Mavzu: Onkologik kasalliklarning turlari va ularni davolashda parhezning ahamiyati. Onkologik kasalliklar profilaktikasi va davosida parhez ovqatlanish


Kanserogenezga qarshi ta’sir qiluvchi ovqatlanlsh omillari



Yüklə 25,02 Kb.
səhifə2/2
tarix20.04.2023
ölçüsü25,02 Kb.
#100892
1   2
Mavzu. 6docx

Kanserogenezga qarshi ta’sir qiluvchi ovqatlanlsh omillari
o‘smalarga qarshi tabiiy moddalar miqdori sabzavotlar, mevalar va ko‘katlarda mavjud, shuning uchun har kuni bir kunda 5 martagacha mevalar, sabzavotlar, boshqa o‘simlik mahsulotlari, sharbatlar iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Sabzi, qovoq, petrushka, ismaloq, shivit, na’matak, qizil qalampir, ko‘k piyoz, pomidor, sarsabil, o‘rik, shaftoli kanserogenga qarshi ta’sirga ega mahsulotlardir. Ular rotin va karotinoidlarga ega. Pomidorda likopen karotinoidi bo‘lib, uning yuqori tarkibi sut bezi, siydik pufagi saratoni yuzaga kelishi xavfini kamaytirishi bilan bog‘liq.
Bir qator vitaminlar o‘smalarga qarshi faollikka ega, eng awalo, bu A, E, S vitaminlari. Adabiyotlarda o‘smalarga qarshi faollikka va ayrim boshqa B6, D, PP, folat kislotasi vitaminlariga oid ma’lumotlar bor.
Krestgulli sabzavotlar: karam (oqboshli, bryussel, brokkoli, xitoycha sholg'om karam, gulkaram), bryukva, xantal, sholg'om, turp, yer qalampir - tarkibida o‘smalarga qarshi sulfatli birikmalar glyukozonolatlar bor. Ayrim tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, krestgulli sabzavotlami iste’mol qilish saraton yuzaga kelishining barcha ko’rinishlari, eng awalo, me’da, yo‘g‘on ichak, halqum, sut bezi saratoni tarqalishini cheklaydi.
Sarimsoq va piyoz tarkibida ham o‘smalarga qarshi organik sulfatli birikmalar mavjud. Epidemiologik tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, piyoz va Sarimsoq iste’moli saratonning tarqalishi xavfini cheklashga yordam beradi, birinchi navbatda, me’da, yo‘g‘on va to‘g‘ri ichakda.
Sitruslilar: apelsin, greypfrut, limon, mandarin, sitron, pompelmuslar - o‘smalarga qarshi monoterpenli birikmalarga ega. Tadqiqotlar natijalarining guvohlik berishicha, sitruslilar iste’moli halqum, o‘pka, qizilo’ngach, me’da, yo‘g‘on va to’g’ri ichak, me’da osti bezi, sut bezi saratonining rivojlanish xavfini kamaytiradi. Soyali dukkaklilar, no’xat, loviya, yasmiqda o’smalarga qarshi polifenolli birikmalar bor. Sut bezi, bachadon, prostata bezi va yo‘g*on ichak saratoni kasalligi Xitoyda, Yaponiyada g‘arb mamlakatlariga qaraganda sezilarli daraiada juda kam, bu esa, soya, gormonli modda - izoflavonlaming ko‘p (20-50 marta) iste’mol qilinishi bilan bog’liq.

O'smalarga qarshi parhez profilaktikasiga rioya qilmoqchi bo'lgan shaxslar uchun quyidagi tavsiyalami shakllantirish mumkin:


1. Ortiqcha yog‘lar iste’molini cheklash. Erkin yog'laming maksimal miqdori - bir kunda 1 osh qoshiq o'simlik yog‘i iloji boricha zaytun yog‘i). Boshqa yog'lar, ayniqsa hayvon yog‘lari iste’molini rad eting.
2. Taxir yog'lar iste’moli mumkin emas. Pazandalik ishlovi berilgan vaqtda qizdirilgan yog'lardan takroriy ravishda qovurish uchun foydalanmang.
Faqat po‘sti bor yong'oqlarni sotib oling. Uzoq saqlangan, tozalangan pistalami yemang. Shaffof bo‘lmagan butilkalarda yoki qattiq bankalardagi yog'larni sotib olmang.
3. Ovqat tayyorlaganda tuzni ozroq soling va tayyor ovqatga tuz qo’shmang.
4. Shakar va boshqa tozalangan uglevodlami cheklang.
5. Go‘sht iste’molini cheklang.

Sekin-sekin go'shtni o’simlik oqsili (dukkaklilar), baliq (iloji boricha may da suv ostida bo'ladigan turi), tuxum (bir haftada 3 ta), kam yog'li sut mahsulotlari bilan almashtiring. Go'sht iste’mol qilganda uning “qimmati”ga asoslaning - yog'siz oq go'sht, quyon go'shti, buzoq go'shti, erkin tarkibli tovuq go'shti (broyler emas), yog'siz qizil go'sht, yog'li go'sht. Kolbasa, sosiska, shuningdek, ko'mirda qovurilgan go'sht, dudlangan go'sht va baliqni istisno eting.


6. Mahsulotlami bug'da qaynating, toblab yoki dimlab past olovda oz miqdordagi suvda pishiring. Kuyib ketgan ovqat yemang.


7. Ozuqaviy tolalarga boyitilgan butun donli yormalar, non-bulochka mahsulotlarini iste’mol qiling. Sabzavotlaming po'stini archmang: ulami cho'tka bilan yuving.
8. Buloq suvidan foydalaning, suvni tindirib qo'ying yoki boshqa usulda tozalang. Choy o‘miga turli o'tlar damlamasi, mevali sharbatlar iching. Sun’iy qo'shimchalari bor gazli ichimliklar ichmaslikka harakat qiling.
9. Haddan tashqari to'yguncha yemang, qomingiz ochganda ovqatlaning.
10. Alkogolni suiste’mol qilmang.
Yüklə 25,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin