4. SAAS tizimlaridan foydalanish Bu eng oson usuldir. Buning nomi SAAS (Software as a service ) ham deyiladi. Masalan eng mashhur tizim bu shopify.com
Siz ma’lum bir oylik to’lov evaziga to’liq foydalanishga tayyor onlayn do’konga ega bo’lasiz. Qolaversa web server (hosting) va to’lov tizimi haqida ham bosh qotirmaysiz. Faqatgina saytingiz ko’rinishini o’zingiz istagandek holga keltirish uchun dasturchiga murojaat qilasiz. Yoki tayyor html shablondan foydalanish ham mumkin. Hozirda bu tizimda minglab onlayn do’konlar muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda.
Eslatma: Bizni yurtimiz (O’zbekiston) to’lov tizimlari bilan integratsiya bo’la oladigan SAAS tizimi hozircha yo’q. yuqoridagi shopify tizimi faqat Visa, Paypal kabi xalqaro to’lovlarni qabil qila oladi.
5. Headless CMS yoki API asosida yaratish Bu ham CMS usuli kabi bo’lib, sizga tayyor Admin boshqaruv qismi beriladi. Shu bilan birga malumotlar bazasidan kerakli malumotni (masalan Mahsulotlar nomi va rasmini) olish uchun maxsus API (Aplication programming interface) beriladi. Boshqacha qilib aytganda barcha boshqaruv imkoniyatlari mavjud tizim bo’lib uning front (mijozga ko’rinadigan) qismini o’zingiz yaratasiz. Bu hozirda zamonaviy javascript yordamida yaratiladigan usul bo’lib ReactJS VueJS kutubxonalari yordamida amalga oshiriladi. Mana bu tayyor tizim shulardan biri: vuestorefront.io.
Aslida 0-noldan o’zingiz ham shunday usulda yaratsangiz bo’ladi.
Bu usulning afzalliklari:
1. Saytning ishlash tezligi yuqori.
2. Saytning front qismi va boshqaruv qismlari bir biridan mutlaqo ajratilgan bo’lib, ularni boshqarish yoki keyinchalik rivojlantirish oson bo’ladi.
3. API yordamida xuddi shu saytingizning mobil ilovasini yaratish ham mumkin. Ya’ni android yoki ios dasturchi yollab unga kerakli API kodlarini bersangiz kifoya.
Do’konning Mobil ilovasini yaratish(mobile app) haqida boshqa maqolada batafsil yozamiz.
Eslatma: internet do’konning mobil versiyasini yaratishda quyidagi tayyor dizayn va html shablonni tavsiya qilishim mumkin:
https://bootstrap-ecommerce.com/templates/mobile/website/index.htm l