Optoelektronlarning yutuqlari va kamchiliklari
Optoelektronlarning kirish va chiqishlari orasida o‘zaro elektr bog‘lanishlar hamda yorug‘lik va qabul qilgichlar orasida o‘zaro teskari bog‘lanishini yo‘qligi;
-tebranish chastotasining diopazoni keng;
-optik qismga ta’sir etish yo‘li bilan chiqish signalini boshqarish imkoniyati borligi;
-optik kanali xalaqitdan yuqori darajada himoyalanganligi;
-boshqa yarimo‘tkazgich va mikroelektron qurilmalar bilan REA larni mos kelishlik imkoniyati.
Optoelektronlarning kamchiliklari: - nisbatan katta quvvat talab etishi;
- radiatsiya va haroratga nisbatan yuqori turg‘unlikka ega bo‘lmaslik;
-sezilarlari darajada eskirishi;
-yuqori darajada xususiy shovqinga ega bo‘lishligi;
-mukammal qulay texnologiyani o‘rniga gibrit texnologiyani zarurligi.
Yuqoridagi hamma kamchiliklar optron texnikasi rivojlanishi jarayonida yo‘qotilib bormoqda.
Hozirgi zamon optoelektronikasida asosan qattiq jismlarning lyuminesensiyasidan (sovuq nurlanish) foydalaniladi. Nurlanish uchun zaruriy lyuminesensiya energiya har qanday issiqliksiz ( fotonlar yoki elektronlar bilan .nurlatish, elektr maydon ta’sirida va boshqalar) usulda berilishi mumkin.Mos ravishda fotolyuminisensiya , elektrolyuminesensiya va lyuminisensiya boshqa turlari bilan farqlanadi.Odatda , lyuminisensiya uy temperaturasida va undan past temperaturalarda , qaysiki bunda issiq nurlanish juda oz va barcha ko’zga ko’rinadigan nurlanish lyuminesensiyadan iboratdir.Umumiy holda tegishli temperaturadagi nurlanish issiqlik va lyuminesensiyadan iborat, shuning uchun C.I. Vavilovni aniqlashi bo’yicha lyuminesensiya deb, tegishli temperaturada issiqlik nurlanishlardan ortiqchalariga aytiladi va qo’zg’otish to’xtatilgandan so’ng davomiylidi yorug’lik to’lqin davridan (tc ≈ s) katta. Odatda lyuminesirlovchi moddalarda (lyuminoforda) bu ushlab turish reaksiyasi qo’zg’lishni o’chishidan tc ancha katta va lyuminaforda energiyani o’zgarish jarayonini berib,lyuminesensiya uchun xarakterli bo’ladi.
http://hozir.org
Dostları ilə paylaş: |