot olamidan farqli o’laroq o’zi xoh amaliy, xoh aqliy harakat bo’lishidan qat‘i nazar uni rejalashtira oladi. Faoliyatni bunday rejalashtirish echimi uchun vosita qidirishning va umumiy fikriy masalalarini halqilishning asosiy quroli tildir. Psixologik tadqiqotlarning ko’rsatishicha, tilning eng asosiy funksiyasi – bu kommunikatsiyadir.

Nutq faoliyati – odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o’zlashtiri, avlodlarga berish (uzatish) yoki kommunikatsiya o’rnatish, o’z shaxsiy harakatlarini rejalashtirish va amalga oshirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir.

Nutq axborot, xabar, ma‘lumot va yangi bilim berish aqliy topshiriqlarni echish faoliyatidan iboratdir. Agarda til aloqa vositasi (quroli) bo’lsa, nutq esa aynan o’sha jarayonining o’zidir.

Nutq faoliyatining fiziologik mexanizmlari
1. Nutqni idrok qilish oddiy reflektor faoliyatining qonunlari asosida sodir bo’lishi mumkin. chunki uni yuzaga keltiruvchi stimullar birinchi signallar tipidagi qo’zg‗atuvchilardan iboratdir (masalan: ―Marsh‖, ―Salom‖).

2. Nutqni yuzaga kelishi va idrok qilinishidan inson ―signallarni - signali‖ (I.P.Pavlov) tarzdagi so’zlardan foydalanishi mumkin. mazkur jarayon bosh miya katta yarim sharlarining po’stida amalga oshadi.

3. P.Broka (1861 y.) miya po’stining ma‘lum qismi (miya chap yarim shari peshona qismining pastki tomonidagi burmalarning orqa qismi) shikastlansa, bemorlarda nutq artikulyasiyasining buzilishini kasb etgan va ―so’z obrazlarini harakatlantiruvchi markaz‖ deb atagan.

4. K.Vernike (1874 y.) bosh miya yarim sharlari peshona qismining tepa tomonida ―so’zlarning sensor obrazlari‖ joylashgan deb dalillashga harakat qiladi.

5. P.K.Anoxin – nutq jarayonini ta‘minlashda juda ham sodda elementar ―stimul-reaksiya‖ tipidagi fiziologik mexanizm ham, nutq faoliyatining yuksak formalari uchun nutq vositasi bilan fikr bayon qilishning ichlan programmalashtirish mexanizmlari uchun xarakterli va ierarxik tuzilishiga ega bo’lgan maxsus mexanizmlar ham qatnashadilar.

1. Nutq vujudga kelishining nazariyalari
Psixologiya, psixofiziologiya, psixolingvistika fanlarida to’plangan nazariy va amaliy materiallar tahliliga ko’ra, akustik nutq signallari murakkab muvofiqlashgan harakatlarning natijasida namoyon bo’luvchi majmuaviy holatlarning birlashuvi nutq apparati deb ataladi.

Odatda o’pka va nafas olish tana a‘zolarning muskul harakatlari bosimning oshishini va havo oqimlarining (ichki va tashqi) nutq aktida artikulyatorlar qatnashishini uzluksiz ravishda ta‘minlab turadi.

Nutqni vujudga keltiruvchi umumiy apparat sxemasi uchta jihatni o’zida
aks ettiradi.
I. Nutqning anatomik tasviri:
1. Ko’krak qafasi.
2. O’pka.
3. Traxeya.
4. Ovoz paychalari (aloqalari).
5. Tomoq trubkasi.
6. Halqum bo’shlig‗i.
7. Tanglay pardasi.
8. Og‗iz bo’shlig‗i.
9. Burun bo’shlig‗i.
II. Nutqning funksional elementlari:
1. Nafas olish tomirlari, muskullarining kuchi.
2. O’pka sig‗imi.
3. Traxeya harakati.
4. Ovoz paychalari tebranishi yoki harakati.
5. Tomoq trubkasining funksiyasi.
6. Halqum bo’shlig‗ining organik vazifasi.
7. Tanglay pardasining holati (torayishi, kengayishi, shilimshiqligi).
8. Og‗iz bo’shlig‗i (uning tarkiblari, a‘zolari: tish, havo harakati,
kuchaytirgich, susaytirgichlar va hokazo).
9. Burun bo’shlig‗i va uning tarkibiy a‘zolari (kataklari, tuklari, namligi,
quruqligi).
10. Og‗izdan nuri (yorug‗likni) kirib kelishi, ya‘ni nurlanishi.
11. Burundan nurni kirib kelishi.
12. Og‗iz va burundan havo oqimining kirishi.
13. Ichki tana a‘zolaridan havo oqimining chiqib ketishi.
Akustik tebranishning qo’zg‗atuvchi mexanizmlari tomoq faoliyati, shovqin va impulsiv, ya‘ni ixtiyorsiz qo’zg‗atish, tovushlarining paydo bo’lishi,

havo oqimining (massasining) tor oralig‗idan o’tishi, nutq aktining ayrim o’rinlari bilan uzviy aloqadordirlar. Akustika yunoncha ―acustika‖, ya‘ni eshituv, tovush nazariyasi demakdir. CHastotali filtratsiya akustika manbasi bo’lib hisoblanadi.

III. nutqning xususiyatlari.


1. Matn – ma‘no – fikr bildirish.
2. Ma‘lumot (xabar, axborot) bayoni.
3. Og‗zaki nutqda axborotning muayyan darajada yo’qolishi.
IV. Nutqning fonetik elementi.
V. Nutqni idrok qilish nazariyasi:
1. SHkalalashtirish.
2. Unitish.
3. Halaqit beruvchi vaziyat va sharoitda idrok qilish:
a) akustik, b) vizual, v) taktil... VI. Dinamik spektogramma: a) undosh,

b) unli.
VII. Nutq faoliyati:
1. Anglash
2. Anglash (tushunish)
3. Qayd qilish (fiksatsiya):
a) nazariy va amaliy axborotlar, b) takroriy fikrlar,

v) diqqatni yo’naltirish (soxta diqqat),
g) inson shaxsiyatini (shaxs, motiv, motivatsiya, emotsiya, hissiyot, iroda:
emotsional-motivatsion, shaxsiy, irodaviy, kognitiv, regulyativ va boshqalar).


3. Nutq turlarining psixologik tavsifi
Psixologiya fanida nutqqa va nutq faoliyatiga bag‗ishlangan bir talay ilmiy tadqiqot natijalari mavjud bo’lsa-da, lekin bu borada umumiylik, tariflar

birligi, uning evolyusion va ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotiga oid qarashlarda mohiyat hamda shakl jihatdan o’xshashlik yo’q. Nutqning neyropsixologik asoslari, mexanizmlari, artikulyasion va fonetik apparatlari, psixolingvistik tuzilishi (fonema, fleksiya) to’g‗risida ilmiy-amaliy xususiyatli umumlashmalar hamda umumlashmalar umumlashmasi ishlab chiqilmagan. Xuddi shu boisdan nutqning genezisi, uning filogenetik va ontogenetik xususiyatlari, paydo bo’lishi, o’sishi, o’ziga xos tavsiflanishi, bosqichlari, fazalari, patologiyasi bo’yicha xilma-xil yondashuvlar mavjuddir.

Psixologlar tomonidan nutq psixologik muammo sifatida o’rganilishi ham o’ziga xoslik, uning qirralari, hakliy tuzilishi, mantiqan izchilligi, tasniflanishi, mavjud bo’lib, ilmiy talqinining tub mohiyati, bayoniyligi bilan o’zaro tafovutlanadi. YOndashuvlar tahliliga to’xtalishdan oldin, nutqning psixologik tavsiflari yuzasidan mulohaza yuritish, uning tatbiqiy jihati qiymatini oshirishga xizmat qiladi.

Bizningcha, nutqning muayyan asoslarga suyangan holda noan‘anaviy tasnifini berish uning qiymatini yanada oshiradi, inson – texnika munosabatini amaliy jihatdan namoyish qilgan bo’ladi (odatda og‗zaki va yozma turkumga ajratilar edi): verbal va noverbal.



Genetik kelib chiqish jihatidan noverbal nutq birlamchi hisoblanadi, chunki insonning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davrida dastavval tovushsiz, s o zsiz nutq turlarini paydo bo’lgan bo’lib, u o’z ichiga shaxs kamolotining yirik sanasini qamrab olgandir. Insoniyatda nutqning hozirgi zamon avlodiga xos artikulyasion apparati paydobo’lgunga qadar, imo-ishora negiziga qurilgan. Ma‘lumki, qadimgi ajdodlarimizning nutqi va nutq faoliyati hozirgi zamon kishilarida qanday funksiyani bajarayotgan bo’lsa, o’sha davrda ham xuddi shunday vazifani ijro etgan. U davrlarda axborotlar, ma‘lumotlar ko’lami torbo’lganligi tufayli insonlar noverbal nutqdan ko’p davrlar muvaffaqiyatli foydalanib kelganlar. Avlodlar tarbiyasi ma‘lumotlar uzatish noverbal nutq orqali amalga oshirilgan, ijtimoiy va xususiy (shaxsiy) fikr uzatish hamda qabul qilish ana shu tariqa namoyon bo’lgan, tobora takomillashib borgan.


Yüklə 121,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin