Mavzu: O‘qituvchining kasbiy pedagogik refleksiya asosida o‘z pedagogik mahorati imkoniyatlarini takomillashtirishi. Reja


O‘qituvchining ijodkorligi va mehnatda faolligi



Yüklə 29,38 Kb.
səhifə6/8
tarix12.09.2023
ölçüsü29,38 Kb.
#142953
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu O‘qituvchining kasbiy pedagogik refleksiya asosida o‘z pe-fayllar.org

O‘qituvchining ijodkorligi va mehnatda faolligi. Ijodkorlik – o‘qituvchining o‘z mehnati jarayonida mustaqil faoliyat olib borishi. Kasbiy faoliyatning ta’lim mazmunini belgilovchi sifatlari o‘qituvchining ijodkorligida namoyon bo‘ladi. Ijodkorlik – bu o‘qituvchining ta’lim va tarbiya jarayonida sifat jihatidan yangi, original va takrorlanmas biror ilmiy yangilikni paydo qiluvchi faoliyatidir.
O‘qituvchining mahsuldor ijodkorligida belgilangan har qanday mu­am­mo muvaffaqiyatli hal qilinadi, ijod qilishga layoqati bo‘lgan o‘qi­tuvchilarning asosiy qismida bu jihatlar namoyon bo‘ladi.
O‘qituvchining evristik ijodkorligi, jahonda ro‘y berayotgan kasbiy faoliyatiga oid yangiliklarni dadil o‘zlashtirish va targ‘ib qilishni angla-tadi, ya’ni uning asosida g‘oyalar (farazlar) hosil qilish jarayonini inten­sifikatsiya qilish va ularning haqiqatga yaqinligini (ehtimolligini, ishon­ch­liligini) izchil amalga oshirish va bunda yangi holatda dadil harakat qilish qobiliyati, fikrlash jarayoni asosida tafakkurni rivojlantirish kuza­tiladi.
O‘qituvchining kreativ ijodkorligida ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘l­gan yangi nazariyalarni yaratish mujassamlashgan, u o‘zining mustaqil g‘oya­lari va takliflari bilan chiqadi, mohir va tajribali, layoqatli o‘qituv­chilargina bunga erishishi mumkin.
Yevropalik sotsiologlar o‘qituvchining mehnatdagi ijobiy holatlarini “oqimni his qilish”, ya’ni o‘z faoliyatiga to‘liq kirishib ketish va faoliyat jarayonidan qoniqish hosil qilish deb atashadi, bu esa o‘z navbatida o‘qituvchining yuqori ichki refleksiv holati kuchli bo‘lishi haqida guvoh­lik beradi. O‘z kasbi jarayonida ijodkorlikni va mehnatidan qoni­qishni his qilmaydigan o‘qituvchilarning mehnat faoliyati ko‘pincha harakat­sizlikka, asablarining tez charchashiga va g‘ashlikka olib keladi.
Mehnatda faollik – bu o‘qituvchining mehnat sohasida olib bora­digan mustaqil harakatidir. Pedagog mehnat faolligining o‘ziga xos tomoni – o‘quvchining ta’lim va tarbiyaviy faolligini oshirishga qaratil­ganligida namoyon bo‘ladi. Bunda o‘qituvchi faqat o‘z fanini puxta bilishi yetarli bo‘lmasdan, pedagogik–psixologik malaka va ko‘nik­ma­larni, ta’lim va tarbiyaviy texnologiyalarning keng spektrini, har qanday peda­gogik vaziyatlarni hal qilishda mustaqil faoliyat olib borishni unutmasligi kerak. Bu talablar pedagog mehnatining muhim o‘ziga xos tomonini tashkil qiladi. O‘qituvchi doimo o‘zining boy bilimi va tajri­balari asosida yig‘ilgan shaxsiy pedagogik resurslariga tayanib butun o‘qituvchilik faoliyati davomida mehnat qiladi. U ta’lim va tarbiyada o‘ziga yoqqan metodlarni, vosita va usullarni tanlaydi, yangilikka inti­ladi. Barcha pedagogika oliy o‘quv yurti talabalari buni yetarlicha aniq tushu­nishadi. Agar birinchi kurs talabalarining 59 foizi o‘qituvchilik kasbini o‘zining iste’dodi deb hisoblasa, to‘rtinchi kursga kelganda bunday talabalar soni 2,5 barobarga kamayadi.



Yüklə 29,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin