Mavzu: O'quv jarayonini tashkil etish texnologiyalari


G’.G’ulom asarlarida bolalar taqdiri masalalasi. “Shum bola” asari tahlili



Yüklə 154 Kb.
səhifə3/13
tarix16.04.2023
ölçüsü154 Kb.
#98759
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
O’ZBEK BOLALAR ADABIYOTI ISTILOHI VA UNING PAYDO BO’LISH TARIXI

G’.G’ulom asarlarida bolalar taqdiri masalalasi. “Shum bola” asari tahlili.
G’afur G’ulom «Shum bola» qissasida etimlik fojeasini ifodalashda zamonasozlik yo’lidan bormadi, aksincha o’tmishdagi nobop tuzumning antigumanistik mohiyatini badiiy tadbiq qilish yo’lidan bordi, o’sha nobop tuzumning nainki mehnatkashlar ommasiga, balki ularning bolalariga ham muruvvatsizlik qilganini, shafqatsizlik bilan ularni ham ma’naviy, ham jismoniy majruh qilishga chog’langanini butun fojeasi bilan ochib tashlash va fosh etishni ko’zladi. Rost, asar qahramoni Shum bola aslida jismoniy yetim, otasiz, beva ona qaramog’ida qolgan sho’x-shaddot bola. Asarda garchi hammasining ham ota yo onasi, yoki har ikkalasining ham bor yoxud yo’qligi eslatilaverilmasa-da, har qalay Shum bolaning Omon, Yo’ldoSh, It Obid, Bit Obid, Turobboy, Husni, Solih, Abdulla, Po’latxo’ja va Miraziz singari tengqurlari ham aslida o’Sha nobop tuzumning o’gay nazari tufayli qay darajadadir ma’naviy yetimlikka giriftor qilingan Shumqismat bolalar hisoblanadilar. O’sha nobop tuzum, zulm va tengsizlikka, kiShini kiShi tomonidan ekspluatatsiya qiliniShiga asoslangan Shafqatsiz jamiyat bunday bolalar taqdirini o’z holiga tashlab qoyganligi tufayli ular ham haqsiz-huquqsiz yetimlar safida sanalishlari tabiiy. G’afur G’ulomning san’atkorligi Shundaki, u bu shum bolalarni o’sha shum jamiyatning shunchaki hosilalari sifatida ko’rsatibgina qoya qolmadi, aks holda bu bolalar ham o’sha shum jamiyatning qiyin-qistovlari tilga olingan «Mallajin, Karim jinni, Mayramxon, Xolparang jip-jinni, Tojixon, Juft kaptar, Olimjinni, Eshon oyi, Avaz jinni»lar safini to’ldirishardi. So’ngra adib bu jinnilarning qanday qilib jinni bo’lganliklari sabablari bayoniga o’tarkan, bunga o’Sha nobop tuzumga xos adolatsizlikni vaj qilib ko’rsatadi. Aytaylik, Karim jinni ilgari bo’zchi bo’lib, bozori kasod bo’lganidan Shu koyga tushgan bo’lsa, Eshon oyi eri Mattixon To’raning singlisini oynaSh tutganidan shu koyga tushgan. Xolparang baxmal to’qirkan, do’kon-dastgohiga o’t tushganidan jinni bo’lgan esa, Mayramxonning asli ismi Mamatraim bo’lib, temirchilik bilan shug’ullangan ekan, temir-tersak buyumlar zavoddan chiqa boshlagach, uning ham korxonasi sinib, jinni bo’lib qolgan ekan. Hullas, adib turli kasb-kor egalarining shu xilda jinnilikka giriftor etilganini ko’rsatarkan, «Toshkentda jinni ko’p edi,»deya eslatishni unutmaydi.
Zero, o’sha shafqatsiz tuzum shum bolalarni ham o’z iskanjasida ezib shu koyga solishi mumkin edi. Ammo G’afur G’ulom talqinidagi Shum bolalar yashashdan iborat ulug’ niyatda edilar. Ana shu umidvorlik ularni hayot qay koyga solib sinamasin, biribir, hayotdan o’z o’rnini topishga qasd qilib yashashga o’rgatdi. Pirovard-oqibatda ular yetimlikni engdilar, o’gay nazarni sindirdilar va eng muhimi, o’zlarini anglash va qadrlash tuyg’usini tuya boshladilar. «Shum bola» qissasidagi yetimlik qismatidan shunday saboq chiqarish mumkin.

Yüklə 154 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin