Mavzu: oav aholining media savodhonligini oshirish



Yüklə 35,96 Kb.
tarix28.11.2022
ölçüsü35,96 Kb.
#70924
Mavzu 666


Mavzu:OAV aholining media savodhonligini oshirish
Reja
1.Media savodxonlik
2. Turli mamlakatlarda media savodxonlikni oshirish boʻyicha bajarilgan ishlar
3.Markaziy Osiyoda media-savodxonlikni oshirishga qaratilgan YI loyihasi amalga oshiriladi

Odamlarga turli media shakllarini va xabarlarni tahlil qilish, baholash va yaratishga imkon beradigan koʻnikmalar toʻplami. Media savodxonlik isteʼmolchilarga axborot va ommaviy dasturlarda tashviqot, senzura yoki biron vaziyatni faqat bir tomondan koʻrsatish kabi holatlarga ommaviy axborot vositalarini nima majbur qilayotganligini tahlil qilish, shuningdek, ommaviy axborot vositalarining egasi, ularning moliyalashtirish modeli kabi tarkibiy elementlarni tushunish imkonini beradi.



Media savodxonlik — insonlarga turli media shakllarini va xabarlarni tahlil qilish, baholash va yaratishga imkon beradigan koʻnikmalar toʻplamidir. Qaysi manba ishonchli, qaysi manbada notoʻgʻri xabarlar tarqalishi mumkinligini media savodxonligi yuqori boʻlgan odam osongina sezishi mumkin boʻladi.
Boshqacha qilib aytganda, media savodxonlik — bu tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini ommaviy axborot vositalari orqali uzatiladigan xabarlar va belgilarga qoʻllash qobiliyati. Ommaviy axborot vositalari yoshlar hayotidagi katta taʼsirga ega kuchdir. Musiqa, televizor, video oʻyinlar, jurnallar va boshqa ommaviy axborot vositalari dunyoni qanday koʻrishimizga kuchli taʼsir koʻrsatadi, bu taʼsir koʻpincha bolalik davridan boshlanadi. Ommaviy axborot vositalarini isteʼmolchilar tanqidiy tahlil qila olishlari uchun ularda media savodxonlik koʻnikmalari va odatlarini bolalikdan rivojlantirish kerak boʻladi. Bu koʻnikmalarga ommaviy axborot vositalariga bazaviy darajada kirish, uni muayyan tushunchalar asosida tanqidiy tahlil qilish, shu tahlil asosida baholash va nihoyat, ommaviy axborot vositalarini oʻzi ishlab chiqarish kiradi. Media savodxonligi koʻnikmalarini oʻrganishning ushbu jarayoni media taʼlim deb ataladi.UNESCO tashkiloti tomonidan XXI asrda media taʼlimni targʻib qilish madaniy-maʼrifiy rivojlanishning ustuvor yoʻnalishi sifatida eʼtirof etildi hamda aynan shu yoʻl bilan media savodxonlikni oshirish mumkinligi takidlandi.UNESCO odamlarning tanqidiy fikrlash va toʻgʻri qaror qabul qilish darajasini yaxshilash uchun ommaviy axborot vositalari va media savodxonlikni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlaydi. Tashkilot, ayniqsa, siyosatchilar, oʻqituvchilar, ommaviy axborot vositalari mutaxassislari, yoshlar tashkilotlari va ushbu sohadagi nochor aholi qatlamlarining salohiyatini oshirishga intiladi, aʼzo davlatlarga milliy ommaviy axborot vositalari va axborot savodxonligi siyosati va strategiyalarini shakllantirishda yordam beradi. Media savodxonlikni oʻrganadigan eng qadimgi tashkilot bu National Telemedia Council (Milliy Telemedia Kengashi) Viskonsin shtatining Madison shahrida joylashgan va Marieli Rou 50 yildan ortiq rahbarlik qilgan. Tashkilot dastlab „Telemedium“ deb nomlanuvchi media savodxonlik jurnalini nashr ettirgan. Dunyoning turli mamlakatlarida media savodxonlik boʻyicha dasturlar ishlab chiqilgan. Hozir ushbu dasturlarni davlatlar kesimida koʻrib chiqamiz. AQShda media savodxonlikni oshirish boʻyicha bir-nechta federal agentliklar tomonidan dasturlar ishlab chiqilgan. Masalan, AQSh federal savdo komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan Admongo dasturi 8-12 yoshdagi bolalar uchun moʻljallangan boʻlib, unda bola www.admongo.gov sayti orqali onlayn oʻyinni oʻynaydi. Bu oʻyin bolalarda media savodxonlik hamda reklamalarni tahlil qilish qobilyatini oshiradi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, Admongoni muntazam ravishda oʻynab kelgan bolalar, bu oʻyinni oʻynamaganlarga nisbatan media savodxonlik boʻyicha oʻtkazilgan testda 9 %ga yaxshiroq natija koʻrsatgan. 2010-yilda AQShda qabul qilingan AQSH Milliy Taʼlim Texnologiyasi rejasida ham Taʼlim departamenti tomonidan ilgari surilgan „Media kelajagi“ tashabbusi aholi orasida raqamli va media savodxonlik darajasini oshirishga qaratilgan dasturlarni oʻz ichiga olar edi. Ketrin T. Makartur jamgʻarmasi ham raqamli media va taʼlim sohasidagi tadqiqotlar uchun 80 million dollardan koʻproq mablagʻ ajratib, turli tadqiqot va amaliy loyihalarni qoʻllab-quvvatladi. Yana bir AQShdagi media savodxonlik darajasi va reklama tahlil qilish qobilyatini aholi orasida keng targʻib etib kelayotgan tashkilotlardan biri — Media savodxonlikni oshirish milliy assotsatsiyasi hisoblanadi. Bu tashkilot 1997-yildan buyon faoliyat olib boradi va NAMLE konfrensiyasi, Media savodxonlik haftaligi kabi dasturlari orqali media savodxonlikni targʻib qilib kelmoqda.Kanadada media savodxonlikni targʻib etish va rivojlantirish XX asrning oxirlarida yuksala boshlandi. Shimoliy Amerikada taʼlim mavzusi sifatida ommaviy media savodxonlikka yondashuvning boshlanishi 1978-yilda Ontarioda joylashgan Association for Media Literacy (Media Savodxonlik Uyushmasi) (AML) tashkil etilishi bilan bogʻliq. Oʻsha vaqtgacha ommaviy axborot vositalarida oʻqitish odatda individual tarzda amalga oshirilgan. 1987-yilda Ontario Media Savodxonligi Assotsiatsiyasidan (AML) bir guruh oʻqituvchilar Ontario hukumati uchun Media savodxonlikning asosiy tushunchalarini ishlab chiqdilar. Oʻsha paytda media savodxonlik 8-13-sinflar uchun ingliz tili oʻquv dasturining bir qismi sifatida belgilab qoʻyilgan edi. Tadqiqotchilar bir necha oy davomida ishlab, Avstraliya va Buyuk Britaniyadagi turli manbalardan olingan asosiy tushunchalarni, xususan, Len Masterman va kanadaliklarni ham gʻoyalarini qoʻshishdi.[5] Ushbu loyihada faol ishtirok etgan kanadaliklardan biri Jon Pungente boʻlib, keyinchalik u oʻzining More Than Meets the Eye: Watching Television Watching Us asarida ham media savodxonlik konsepsiyalarini bayon etadi. Kanada Shimoliy Amerikada birinchi boʻlib maktab oʻquv dasturida media savodxonlikni targʻib qildi. Har bir viloyat oʻz oʻquv dasturida ommaviy axborot vositalarini majburiy ravishda belgilab qoʻydilar. Masalan, Kvebekning yangi oʻquv dasturi 1-sinfdan oʻrta maktabning soʻnggi yiligacha media-savodxonlikni qamrab oladi. Kanadada media-taʼlimning boshlanishi ikki sababga koʻra yuzaga keldi. Buning bir sababi Amerika ommaviy madaniyatining keng tarqalishi haqidagi xavotir boʻlsa, ikkinchisi yangi taʼlim paradigmalari uchun kontekstning taʼlim tizimiga bogʻliqligi edi. Kanadalik olim Marshall Makluan 1950- va 60-yillarda media savodxonlik boʻyicha Shimoliy Amerika taʼlim harakatini yaratdi.
Moskva, Leningrad, Voronej, Samara, Kurgan, Tver, Rostov, Taganrog, Novosibirsk, Ekaterinburg va boshqa shaharlarda) media taʼlimi paydo boʻla boshladi. Gʻarbiy yarim sharda ommaviy axborot vositalarining taʼlim yondashuvlari jadal qayta koʻrib chiqilgan bir paytda, 1970-1980-yillarda Rossiyada media taʼlim estetik tushuncha doirasida rivojlandi. 1970-1990-yillardagi muhim yutuqlar orasida: taʼlim vazirligi tomonidan nashr etilgan birinchi rasmiy kino va media taʼlim dasturlari, media taʼlimi boʻyicha eksperimental nazariy va amaliy ishlar ham bor. Shuningdek, 2002-yilda pedagogika oliy oʻquv yurtlari uchun yangi ixtisoslashuv — „Media Education“ hamda 2005-yilda yangi „Media Education“ nashri ishga tushirildi. Bu nashr Moskvadagi UNESCO byurosi koʻmagida roʻyxatga olindi. Bundan tashqari, Rossiya kino taʼlimi va media pedagogika assotsiatsiyasining Internet saytlari (rus va ingliz versiyalari) yaratildi.
Oʻz qadriyat va ananalariga ega boʻlgan Osiyo mamlakatlarida media savodxonlik va uning taʼlimga kirib kelishi jarayoni Gʻarb mamlakatlarininkidan farq qiladi. Oʻtgan asrning 90-yillaridan boshlab Sharqiy Osiyoda media savodxonlik tomon siljish kuzatildi. Soʻnggi yillarda Osiyoda media savodxonlik darajasi oʻsib bormoqda va Osiyo-tinch okeani mintaqasida media savodxonlik boʻyicha bir nechta dasturlar ham amalga oshirilmoqda.Xitoyda oʻqituvchilar boshlangʻich maktablarda media savodxonlikni oʻqitishning muhimligini taʼlimda media savodxonlikka boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda tan olishadi. Xitoyda media savodxonlikka oid dasturlar orasida bolalar tomonidan yaratilgan „Little masters“, bolalarning jamoaviy jurnali va muloqotning asosiy koʻnikmalarini oʻrganishga yordam beradigan, turli muammolarni yoritadigan Xitoy nashrlari eng ommalashgan dasturlar sanaladi.[9] Xitoy va Tayvanda xitoy tilida soʻzlashadigan talabalar orasida media savodxonlikni tekshirish boʻyicha tadqiqotlar olib borildi, ammo natijalar yanada ishonchli boʻlishi uchun qoʻshimcha tadqiqotlar talab etiladi.Hindistonda 2001-yilda boshlangan „Cybermohalla“ dasturi yoshlarni texnologiyalarga kirish uchun katta xizmat qilgan loyiha boʻldi. Vyetnamda bir guruh yosh jurnalistlar tomonidan1998-yilda UNICEF va Vyetnam milliy radiosi bilan hamkorlikda soxta ommaviy axborot vositalariga qarshi kurashish uchun YOJO tashkiloti tashkil etildi. Singapurda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish idorasi (MDA) media savodxonlikni XXI asr yashash uchun muhim vosita sifatida tan oladi. 2017-oʻquv yilidan boshlab Tayvanda bolalar targʻibot va manbalarni tanqidiy oʻqish uchun moʻljallangan yangi oʻquv dasturi boʻyicha oʻrganmoqdalar. Kurs „media savodxonlik“ deb nomlanadi va yangi axborot jamiyatida jurnalistikani oʻqitishni taʼminlaydi. 2018-yilda Eronda „Nasra“ — barcha bolalar, yoshlar va kattalarning taʼlim ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan harakat tashkil etildi. Ushbu ijtimoiy harakat raqamli media va aqliy salomatlikdan foydalanishga qaratilgan boʻlib, ommaviy axborot vositalaridan jamoatchilik uchun foydalanish qobiliyatini oshiradi. Iordaniya ommaviy axborot vositalari va axborot savodxonligini rivojlantirishda oldinga siljimoqda,[14][15]Iordaniya Media instituti ommaviy axborot vositalari va aloqa texnologiyalari vositalari, raqamli axborot vositalari bilan ijobiy taʼsir oʻtkazish tushunchalari va koʻnikmalarini tarqatish, hamda ularning kamchiliklarini kamaytirish ustida ishlamoqda.[16]Livanning Beyrut shahrida 2013-yilda ochilgan akademiya Beyrut Media and Digital Literacy Academy(MDLAB) deb nomlangan boʻlib, talabalar tanqidiy media isteʼmolchilari boʻlishlarini maqsad qilgan. Turkiyada media savodxonlik boʻyicha dasturlar Milliy taʼlim vazirligi va Radio va televideniya oliy kengashi (RTÜK) hamkorligida 6-, 7- va 8-sinf oʻquvchilari uchun media savodxonlik boʻyicha tanlov kursi sifatida boshlandi. Oliy Kengashning tartibga soluvchi organi ommaviy axborot vositalarining taʼsiri, jamoatchilik fikri va turli guruhlarning televizor koʻrish odatlari haqidagi tadqiqotlari va ularning natijalari Turkiyada media savodxonlik taʼlimi boshlanishiga asos boʻldi. 2000-yildan boshlab RTÜK bolalarni televizorning nojoʻya taʼsiridan himoya qilish maqsadida teledasturlar uchun „smart sign“larni joriy qildi.[17]Boshqacha qilib aytganda, Turkiyadagi media savodxonlik odamlarni ommaviy axborot vositalarining salbiy taʼsiridan xabardor boʻlishga oʻrgatish va bu taʼsirlardan qochishga imkon beradi; mediasavodxonlik kurslari esa bu maqsadni amalga oshirishning bir usuli sifatida qabul qilinadi. Oʻzbekistonda 2021-2022-oʻquv yilidan boshlab 10-11-sinf oʻquvchilarining „Tarbiya“ darsligiga „Media savodxonlik“ boʻlimi kiritildi. Respublikaning OʻzJOKU, TDShU, OʻzMU, OʻzDJTU, QDU, SamDChTI kabi oliygohlarining jurnalistika fakultet va yoʻnalishlarida media savodxonlik darslari oʻtiladi.
Avstraliyada media taʼlimiga taʼsir koʻrsatadigan asosiy nazariyotchilar Grexem Tyurner va Jon Xartli boʻlib, ular Avstraliya ommaviy axborot vositalari va madaniy tadqiqotlarni rivojlantirishga yordam bergan. 1980-1990-yillarda avstraliyalik Robin Kvin va Barri Makmaxonlar „Haqiqiy tasvirlar“[18] nomi ostida darsliklarni ommaga taqdim etishadi va unda koʻplab murakkab ommaviy axborot nazariyalarini sinflarga mos ajratgan holda tahlil qilishadi. Shuningdek, yana bir avstraliyalik mutaxasislardan biri Karmen Lyuk media savodxonligini feminizm bilan bogʻlaydi va media taʼlimiga yanada tanqidiy yondashuvni targʻib qildi. Avstraliyaning aksariyat shtatlarida ommaviy axborot vositalari asosiy sanʼat sohasining beshta yoʻnalishlaridan biri sifatida qaraladi. Bir nechta shtatlarda yuqori sinf oʻquvchilariga ommaviy axborot vositalarini oʻrganish taklif qilinadi. Masalan, Kvinslendning koʻplab maktablari filmlar, televideniya va yangi ommaviy axborot vositalaridan mutaxasislar taklif qilinib, oʻquvchilarga oʻz tajribasini boʻlishishi soʻraladi. Viktoriya maktablari esa VCE Media tashkilotidan vakillarni dars jarayoniga taklif qilishadi. Media taʼlimi Avstraliya media oʻqituvchilari professional oʻqituvchilar uyushmasi tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi. Avstraliyadagi yangi milliy oʻquv dasturining joriy etilishi bilan maktablar media-taʼlimni sanʼat oʻquv dasturining bir qismi sifatida, media savodxonlikni oʻquvchilarni ommaviy axborot vositalarida mavzularni qanday tuzish, yaratish va aniqlash uchun oʻqitish vositasi sifatida qoʻllashni boshladi.Yana bir media savodxonlik targʻibotchilaridan biri „Australian Media Literacy Alliance“ tashkiloti boʻlib, u kontent yaratish, axborot berish, taʼlim, ommaviy axborot vositalari va axborotdan foydalanish bilan shugʻullanadi. Ular ushbu sohada tajribaga ega boʻlgan boshqa tashkilotlarni hamkorlikka jalb qilmoqda. Turkiya, Buyuk Britaniya, Singapur davlatlarida boʻlganidek Avstraliyada ham taʼlim muassasalarida media savodxonlikni oshirish boʻyicha dasturlar mavjud.
Yevropa Ittifoqi (YI) tomonidan qo‘llab-quvvatlangan “Internews” xalqaro nodavlat tashkiloti Markaziy Osiyo bo‘ylab media-savodxonlikni oshirish va radikalizmni bartaraf etishga qaratilgan 18 oylik loyihani boshladi. “Markaziy Osiyoda OAV savodxonligini oshirish, xabar berish va mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish orqali barqarorlik va tinchlikka hissa qo‘shish” deb nomlangan loyiha Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Uzbekiston va Turkmanistonga mo‘ljallangan. Aprel oyining boshida ishga tushgan va 2019-yilning sentabr oyigacha davom etadigan loyiha uchun YI 3,3 million yevro ajratdi. Qozog‘istondagi YI vakili 15-may, seshanba kuni Ostonada loyihani taqdim etar ekan, “YI so‘z erkinligi, axborot olish erkinligi va ko‘p millatli jamiyatlarda barchaning fikri hisobga olinishini doim himoya qilgan va himoya qiladi”, deb aytgan. Markaziy Osiyo jurnalistlari 15-may kuni Ostonada o‘tkazilgan YI loyihasi taqdimotida ishtirok etdilar. Loyiha doirasida jurnalistlarga ekstremizmga oid mavzularni yoritsh bo‘yicha saboq beriladi. Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari “Islom Davlati” (ID) kabi radikal va terrorchilik tashkilotlari tomonidan ham foydalaniladi”, dedi u Karvonsaroy nashriga. “ID internet orqali ommaviy qatlni namoyish qilgani va o‘z mafkurasini yoygani barchamiz yaxshi eslaymiz.” Shu sababli aholiga media-savodxonlikni oshirivchi saboqlarni berishimiz va jurnalistlarga mavzuni yoritishga yordam beradigan qo‘shimcha bilim berishimiz kerak.
Loyiha “yuqori sifatli media-kontent yaratish masalalarida jurmalistlar va fuqarolik liderlari imkoniyatini oshirish, shu bilan birga, oddiy fuqarolar va qaror qabul qiluvchilarning axborot qabul qilish darajasini oshirishga qaratilgan”, deydi Markaiziy Osiyodagi Internews idorasi rahbari Marat Bigaliyev Karvonsaroy nashriga. “Biz bir-birimizni xabardor qilishimiz kerak, chunki muammo o‘ta jiddiy”, dedi u. Bu sa’y-harakatlar jurnalistlar, fuqarolik faollari va OAV mutaxassislari imkoniyatlarini oshirish orqali mintaqada radikallashuvni bartaraf etishga ko‘maklashuvchi milliy va mintaqaviy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi, deb xabar beradi Internews.Loyiha doirasida tadqiqotchilar ekstremistik g‘oyalarga moyillikning paydo bo‘lish sabablarini o‘rganish ustida ishlaydilar. Tajribali OAV murabbiylari Markaziy Osiyo jurnalistlariga ekstremizmga bog‘liq masalalarni qanday yoritishni o‘rgatadi. Loyiha doirasida OAV savodxonligini oshirish, media-forumlar hamda boshqa tadbirlarni tashkil etish uchun OAVga texnik yordam taqdim etiladi.
Yüklə 35,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin