СРЗНАЧ(son)- sonning o’rta arifmetik qiymatini aniqlaydi.
ДЛСТР(matn)- matdagi belgilar sonini aniqlaydi.
ЛЕВСИМВ(matn, belgi soni)- matndagi eng chapdagi berilgan sondagi belgilarni kesib ko’rsatadi.
ЗАМЕНИТЬ(eski matn, qaysi o’rindan, nechtasi o’rniga, yangi matn)- eski matnning belgilarini yangisiga almashtiradi
Nazorat savollari ! 1. Funksiya grafigini hosil qilish ketma-ketligini tushuntirib bering.
2. Y=sinx funksiyani grafigini hosil qiling.
3. Y=cos2 x funksiyani grafigini hosil qiling
4. Y=sin2 x funksiyani grafigini hosil qiling.
5. Y= x2 va Y= x3 funksiyalarning grafiklarini bitta oynada hosil qiling.
8-MA’RUZA Statistik funksiyalar
Reja: 1. MS Excelda statistik funksiyalar haqida umumiy ma’lumot 2. МАКС fuksiyasini tanlash ketma-ketligini tushuntirish 3. Berilgan sonlarni o’rta arifmetigini hisoblash
Mashq.MS Excel 2010 da quyidagi jadval mavjud:
C ustunga A va B ustundagi sonlarning ko‘paytmasini hisoblang;
D ustunga A va B ustundagi sonlarning yig‘indisini hisoblang;
Bajarish: A1:A10 va B1:B10 bloklariga boshlang‘ich ma’lumotlar kiritiladi;
C1 katagida A1:B1 blokining = ПРОИЗВЕД(A1:B1) ko‘paytmasi hosil qilinadi;
D1 katagida A1:B1 blokining =A1+B1 yig‘indisi hosil qilinadi;
MS Excel 2010 ning imkoniyatlaridan yana biri, bu statistik funksiyalardan foydalanib tegishli masalalarni yechish hisoblanadi. Statistik funksiyalardan foydalanish ikki xil usulda amalga oshiriladi: