Mavzu: oddiy va murakkab to’pgullar reja


To’pgullar va ularning klassifikatsiyasi



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə5/6
tarix25.04.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#102322
1   2   3   4   5   6
Mavzu oddiy va murakkab to’pgullar reja

4.To’pgullar va ularning klassifikatsiyasi


To’pgullar va ularning tiplari. Ko’p o’simliklarning gullari maxsus gruppalarga yig’ilgan (47-rasm), bular to’pgullar deb ataladi, faqat ba’zi o’simliklarda, masalan, lola, ko’knori va boshqalarda bittadan bo’lib, yakka holda joylashgan. To’pguldagi gullarning soni bir necha donadan bir necha minggacha bo’ladi. Ularning katta – kichikligi ham har xil bo’ladi.
To’pgullarning biologik ahamiyati shundaki, ular ayrim mayda gullarga qaraganda anchagina aniq ko’rinib turadi va shu sababli hasharotlarni o’ziga yaxshiroq jalb etadi. Bundan tashqari, to’pgullardagi ayrim gullar bir tekisda ochilmaydi, shuning uchun sovuq bo’lib qolgan taqdirda faqat ochilgan gullar nobud bo’ladi.
To’pgullar shoxlanish tipiga qarab, ikkita asosiy shaklga: monopodial, ya’ni oddiy (noaniq) shoxlanish va sipodial, ya’ni yon (aniq) shoxlanish shaklllariga bo’linadi. Monopodial to’pgullarning asosiy tanasi (poyasi) noaniq uzoq muddat o’saveradi. Oxirida ichki gul ochiladi. Oddiy va murakkab monopodial to’pgullar bo’ladi. Oddiy monopodial to’pgullarga quyidagilar kiradi.
SHingil (shoda), uzun asosiy tanada bir xil uzunlikdagi gulbarglarda ayrim gullar bo’ladi. Beda, shirach, yer yong’oq, oq akatsiya va boshqalarning gullari ana shunday to’pgullardir.
Oddiy boshoq. Uzun asosiy tanada gulbandsiz gullar joylashgan bo’ladi. Zubturum guli, qiyoqning erkak to’pgullari ana shunday to’pgullarga misol bo’lishi mumkin.
So’ta. Oddiy boshoqqa o’xshash, ammo to’pgulning asosiy tanasi yo’g’on, seret bo’ladi. Bunga makkajo’hori so’tasi misol bo’la oladi.
YAssi to’pgul, dasta to’pgul. Pastda joylashgan har bir gulbandi yuqorigidan uzunroq bo’lgan shingil. SHuning uchun gullar deyarli bir xil balandlikda joylashadi (olma, nok to’pgullari ).
Soyabon. Asosiy tanasi qisqa, gulbandlar xuddi bir joydan chiqqandek va uzunligi har xil bo’ladi, shuning uchun gullar deyarli bir xil tekislikda joylashadi yoki gumbazsimon bo’ladi (piyoz va olchaning to’pgullari).
Kuchala. Pastga osilib turadigan boshoq. Gullagandan keyin uning hamma to’pguli to’kilib ketadi. Bunday tipdagi to’pgul ko’pgina daraxtlar: yong’oq, tol, qayin va boshqalar uchun xos.
Kallak. Tashqi ko’rinishidan soyabonga o’xshaydi, biroq asosiy tanasi qisqa va to’g’nag’ichsimon kengaygan bo’ladi, gullari juda g’uj, gulbandlari yo’q, bo’lsa ham juda qisqa (sebarga, vorosil shishka va skabiozaning to’pguli).
Savatcha. Tashqi ko’rinishidan kallakka o’xshaydi, ammo to’pgullar juda o’sib ketgan tarelkasimon yoki konussimon, gul o’rnida g’uj joylashgan, zich joylashgan gullardan tashkil topadi. Uchki barglar o’rama hosil qiladi. Murakkabguldoshlarga kiruvchi: kungaboqar, bo’tako’z va qoqio’tning to’pgullari bunday to’pgullarga misol bo’la olishi mumkin.
Murakkab monopodial to’pgullarga qo’shimcha (ikkinchi tartibli) tanalarida alohida gullar emas, balki oddiy to’pgullar bo’ladigan to’pgullar kiradi. Bunday to’pgullarga quyidagilar kiradi.
Murakkab boshoq. Asosiy tanada ayrim gullar emas (bug’doy , arpa va boshqalarning to’pguli), balki boshoqchalar (oddiy boshoqlar) bo’ladi.
Murakkab soyabon. Asosiy (birlamchi tartibli) tanada uchlarida oddiy soyabonlar bo’ladigan qo’shimcha (ikkilamchi tartibli) tanalar bo’ladi. Ko’pincha birlamchi tartibli nurlar asosida uchki barglar o’rama, ikkinchi tartibli nurlar asosida esa o’ramachalar hosil qiladi (ukrop, sabzi va boshqalarning to’pguli).
Ro’vak. Murakkab shingilning asosiy uzun tanasi bo’lib, undan yangi ro’vaklar hosil qiladigan (siren) ikkilamchi tanalar chiqadi.
Simpodial to’pgullar. Ularning gul bilan tugaydigan asosiy tanasi bo’ladi. Tez vaqt ichida o’sishdan to’xtaydigan yon novdalar asosiy tanadan uzun bo’lib chiqadi, bularning uchi ham gul bilan tugaydi. Gullar to’pgulning uchidan tubiga qarab ochiladi.
Bunday tipdag to’pgullarga quyidagilar kiradi.
Gajak to’pgul. Bu spiralsimon buralgan to’pgul bo’lib, uning gul bilan tugaydigan asosiy tanasidan ularning ham uchi gul bilan tugaydigan gul osti shoxlari chiqaradi. Bunda hamma gul to’pgulning bir yon tomoniga joylashadi (gavzobondoshlarga kiradigan turlar).
Burma to’pgul. Bir gulli yon novdalar birin ketin bir biriga qarama qarshi ikki tomonga chiqib ketadi (gulsapsar, ilongul, mingdevona).
Ayrim to’pgul. Har qaysi gul tanadan ikkitadan gul osti shoxchalari o’sib chiqadi, ularning uchi ham gul bilan tugaydi. Bu shoxchalardan ham xuddi ana shunday yo’l bilan shoxlanishini takrorlaydigan ikkitadan shoxcha chiqadi (chinnigul, qoramiq).
Har xil turdagi to’pgullar gulning ochilish tartibi turlicha: Simpodial to’pgulda uchki gullar birinchi bo’lib ochiladi, monopodial to’pgullarda esa uchki gullar oxirida ochiladi. Tegishli tipdagi to’pgullarning meva hamda urug’lari ham xuddi ana shunday tartibda yetiladi. Meva hamda urug’ hosil bo’lishidan oldin ikkita jarayon: changlanish va urug’lanish jarayonlari bo’lib o’tadi.



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin