BIOS(BasicInput/OutputSystem) — asosiy kiritish-chiqarish tizimi bo’lib, motherboard(материнская плата)da alohida chip sifatida ishlaydi. Bu chipning vazifasi kompyuter va operatsion tizimni bir-biriga bog’lashdan iborat. Har safar kompyuter yoqilganda dastlab BIOS ishlaydi, kompyuter uskunalari parametrlarini tekshiradi va operatsion tizim yuklanuvchi fayliga(dasturiga) o’z ishini beradi(NTLDR, bootmgr). Kompyuter yongandagi har xil yozuvlar va tovushning chiqishi, ROM(Read Only Memory) xotirada yozilgan BIOSning ishi.
BIOS quyidagi vazifalarni bajaradi:
kompyuterni faollashtirish, barcha elementlarini boshlang’ich holatga keltirish;
kompyuter qurilmalarini dastlabki tekshiruvini amalga oshiradi(POST-test);
PCI qurilmalarini ro’yxatdan o’tkazish va sozlash;
operatsion tizimni dastlabki yuklanishini amalga oshiradi(bootmgr);
qurilmalarni bir-biri bilan moslashuvini tekshiradi;
elektr ta‘minotini boshqarish, kompyuterni o’chirish, uxlash holatiga o’tkazish.
BIOSni to’g’ri sozlash, kompyuter ishlashiga ta’sir ko’rsatadi, shuning uchun dastlab shu dasturchani yaxshi o’rganib olish lozim. Har xil turdagi motherboar‘lar har xil BIOS turlarini ishlatishadi, shuning uchun bitta yagona qo’llanma qilishning iloji yo’q, lekin asosi baribir bir xil. Protsessorlarning turi rivojlangan sari, BIOS sozlashlari ham qiyinlashib bormoqda. Bu esa, qo’shimcha qiyinchiliklar tug’dirmoqda. 8 BIOS dasturini asosan quyidagi firmalar ishlab chiqishadi:
American Megatrends (AMI);
Award Software;
Phoenix Technologies.
BIOSturiga qarab, uning ko’rinishi ham o’zgarib boradi, uning turidan tashqari bir necha versiyalari ham mavjud, bu versiyalar ham yangilanib borishi lozim. Award Software tomonidan ishlab chiqilgan BIOS dasturlari eng ommalashgan turi. Sal tushunarli bo’lishi uchun BIOSning ba‘zi versiyalarini rasmlarda ko’rsatib o’tamiz.