Mavzu: Oksidlar. Ularning tuzilishi, kimyoviy xossalari va turlari



Yüklə 51,98 Kb.
səhifə6/6
tarix07.05.2023
ölçüsü51,98 Kb.
#109220
1   2   3   4   5   6
7-sinf ochiq dars

Karbonat angidrid — CO2.
Havoning doimiy tarkibiy qismi bo‘lib, uning 0,03% ini tashkil etadi. O‘simliklarning asosiy ozuqasi. Barcha yashil o‘simliklar havodan bargi orqali karbonat angidridni, ildizi orqali suvni olib quyosh nuri ta’sirida ularni organik ozuqa moddalarga — qandlarga aylantiradi va havoga kislorodni ajratib chiqaradi. Bu jarayon fotosintez deb ataladi.
Karbonat angidriddan salqin ichimliklarni gazlashda keng foydalaniladi. Sovituvchi vosita sifatida karbonat angidridning qattiq holga keltirilgani — «quruq muz» dan foydalaniladi. Karbonat angidrid kir yuvish sodasi, ichimlik sodasi va boshqa ko‘plab moddalar ishlab chiqarish uchun xomashyo sifatida ishlatiladi.
Kremniy (IV)-oksid — SiO2.
Kremniy (IV)-oksid ham tabiatda keng tarqalgan oksid bo‘lib, asosan qum shaklida uchraydi. Qum eng muhim qurilish materiallaridan hisoblanadi. Kremniyning bu oksidining kristall tuzilishi o‘ziga xos bo‘lgan turi kvars deb atalib, ultrabinafsha nurlarni to‘liq o‘tkazish xususiyatiga ega bo‘lganligi uchun tibbiyotda ultrabinafsha nur bilan ishlovchi asboblarda qo‘llanadi. Qiyin suyuqlanuvchan bo‘lganligi undan kimyoviy shisha idishlar tayyorlash imkonini beradi. Kvarsning turli tabiiy ko‘rinishlari: ametist, sapfir, xalsedon, yoqut minerallari — qimmatbaho va yarim qimmatbaho zargarlik toshlari sifatida ham ishlatiladi. Undan tashqari yarimo‘tkazgichlar fizikasi uchun kremniy yarimo‘tkazgichi tayyorlashda asosiy materiallardan bo‘lib hisoblanadi.
Kalsiy oksid — CaO.
Bu oksid so‘ndirilmagan ohak yoki mahalliy tilda ohak deb ataladi. Tabiatda keng tarqalgan ohaktosh kuydirib olinadi. Qurilish sanoati uchun asosiy xomashyo materiali bo‘lib hisoblanadi. Undan turli qorishmalar, sement tayyorlanadi. Tuproqning kislotaliligi ortib ketganda ma’lum miqdorda uni neytrallash uchun ham ishlatiladi. Daraxtlar va boshqa o‘simliklardagi zararkunandalarni bartaraf etish uchun uning suvli eritmalaridan foydalanish yaxshi natija beradi. Kimyoviy moddalar ishlab chiqarishda ham katta ahamiyatga ega.Oltingugurt (VI)-oksid — SO3.
Oltingugurtning bu oksidi sulfat angidrid deb ham ataladi. Bu oksid tabiatda erkin holda uchramaydi. Uni temir kolchedanini kuydirishda hosil bo‘ladigan sulfit angidrid (oltingugurt (IV)-oksid — SO2) oksidlab olinadi. Asosan sulfat kislota ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Sulfat kislota esa ko‘plab boshqa moddalar, dorivor preparatlar olishda asosiy xomashyolardan hisoblanadi, individual turzda avtomobillar akkumulyator batareyalarida ishlatiladi.
Azot (IV)-oksid-NO2.
Bu oksid tabiatda uchramaydi. Asosan sintetik yoi bilan olinadi va nitrat kislota ishlab chiqarish uchun sarflanadi. Nitrat kislota esa azotli mineral o‘g‘itlar, nitrobirikmalar, ko‘plab dorivor moddalar ishlab chiqarishda asosiy manbalardandir.
O’IBDO: M.Rahmonov
Yüklə 51,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin