Amerikalik psixolog U.Jeyms o‘zining psixologik nazariyasida XX asrning boshlaridayoq shaxs «Men» siymosining eng muhim tarkibiy qismi o‘zini hurmat qilishi haqiqatan ham erishgan yutuqlarining kishi da’vogarlik qilgan, mo‘ljallangan narsalarga munosabati bilan belgilanishi haqida umuman to‘g‘ri fikr bildirgan edi. U surati individning real muvaffaqiyatlarini, maxraji esa shaxs intilishlarini ifoda etadigan formulani: muvaffaqiyat, o‘zinihurmat qilish,intilishlarni taklif etgan edi. Ma’lumki, surati oshib, maxraji kamayganda kasr kattalashadi. Shu sababli kishi o‘zini hurmat qilishini saqlab qolishi uchun ayrim hollarda eng ko‘p kuch va g‘ayrat sarflashi va o‘zini hurmat qilishini saqlab qolishi shart bo‘lib, bu ko‘pinchamurakkab vazifa hisoblansa, boshqa bir yo‘li intilishlarining darajasini pasaytirishdan iborat. Bunda hatto eng kamtarona muvaffaqiyatlarga erishganda ham o‘zini hurmat qilish hissi yo‘qolmaydi.