O.R.Roziqov o’qitish va o’qish faoliyatlari o’zaro ta’sir mohiyatidan kelib chiqib, ta’lim metodlarini ikki guruhga ajratadilar:
O.R.Roziqov o’qitish va o’qish faoliyatlari o’zaro ta’sir mohiyatidan kelib chiqib, ta’lim metodlarini ikki guruhga ajratadilar:
1) o’zaro ta’sirni tashkil etish va boshqarish metodlari;
2) o’zaro ta’sir natijasini nazorat etish metodlari.
L.N.Skatkin (metodist olim) o’z kitobida barcha o’qitish metodlarini 2 guruhga ajratib ko’rsatadi:
1) Reproduktiv metodlar
2) Produktiv metodlar
A.M.Pishkalo“Методика преподавания математики в I-III классах” deb nomlangan kitobida o’qitish metodlarini 2 guruhga ajratib bayon etadi:
A.M.Pishkalo “Методика преподавания математики в I-III классах” deb nomlangan kitobida o’qitish metodlarini 2 guruhga ajratib bayon etadi:
1) Bu guruhga o’qituvchi va o’quvchilarning darsdagi faoliyatlarini tashkil etishga qaratilgan metodlar: tushuntirish, bayon etish, suhbat, o’quvchilarning mustaqil ishlarini kiritadi.
2) Bu guruhga bilim olish manbalaridan kelib chiqadigan metodlarni kiritadi: o’qituvchining og’zaki nutqi, kitob ustida ishlash, ko’rgazmali qurollardan foydalanish, o’quvchilarning amaliy ishlarini kiritadi.
O’quv-bilish faoliyatini tashkil qilish metodlari bir necha guruhlarga bo’linadi:
O’quv-bilish faoliyatini tashkil qilish metodlari bir necha guruhlarga bo’linadi:
I. O’quvchilar bilim oladigan manbalar bo’yicha og’zaki, ko’rsatmali va amaliy metodlar.
II. O’quvchi fikrining yo’nalishi bo’yicha: induksiya, deduksiya va analogiya.
III. Pedagogik ta’sir, boshqarishning darajasi, o’quvchilarning o’qishda mustaqilliklari darajasi bo’yicha: o’qituvchi boshchiligida bajariladigan o’quv ishlari metodi, o’quvchilarning mustaqil ishlari metodi.
IV. O’quvchilarning mustaqil aktivliklari darajasi bo’yicha: izohli-illyustrativ metod; reproduktiv metod; bilimlarni muammoli bayon etish metodi; qisman izlanish va tadqiq qilish metodi.