Mavzu: on-line va off -line muloqotni tashkil qilish



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə3/4
tarix28.09.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#150034
1   2   3   4
1-laboratoriya. Onlayn va offlayn muloqot

Nazorat uchun savollar

  1. On-line muloqotni tashkil qilishda kerak bo‘ladigan dasturiy vositalar.

  2. On-line muloqotni afzalliklari va kamchiliklari nimalardan iborat?

  3. On-line va off line muloqot farqi nimada?

  4. On-line muloqotni tashkil qilishda kerak bo‘ladigan texnik vositalar.

  5. Masofaviy on-line o‘qitish tizimi deganda nimani tushunasiz?

OFF-LINE MULOQOTNI TASHKIL QILISH.
Laboratoriya mashgulot maqsadi: Off-line muloqotni tashkil qilishni o‘rganish.
Kerakli jihozlar. Kompyuter, internet.tarmog‘i va Off -line muloqotni tashkil qiluvchi dasturlar.
Ishni bajarish tartibi. Talabalarni uch guruhga bo‘lib, mavzu bo‘yicha qiziqarli savol-javoblar o‘tkaziladi va amaliy vazifalar bajariladi.



  1. Qisqacha nazariy ma’lumot

Mamlakatimiz ta’lim tizimida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berayotganligi kun sayin yaqqol ko‘rinib bormoqda. Turli ta’lim shakllari qatori ayniqsa, masofadan o‘qitish (MO‘) keng qo‘llanilayotgatligi ham quvonchli hol.
Ushbu uslubning ko‘plab afzallik tomonlari borligi ko‘pchilikka ayon. Barcha oliy o‘quv yurtlarida masofadan o‘qitish texnika va texnologiyasini amalga oshirish borasida qator ishlar olib borilmoqda. Axborot texnologiyalarni rivojlanishi masofadan o‘qitishni tashkil etishga yangicha yondashuvni taqozo etadi. Masofadan o‘qitishni tashkil etishni hozirgi zamon modellari asosida kommunikatsiya va tarmoq texnologiyalari yotadi. Ushbu texnologiyalar axborotdan foydalanuvchilarga keng qamrovli yo‘l ochib berish bilan birga ularni muhofaza etish muammosini keltirib chiqaradiMasofaviy ta’lim ham sirtqi ta’lim bo‘lib, faqat o‘qituvchi bilan tinglovchi o‘rtasidagi muloqot kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va Internet orqali amalga oshiriladi. O‘quv jarayonida tinglovchi o‘quv materiallarini va topshiriqlarni o‘z kompyuteriga oladi, bajarilgan test va nazorat ishlarini o‘qituvchiga Internet yoki elektron pochta orqali yuboradi. Bundan tashqari, tinglovchi o‘z o‘qituvchisi va uslubiyotchisiga savollar bilan murojaat qilishi va ularga o‘z vaqtida javob olishi mumkin.
Shunisi quvonarliki, mamlakatimizda ziyolilarning, jumladan, pedagoglarning, yangi avlodning tarbiyasiga e’tiborli barcha kishilarning, ayniqsa, tinglovchi yoshlarning zamonaviy kompyuter va telekommnikatsiya texnologiyalari vositasidagi interaktiv ta’limga, xususan, on-line ta’limiga, Internetga qiziqishi va intilishlari kata.
Foydalanuvchining Internet tarmog‘i bilan muloqoti ikki variantda bo‘lishi mumkin:
- off-line - kechiktirilgan javobli muloqot rejimi;
- on-line - aktiv muloqot rejimi.
Off-line rejimida abonent tarmoqqa u yoki bu so‘rovlarni yoki axborotlarni jo‘natishi mumkin (masalan, elektron pochta bo‘yicha), lekin so‘rov bilan o‘nga tarmoqning javobi o‘rtasida ancha-muncha vaqt o‘tishi mumkin.
On-line rejimida (bu rejim yana bevosita murojaat qilish rejimi deb ham ataladi) tarmoq abonentining so‘roviga ma’lumot deyarli kechiqmasdan kaytib keladi.
Birinchi variant foydalanuvchiga arzonroq tushadi (oyiga o‘rtacha 10-20 dollar atrofida), lekin unga imkoniyatlar ham kam beriladi.
Bu rejimda quyidagilar bo‘lishi mumkin:
tarmoqda punktlari adresini olish, elektron pochta bo‘yicha xatlarni va boshqa istalgan maktublarni o‘zining do‘stlariga va biznes bo‘yicha sheriklariga jo‘natish va ulardan olish ham mumkin;
- o‘zining reklama varaqasini davriy ravishda, masalan, commerce (tijorat) guruhining telekonferenciyasiga yuborish;
-sizni qiziqtirgan fayllarni tarmoqdan o‘zingizning kompyuteringizga olib o‘tkazish uchun FTP-FTP-mail dasturlaridan sun’iy foydalanish;
- tarmoqda erkin aylanib yuradigan ma’lumotlarni, masalan news-guruhni o‘qish.
Ikkinchi variant Internet tarmog‘iga haqiqiy vaqt oraliqda bevosita aktiv chiqishni ta’minlaydi. Bu holatda foydalanuvchining kompyuteri o‘zining yagona adresiga, barcha telekommunikaciya tarmoqlariga to‘laqonli murojaat qilish va tarmoqda ko‘zda tutilgan butun xizmatlar majmuiga ega bo‘ladi: bu birinchi navbatda World Wide Web bo‘yicha sayohat, brauzerlar yoki maxsus qidirish serverlari yordamida tarmoqning barcha Web-uzellarini ko‘rib chiqish va u erdan sizni qiziqtirgan hamma ma’lumotlarni olish, tarmoq foydalanuvchilari uchun tegishli bo‘lgan shaxsiy ma’lumotli Web-saxifa va Web-serverlarni yaratish, boshqa foydalanuvchilar bilan interaktiv muloqat qilish.
Quyida umail.uz electron pochtasi orqali qanday qilib off-line muloqotni amalga oshirishni ko‘rsatamiz:
Umail.uz saytida electron pochta ochish uchun dastavval Id.uz portalidan ro‘yxatdan o‘tish lozim.
Id.uz portalidan ro‘yxatdan quyidagicha o‘tiladi:

  • Login degan maydoniga esda saqlash oson bo‘lgan login yoziladi;

  • Parol degan maydoniga parol kiritiladi;

  • Kirish tugmasi bosiladi.



Atutor dasturidan foydalanish mumkin



Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin