Ijtimoiy makon va ijtimoiy vaqtda tarix vaqti va davr ruhining mutanosibligi. Makon va vaqt munosabatlarining yanada murakkabroq manzarasi ijtimoiy tuzilmalarda kuzatiladi. Bu insonning dunyoga munosabati bilan belgilangan, inson faoliyati va amaliyotining o’ziga xos xususiyatlariga tarixiy bog’liq bo’lgan ijtimoiy makon to’g’risida so’z yuritish o’rinli bo’ladi. U alohida insoniy ma’no kasb etadi va biosfera, sayyora va koinot darajasidan bir vaqtda o’rin oladi, shu bilan birga inson yaratgan infratuzilma, o’zlashtirilgan hududlar, foydalanilayotgan suv va fazo okeanlari, jamuljam holda inson yashaydigan makonga aylangan koinot kengliklari ko’rinishida ulardan ajralib turadi. Bunda ko’lamli strukturalar o’z holicha, xatolik tarzda vujudga kelmaydi, balki jamiyat evolutsiyasi ob’ektiv jarayonlarining mahsuli hisoblanadi va muayyan xalqlarning turmushi va madaniyatini, ularning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasini, ma’lum vaqt ruhini o’zida aks ettiradi. Bularning barchasi pirovardida «ikkilamchi tabiat»ni tashkil etadigan tegishli arxitektura, o’zgartirilgan landshaft va shu kabilarda o’z aksini to’adi.
O’z-o’zidan tashkillashuv – materiyaning atributi Hozirgi ilmiy tasavvurlar har qanday jonli organizmni ochiq tipdagi o’z-o’zini tashkil etuvchi, ya’ni atrof muhit bilan moddalar, energiya va axborot almashinuvini amalga oshiruvchi sistema sifatida tavsiflash imkonini beradi. Jonli narsalarning yana bir o’ziga xos belgisi shundaki, ular ko’payish qobiliyatiga egadir. Barcha jonsiz narsalardan farqli o’laroq, faqat jonli organizmlargina o’ziga o’xshash organizmlarni yaratishi, sirtdan o’sish va hayotni quvvatlash uchun zarur moddalarni olib, o’z faoliyati chiqindilarini atrof muhitga chiqarib, o’sishi, rivojlanishi mumkin. Boshqacha aytganda, jonli organizmlar borlig’i funktsionaldir, u jarayon sifatida yuz beradi, ya’ni muayyan jonli narsa mavjud bo’ladi yoki, ta’bir joiz bo’lsa, u faoliyat ko’rsatayotgani uchun ham unda hayot mavjud bo’ladi. Bundan tashqari, jonli organizmlar mavjudligi uchun tegishli va mutlaqo muayyan fizik va kimyoviy muhit talab etiladi, zero ularning hayot faoliyati faqat muayyan sharoitda: joiz tem’eratura, havo, namlik, oziq va shu kabilar mavjud bo’lgan holda yuz berishi mumkin.
Qayd etilgan omillar aniq va ularni tekshirish mumkin bo’lsa-da, jonli va jonsiz narsalar o’rtasida uzil-kesil chegara o’tkazish oson ish emas. Masalan, virusli zarralar jonli organizm hujayralaridan tashqarida moddalar almashinuvini amalga oshirmaydi, ko’paymaydi va h.k. Bu ayrim olimlar ularni jonli narsalar qatoriga, ayrimlarning esa – jonsiz narsalar dunyosiga kiritishiga asos bo’ladi. CHuqurlikda muzlatilgan taqdirda quritilgan urug’lar yoki o’ta sodda organizmlarda ham yashash jarayonlari nomuayyan vaqtga to’xtaydi, ammo ular avvalgi (normal) sharoitga qaytarilgach, mazkur jarayonlar tiklanadi.
Fan rivojlanishi bilan sabab-oqibat aloqalarining statistik qonuniyatlari va ehtimoliy tabiati haqidagi tasavvur yuzaga keladi. Murakkab sistemalarning o’z-o’zini tashkil etishi haqidagi fan – sinergetika determinizm talqiniga ma’lum aniqliklar kiritdi. Bir qator ilmiy dalillar olimlar har qanday tabiiy hodisalar stoxastik xususiyatga ega va muayyan noaniqlik sharoitida yuz beradi, degan xulosa chiqarishiga olib keldi. Murakkab sistemalar uchun, odatda, rivojlanishning bir necha muqobil yo’llari mavjud bo’ladi. Sinergetika sabab-oqibat aloqalari nomutanosib sistemalarda namoyon bo’lishining o’ziga xos xususiyatlarini ochib beradi. Bu sistemalarning rivojlanishi ko’p variantlidir. Bunda evolutsiyaning har qanday turi emas, balki yo’llarning muayyan doirasi mavjud bo’lishi mumkin. Rivojlanishda kutilmagan burilishlar yuz berish ehtimoli mavjud, chunki u tasodifiy aloqalar orqali sodir bo’ladi. Nomutanosib sistemalar tashqi omillarga o’ta ta’sirchandir. SHu bois intensivlik darajasiga ko’ra ahamiyatsiz bo’lgan ta’sirlar ham kutilmagan natijalarga olib keladigan shikastli oqibatlar sababi bo’lishi mumkin.
Adabiyotlar
[1] Qarang: Малюкова О.В. Материя, пространство и время с точки зрения физики ХХ века / Онтология, гносеология, логика и аналитическая философия. – СПб.: 1997. – S.93.
[2] Голбах // Всемирная энсиклопедия. –М.: Современний литератор, 2001. –С. 246.
[3] Лейбниц Г. //. Всемирная энсиклопедия. –М.: Современний литератор, 2001. –С. 548.
[4] Prоkl // Vsеmirnaya ensiklоpеdiya. –M.: Sоvrеmеnniy litеratоr, 2001.-S.236.
[5] Чумаков А.Н. Буччило Е. Философия. -М.: Современний литератор, 2007.-С.54
[6] Гегел Г. Наука логика. -М.: Наука, 1994. –С.161
[7] Аристотел // Всемирная энсиклопедия. Философия. -М.: Современний литератор. 2001.-С.69