Mavzu: Ochiq kon ishlaridan qo‘llaniladigan kon mashinalari va komplekslari


-rasm. EKG-5A ekskavatorining umumiy ko‘rinishi



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə4/7
tarix20.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#145402
1   2   3   4   5   6   7
ochi kon azish yuklash mashinalari

1-rasm. EKG-5A ekskavatorining umumiy ko‘rinishi

Buriluvchi platformada ko‘tarish barabanidan tashqari burish mexanizmlari, kuch berish uskunalari va ekskavatoni boshqarish mexanizmlari joylashgan.


Buriluvchi platforma rolikli aylana yordamida tishli venes 17 o‘rnatilagn yurish telejkasi ramasiga o‘tiradi va 360 gradusga burilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Tishli-reykali kuch berish mexanizmi bilan PO «Uralmash» (Rossiya) zavodida ishlab chiqarilgan ekskavatorlar jihozlangan. EKG-8I, EKG-12,5 kabi ekskavatorlar esa PO «Ijorskiy za­vod» (Rossiya) zavodida ishlab chiqariladi va ular kanatli kuch berish mexanizmi bilan jihozlanadi. Ushbu ekskavatorlada rukoyatning oldinga va orqaga harakati kanat yordamida bajariladi. Kanatni tortish platformada joylashtirilgan lebedka, rukoyat va strelada joylashtirilgan yarim blok va bloklar orqali amalga oshiriladi.
Tirsak-richagli kuch beruvchi ekskavatorlarda rukoyat strela bilan kinematik bog‘lanmagan bo‘lib strela ustunlari oralig‘ida harakatlanadi.
«Superfront» ishchi uskunariga ega bo‘lgan ekskavatrlarda cho‘michning ishchi traektoriyasi uchta mexanizmi (ko‘tarish, kuch berish va burish) ning o‘za’ro ta’siri natijasida amalga oshiriladi. Ishchi uskuna cho‘mich, rukoyat va streladan tashkil topgan. Ko‘tarish mexanizmi ko‘tarish lebedkasi 16, kanat 7 va bloklar 8,9 dan tashkil topgan. Kuch berish uchun ikkita gidrosilindr 14 lar xizmat qiladi.




2-rasm. «Superfront» ishchi uskunariga ega bo‘lgan ekskovator kinematik sxemasi


Karer gidravlik ekskavatorlari EG-12AU va EG-20U cho‘michlari sig‘imi 12 va 20 m3. Ishchi uskunalarining barchasi alohida gidravlik yuritmalarga ega.
Gidravlik ekskavator (3-rasm) larda strela 1, rukoyat 2 va cho‘mich 3 bir-birlari bilan sharnirli bog‘langan. Strela ekskavator korpusi bilan ham sharnirli bog‘langan. Ekskavatorning ishchi uskunalari bir-birlari bilan mos ravishda 4,6 va 5 gidrosilindrlari bilan ta’minlangan.
EG-12AU ekskavatori gidrosilindrlariga bosim ostidagi moyni yetkazib berish uchun har birining zo‘riqmasi 900 l/min bo‘lgan ikkita nasos qurilmasi va 660 kVt li elektr yuritma bilan ta’minlangan. Gidrotizimdagi umumiy bosim 30 MPa ni tashkil etadi.





Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin