Mavzu: Oilada tug’ilajak bola salomatligini ta’minlash omillari



Yüklə 404 Kb.
tarix24.09.2023
ölçüsü404 Kb.
#147637
Oilada bola tarbiyasi

Mavzu: Oilada tug’ilajak bola salomatligini ta’minlash omillari

  • Fanning nomi: Oila psixologiyasi
  • Tayyorladi: Usmonov Olimjon
  • Reja
  • 1. Farzand tarbiyasini qachondan boshlash kerak? 2. Sharq mutafakkirlari oilada tarbiyalash to’g’risidagi fikrlari 3. G’arb mutafakkirlari oilada tarbiyalash to’g’risidagi fikrlari
  • Xo‘sh, ota-onalar bola tarbiyasini qachondan boshlashlari zarur va buning uchun nima qilishlari kerak? – degan savolga ko‘pchilik ota-onalar javob berishga ikkilanib qolishadi. Chunki dunyo o‘zgarmoqda, O‘zbekiston yangi davr – uchinchi renessans bosqichiga ko‘tarilmoqda. Bu o‘z-o‘zidan farzandlar tarbiyasiga qaysidir jihatdan ta’siri bo‘lishi tayin. Farzandni tarbiyalash uchun, eng avvalo, bo‘lg‘usi otaonalarning o‘zlarini tarbiyalash, ya’ni ularni farzand tarbiyasi haqidagi bilim, ko‘nikma, malaka va bilimlar bilan qurollantirib hamda yanada bilimlarini takomillashtirib borish orqali qobil farzandlarni dunyoga keltirib, voyaga yetkazish kerak bo‘ladi.
  • Manbalarda keltirilishicha, bola tarbiyasi uch bosqichda amalga oshadi. Birinchisi – turmush qurgunga qadar yigit va qizni oilaga tayyorlash hamda munosib jufti halol tanlash, ikkinchisi – homila davridagi parvarish, uchinchisi – farzand dunyoga kelgan kundan boshlab beriladigan tarbiya
  • Farzand tarbiyasining birinchi bosqichida turmush qurish arafasida turgan bo‘lg‘usi kelin va kuyovlarni oilaviy turmushga tayyorlash masalalari e’tiborga olinadi. Bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar o‘zlari oilaviy turmush haqidagi bilimlarni egallashi va o‘zlari ham tarbiyalangan bo‘lishlari bilan birga odobli va salohiyatli juft tanlashlari muhimdir. Farzand tarbiyasidagi bu bosqich to‘g‘ri asosda yo‘lga qo‘yilsa, keyingi jarayonlar ham ijobiy tomonga qarab ketishiga zamin tayyorlanadi va bunda nikoh masalasining ahamiyati salmoqlidir
  • Farzand tarbiyasining ikkinchi bosqichi onaning homilalik davri hisoblanadi. Tarbiya homiladan boshlanadi. Homila yorug‘ dunyoga kelishidan avvalo, ona uni o‘z vujudi bilangina emas, qalb tafti bilan ham boqadi, ulg‘aytiradi hamda mehrga to‘yintiradi. Ona vujudida bola qanday tarbiyalanadi? Ayol o‘zini ma’naviy va jismoniy tomondan avaylashi, ya’ni halol luqma yemog‘i, go‘zal narsalarga qaramog‘i, yoqimli musiqa va so‘zlarni tinglamog‘i va muloyim bo‘lmog‘i, to‘g‘riso‘zlikka jiddiy ahamiyat qaratmog‘i zarur. Chunki homila onaning vujudida uning barcha sifatlari va ruhiy olami bilan muloqotda bo‘ladi. Onadagi barcha tuyg‘ularni his etadi, uning so‘zlarini tinglaydi. Ona tug‘ilajak farzandni parvarishlash va tarbiyalashda zarur bo‘ladigan bilimlarni egallashi uchun ajdodlarimiz yozib qoldirgan merosni, qadriyatlarni hamda hozirda yozilgan maxsus kitoblarni o‘qib o‘rganishi lozim bo‘ladi. Shuningdek, ota ham homilador ayol parvarishiga katta e’tibor berishi, vitaminlarga boy ovqatlar tayyorlash uchun moddiy-ijtimoiy shart-sharoitlar yaratishi kerak. Ona ham o‘z o‘rnida ovqatlanish madaniyatiga rioya qilishi, mutaxassis akusherginekologlardan maslahatlar olib turishi, hayot tajribasiga ega doyalar bilan hammaslakdosh bo‘lishi va o‘z o‘rnida, homilador ayolning ota-onalari, aka-uka, opa-singillari, qarindosh-urug‘lari tushunib, har tomonlama ko‘mak berib, hurmatlarini joyiga qo‘yishlari, oilada sokinlik, tinchlik, osoyishtalik hukm surishi hamda uyni ozoda, pokiza, tartibda tutishlari talab etiladi
  • Farzand tarbiyasining uchinchi bosqichida farzand dunyoga kelgan kundan boshlab beriladigan tarbiya “parvarish davri” ham deyiladi. Bolani parvarish qilish uchun yosh onaga tajribali doya-hamshira 1-2 oy davomida yordam berib turishi ma’qul bo‘ladi. Ona farzandini oziqlantirishda ozodalik qoidalariga amal qilishi, bolani poklikka birinchi kundanoq o‘rgatishi lozim.
  • Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov «Bola tug’ilgan kundan boshlab oila muxitida yashaydi. Oilaga xos an’analari, qadriyatlar, urf – odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talabalarini anglaydi, his etadi»2 - deb bildirgan fikri nihoyatda qimmatli.
  • Shu nuqtai – nazardan yondoshgan oilada tarbiya jarayonini bolaning shakllanishi ham milliy oila qadriyatlari asosida tarbiyalashdan aniq ajratib tasavvur etish mumkin emas. Milliy oilaviy qadriyatlar oila a’zolari ayniqsa bolalar hayoti tarzida mazmun qo’shadi, boyitadi, takomillashtiradi. Odamlarga bo’lgan axloqiy munosabatni tartibga soladi. Shunday ekan biz avvalo bolalarni tug’ilgandan boshlab oilaviy an’analar, udum va qadriyatlar asosida tarbiyalashimiz lozim bo’ladi. Buning uchun avvalo ota – onalarimiz ham, milliy qadriyat, an’ana urf – odat va marosimlarimizni to’g’ri anglashimiz tushunish va o’z farzandlarining tarbiyasida namunali ravishda qulay bo’lishi lozim.
  • Oila bolaning ma’naviy – axloqiy fazilatlarigagina emas, balki uning o’z – o’zini anglashiga, milliy ongiga samarali ta’sir ko’rsatadi. Shu jumladan oilaning bolaga tarbiyaviy ta’siri doirasini ham kengaytirishga olib yetadi. Bunda oiladagi turmush sharoiti, undagi tartib – intizom, urf – odat va an’analar bolaga yo ijobiy yoki salbi ta’sir etish mumkin. Ayrim onalar uchun ko’tarinki rux doimiy barqaror bo’ladi. Bunday oilalarda kelishmovchilikka, nifoqqa o’rin qoldirmaydi. Oilaning har bir a’zosi o’zaro mehribon, g’axo’r ittifoqli bo’ladi. Mehnat har birining ijtimoiy majburiyati, oila a’zolari hayotida ro’y berayotgan har qanday voqyea hamma tomondan shodiyona va tantanali hisoblanadi. Tabiiyki bunday oilada o’sib tarbiyalanayotgan o’g’il va qiz, g’amxo’r, mehribon, o’rtoqlariga iltifotli, mehnatsevar, tirishqoq bo’lib o’sadilar. O’zbek oilalarida mansub an’analar va ularning bolalarining ma’naviy – axloqiy tajribasidagi ta’siri nihoyatda katta ekanligi hayot tajribasi hisoblangan. BULAR
  • Diniy va zamonaviy bayram an’analari.
  • Kundalik turmush an’analari.
  • Oilaning maishiy turmush an’analari.
  • Ibn Sino bola tarbiyasi va tarbiya usullari haqida qimmatli fikrlarini bildirgan. Ibn Sino bolaning axloqiy tarbiyasi haqida bildirgan fikrlarida uy – ro’zg’or tutish masalalari xususida ham so’z yuritadi. Bolani tarbiyalash oila ota – onaning asosiy maqsadi va vazifasidir. O’z kamchiliklarini tuzatishga qodir bo’lgan ota – ona tarbiyachi bo’lishi mumkin. Axloqiy tarbiyada eng muxim vositalar bolaning nafsoniyatiga, g’ururiga tegmagan holda, yakkama – yakka suxbatga bo’lish unga nasixat qilishdir.
  • Yusuf Xos Xojibning uqtirishicha har bir kishi jamiyatga munosib bo’lib kamol topmog’i kerak. Buning uchun u tug’ilgan kundan bolab zarur tarbiyani olmog’i lozim. U qobil qizning tarbiyasi haqida fikr yuritar ekan, ularning o’zlariga xos xususiyatiga e’tibor berishni ta’kidlaydi. Farzandlar tarbiyasi nihoyatda erta boshlanmog’i shart. Shundagina ularning noo’rin xatti – xarakatlariga berilishining oldi olinadi.
  • Ulug’bekning oila muhiti sog’lom avlodni yetishtirish haqidagi fikrlari shundan iboratki, alloma uqtirishicha, bolaning bilim olishiga bo’lgan qiziqish, xavasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muxit muxim o’rinni egallaydi. Oilada ota – onalar ayniqsa o’qimishli ota – onalar o’z farzandlarining haqiqiy inson bo’lib kamol topishiga aloxida e’tibor berishlari lozim.
  • Alisher Navoiy bolaning voyaga yetishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga aloxida e’tibor beradi. Tarbiya natijasida bolaning foydali va yetuk kishi bo’lib o’sishiga ishonadi. Yosh bolaning juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur. Tarbiya insonga o’zida yaxshi odat va fazilatlar xosil qilishga yordam beradi. U odam shaxsi kishilar bilan munosabatda, ayniqsa kishilarning bir – birlariga bo’lgan ruxiy ma’naviy ta’sirlari natijasida tarkib topadi deb voyaga yetkazishda asosiy omillardan biri tarbiya ekanligi o’qtiradi.
  • Platon Yunonistonning, mashhur mumtoz faylasufi. Platon tarbiyani tashkil etish haqidagi fikrlarini «Davlat» va «Qonunlar» asarlaridan bayon etadi. Uning fikricha, kattalarning bolalarga ko’rsatgan ta’siri, bolalarda axloqiy sifatlarning tarkib topishida ko’rinadi. His – tuyg’uga ta’sir etish kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalashni asosiy hisoblaydi. Platon o’yin, adabiy asarlardan o’qib berishni, afsonalarni hikoya qilishni tarbiya vositasi hisoblaydi. Uning t’kidlashicha, kattalar bolalar o’yinini kuzatib turishlari, lekin ularning o’yiniga qandaydir yangilik kiritmasligi kerak. Platon «Davlat» asarida bolalarni yoshligidan ijtimoiy tarbiyalash g’oyasini olg’a suradi va uni tashkil etishning muayyan tuzimini taklif etadi.
  • Qadimiy Yunon mutafakkiri Aristotel o’zining axloqqa oid «Nikohma etikasi», «Endem etikasi» asarlarida tarbiyaning maqsadi tabiat bilan bog’liq bo’lgan insonni tadrijiy rivojlantirishdan iboratligini, aql va irodani rivojlantirish muxim ekanligini aytadi. Uning ta’limotiga ko’ra, bolalarning yosh xususiyati xisobga olingan holda kerak. Aristotel tarbiya muddatini 21 yil bola tug’ilgandan 7 yoshgacha, 7 yoshdan 14 yoshgacha, 14 yoshdan 21 yoshgacha deb belgiladi. U bolaning har bir davridagi o’ziga xos xususiyatni ko’rsatadi, har bir davrda amalga oshiriladigan tarbiyaning maqsadi, mazmuni va usullarini bayon etadi.
  • Qadimgi Yunon faylasuyi Suqrotning falsafiy va pedagogik qarashlarida tarbiyadan kutilgan maqsad insonnibilishlarini bilib olishga erishish, uni yuksak axloqli qilib kamol toptirishdir. U o’z ta’limotida mardlik, donolik, mo’tadillik, adolatlilik tushunchalarini belgilab beradi. Uning fikricha mardlik qo’rquvni daf qilish, donolik jamiyat qonunlariga rioya qilish mo’tadillik o’z xissiyotlariga erk bermaslik, adolat yaxshilikni amalga oshirish yo’llarini o’rgatishdir. Suqrotning ta’limoticha inson eng avvalo, umumiy axloq me’zonlarini, inson uchun muqaddas bo’lgan fazilatlarni egallab olishi kerak.

Yüklə 404 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin