Oila va oilaviy qadriyatlar ma\'naviy madaniyatning bosh omili
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;
-O‘zbekiston Respublikasi oila Kodeksi (1998 yil 30 aprelda №607-1 sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan va 1998 yil 1 sentyabrdan boshlab kuchga kiritilgan);
-O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik kodeksi.
-O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan oila huquqiyga oid qonunlar;
-Respublika Prezidentining oila huquqiyga oid farmon va farmoyishlari, qarorlari;
-O‘zbekiston Respublikasi xukumatining normativ huquqiy xujjatlari;
-Halqaro huquq normalari kabilar hisoblanadi.
Oila huquqiyning asosiy prinsiplari:
-oilada erkak va ayol o‘rtasidagi nikoxning ixtiyoriyligi;
-oilada er-xotin teng huquqliligi;
-faqat FXDE organlari to‘zgan nikoxni tan olish;
-oilaning voyaga yetmagan va mehntga layoqat siz a’zolari huquq va manfaatlarining birinchi galda ximoya qilinishini ta’minlash;
-farzandlar farovonligi va ravnaqi haqida g‘amxo‘rlik qilish;
-ichki oilaviy masalalarni o‘zaro kelishuv asosida hal qilish;
-farzandlarni oilada tarbiyalashning ustunligi kabilardan iboratdir.
Dunyoga mashhur olim, ma'rifatparvar Abu Nasr Farobiy inson kamoloti, baxti, ta'lim va tarbiyasi, axloqi, dinga munosabati haqidagi qarashlarini mashhur Fozil odamlar shahri va Baxt-saodatga erishuv xaqida asarlarida bayon etadi . Farobiy keraksiz urf-odatlardan (hozir xam oilaviy xayotda, er-xotin munosabatlarida uchraydi) voz kechish, baxt-saodatga erishish yo'llari hakida gapirib, shunday deydi: Rahbarlar (er yoki xotin) yomon odatlarni o'zida ifodalovchi o'tmishni xam o'zgartirmog'i kerak. Aks xolda o'tmish talablariga rioya etib, uning kayfiyati saqlansa, turmushda hech kanday yengillik, o'zgarish va o'sish ham bo'lmaydi. Shuningdek, Baxt saodatga erishuv yulida nimaiki (bilim, odob-axlok, kasb-xunar) yordam bersa, uni saqlamoq, mustaxkamlamoq, nimaiki zararli bo'lsa, uni foydali narsaga aylantirishga xarakat qilmoq zarurligini ta'kidlaydi .