Mavzu Olamni virtuval va vizual estetik idrok etishning farqlar-fayllar.org
Bugungi kunda estetika fanining kelib chiqishi xususida bir qancha qarashlar mavjud. Bizningcha ushbu fanning kelib chiqishi insoniyatning go‘zallikka bo‘lgan estetik ehtiyojining natijasidir. Uning kelib chiqishida esa, sinergetika, (xaosdan garmoniyaning yaralishida), ratsional aql hamda intuitiv omillar (aqliy va hissiyotga asoslangan), xalqlarning an’ana va marosimlari, odatlari, ijod jarayoni va buyuk shaxslarning asarlari, arxetiplar(jamoaviy onglanmaganlik), o‘yin nazariyasi, mimemsis (taqlid) va mehnat salmoqli o‘rinni egallagan deb hisoblaymiz. Shuningdek, sekin-asta inson tomonidan orttirilgan hayotiy tajribalar, ko‘nikmalar, bilimlar orqali estetika fani shakllanib bordi va rivojlandi.
Estetika yoxud nafosatshunoslik eng qadimgi fanlardan biri. Uning tarixi ikki yarim-uch ming yillik vaqtni o‘z ichiga oladi. Biroq u o‘zining hozirgi nomini XVIII asrda olgan. «Estetika» atamasini birinchi bo‘lib buyuk olmon faylasufi Aleksandr Baumgarten (1714—1762) ilmiy muomalaga kiritgan. Bunda u boshqa bir ulug‘ olmon faylasufi G. Laebnits (1646-1716) ta’limotidan kelib chiqqan holda munosabat bildirgan edi Laebnits inson ma’naviy olamini uch sohaga – aql-idrok, iroda-ixtiyor, his-tuyg‘uga bo‘ladi va ularning har birini alohida falsafiy jihatdan o‘rganish lozimligini ta’kidlaydi.
Baumgartengacha aql–idrokni o‘rganadigan fan – mantiq, iroda-ixtiyorni o‘rganuvchi fan esa – axloqshunoslik (etika)ning falsafada ko‘pdan buyon o‘z o‘rni bor edi. Biroq his-tuyg‘uni o‘rganadigan fan falsafiy maqomda o‘z nomiga ega emasdi. Baumgartenning bu boradagi hizmati shundaki, u «his qilish», «sezish», «his etiladigan» singari ma’nolarni anglatuvchi yunoncha aisthetikos – «oyestetikos» so‘zidan «estetika» (olmoncha «estetik» – «eshtetik») iborasini olib, ana shu bo‘shliqni to‘ldirdi. А.Шер“Эстетика” Дарслик.Тошкент.”Ўзбекистон”. 2014. 6-бет.
Baumgarten estetikani hissiy idrok etish nazariyasi sifatida olib qaradi. Lekin, ko‘p o‘tmay, u goh «go‘zallik falsafasi», goh «san’at falsafasi» sifatida talqin etila boshlandi, chunki estetika go‘zallikni san’atni, badiiy ijodni boshqalarni o‘rganadi.