Mavzu: O'qish dasturi tahlili



Yüklə 54,71 Kb.
səhifə8/19
tarix21.06.2023
ölçüsü54,71 Kb.
#133339
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Mavzu O\'qish dasturi tahlili-fayllar.org

Hikoyalar biror bir davr bilan bog'liq holda bo'ladi. O'quvchilar qahramonlarning ma'naviyatiga bo'lgan qiziqishlari tufayli hayotning turli oq va qora tomonlari xususida muayyan tushunchalarga ega bo'ladi. Ularda yaxshilikka nisbatan muhabbat, yomonliklarga nisbatan nafrat tuyg'usi shakllanadi.

Hikoya tahlili adabiy tur sifatida o'ziga xos xususiyatlari va vazifasidan kelib chiqib ish ko'rishni taqazo etadi. Hikoya matni uning mazmunini yoki badiiy xususiyatlarini o'rganishdagina emas, tahlilning ifodali, adabiy, shartli yoki ijodiy o'qish, muommoli usullardan foydalanish uchun ham manba bo'lishi kerak.

O'tkir Hoshimovning "Urushning so'nggi qurboni" hikoyasi qahramonlarini, ularning xatti-harakatlarini o'rganish va tahlil qilishni matnga tayangan holda quyidagi reja asosida amalga oshirish mumkin:

1. Shoikromning ko'ngli g'ashligi va diqqinafasligini matndan topish. Uning o'quvchilarda qanday taassurot qoldirganini aniqlash.

2. Urush odamlarning dunyoqarashlarini o'zgartib yuborgan tasvirlarni topib o'qish.

3. Umri xolaning hikoyada berilgan tasvirlarini topib, nima uchun o'g'liga aytmay qulpunayzoridan qulpunay olayotganini aniqlash.

4. Shoikromni qotillikka undagan tasvirlarni topish va sababini aniqlash.

5. Hikoya nima uchun shunday nom bilan nomlanganligiga e'tibor berish va o'z fikrlarini bayon etish.

Mavzu: Ertak matni tahlili

Xalq og’zaki ijodida ertak janrining bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib o’qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta’sirchanligi, o’tkirligi, ma’nodorligi va xalq tiliga yaqinligidir. Ertaklarning ko’pchiligida real hayot tasviri sarguzasht elementlar bilan qo’shilib ketadi.

Ertakning o’tkir maroqli syujeti, voqea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi, undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qahramonlar, ertakning g’oyaviy yo’nalishi, unda ezgulik kuchining − yaxshilikning doimo g’alaba qilishi bolalarni o’ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish shakli bir xil so’z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi, ohangdorligi, tilining ta’sirchanligi, ifoda vositalarining jonliligi, bolalar uchun juda qiziqarliligidir. Ertakda qatnashuvchilar ko’pincha rahmdil, saxiy, adolatli hamda ularning aksi bo’lgan yovuz, baxil, ochko’z obrazlar bo’ladi.


Yüklə 54,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin