Mavzu: O'quv jarayonini tashkil etish texnologiyalari


I BOB. O’zbek bolalar adabiyoti istilohi va uning paydo bo’lishi



Yüklə 154 Kb.
səhifə2/13
tarix16.04.2023
ölçüsü154 Kb.
#98759
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
O’ZBEK BOLALAR ADABIYOTI ISTILOHI VA UNING PAYDO BO’LISH TARIXI

I BOB. O’zbek bolalar adabiyoti istilohi va uning paydo bo’lishi.

Bolalar kitobxonligi ifodasi o’z ma’nosida umuman kitob o’qish hodisasini anglatsa-da, keng ma’noda necha ming yilliklar davomida aslida kattalar didi, hayotiy tajribasi, dunyoqarashiga mos holda yaratilib kelingan bo’lib, bolalarning ham o’qishi doirasida amal qilgan va yaxlit tizim tarzidagi ma’naviy-axloqiy hodisa darajasiga ko’tarilgan hammabop diniy, diniy-axloqiy, diniy-tarixiy, didaktik, badiiy, ilmiy, shuningdek, XX asr boshlaridan esa, professionallik kasb eta boshlagan o’zbek bolalar adabiyotiga doir asarlar silsilasini o’qish va o’qitishni anglatadi.


Bolalar kitobxonligida bolalar yoshi,saviyasini hisobga olish nisbiy mohiyatga ega. Maktab darsliklari, o’quv-didaktik xarakterdagi asarlar va bolalar adabiyoti namunalarigina bundan istisno bo’lib, ularda bolalar yosh xususiyatlari va saviyasining inobatga olinishi qat’iydir. Qolaversa, bolalar adabiyotida obrazli badiiy tafakkur amal qilsa, bolalar kitobxonligida mantiqiy tafakkur ustivorligi sezilarlidir. Zero, bolalar adabiyoti adabiy-estetik hodisa bo’lsa, kitobxonlik, jumladan, bolalar kitobxonligi undan farqli o’laroq ijtimoiy-estetik hodisa sanaladi. Bolalar kitobxonligi jamiyatning o’z bolalari haq-huquqlarini anglashi va ularni o’ziga voris sifatida tushuna borishi negizida yuzaga kelgan bo’lib, jamiyat uning vositasida yosh avlodni o’z hayotiy tajribalaridan chiqargan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-estetik va axloqiy saboqlari asosida tarbiyalashni ko’zlaydi. Yozma adabiyot paydo bo’lguniga qadar bu xalq didaktikasi- etnopedagogikashaklida1 harakatda bo’lgan. Biroq islomiy ehtiqodni qaror toptirish yo’lidagi izlanishlar davomida diniy-axloqiy yo’singa kira borgan va chinakam ehtiqodiy mohiyat kasb etib muqaddaslashgan. Shu sababli o’tmishda boshlanib, so’ngra undagi mazmun va g’oyalarni iymon asoslari darajasida anglash, qabul qilish va amaliy faoliyat mezoniga aylantirishga alohida e’tibor berishgan. O’tmishdagi o’zbek bolalar kitobxonligi mazmun-mundarijasi shu mantiq asosida shakllangan. Bunda Qur’oni karim va hadisi shariflar ta’siri belgilovchi rol oynagan. Jumladan, Qur’oni karimning 36-yosin surasining 69-oyatida shunday zikr qilinadi: «Va mo allamnoxushshihra va mo yanbagi laxu in juva illo zikrun va qur’onun mubin». Mazmuni: «Biz u kishiga (payg’ambarimizga) she’r o’rgatmadik va bu u zotga loyiq ham emas. Bu (ya’ni she’r) faqat Ollohning zikri va qur’oni mubin uchun xosdir»1 Bu oyatning qudrati shundaki, uning asosida butun islomiy olamda ollohning zikri va qur’on mavzulariga yaqqol va ramziy aloqasi bo’lmagan barcha badiiy va ilmiy asarlar inkor etiladi. Shu vajdan barcha islomiy mamlakatlarda istalgan turdagi asarning bosh g’oyasi qur’on yoki hadislardan olinmog’i shart qilib qoyilgandi. Shu zaylda din axloq va tarbiyaning asosiy vositasiga aylanib qoldi. Qur’oni karim oyatlarini va hadislarni badiiy sharhlash va talqin qilish ehtiyoji mumtoz adabiyot tarkibida didaktik mohiyatga ega diniy-axloqiy asarlar silsilasini yuzaga keltirdi. Bu, o’z navbatida, o’zbek mumtoz adabiyoti tarixida didaktik adabiyot nomi ostida alohida bosqich va yo’nalishni tashkil etadi
O’zbek bolalar kitobxonligi doirasidagi asarlarni vazifasiga ko’ra tubandagi ikki toifaga bo’lish mumkin:
Birinchi toifaga, yuqorida eslatilganidek xalq pedagogik tafakkuriga yo’g’rilgan va aksaran bolalarga nasihat shaklida bitilgan esa-da, asoson, kattalarning hayotiy-axloqiy tajribalarini ular tili, didi va nuqtai nazarlaridan ifodalagan hammabop mumtoz nasihatnomalar, diniy-axloqiy manoqiblar va hikmatlar kirsa, ikkinchi toifaga ma’lum qismi hammabop va ma’lum qismi bolalar yoshi, didi va saviyasiga muvofiqlashtirilgan ilmiy-ma’rifiy (poznavatelnoy) yo’nalishdagi asarlar kiradi. Qolaversa, bolalar badiiy adabiyoti ham ular o’qishiga mo’ljallanganligi tufayli bolalar kitobxonligi tarkibida harakatda bo’lada. Shu uch jarayon yagona oqimga aylangan holda bolalar kitobxanligi mundarijasini tashkil etadi va uning uzluksiz davomiyligini ta’minlamoqda.
Bolalar adabiyotining janriy xususiyatlari .
Bolalar adabiyotining o’ziga xos xususiyatlari. Bolalar uchun ham, kattalarga bo’lgani singari, inson va jamiyatga, tabiatga daxldor barcha mavzularda ijod etish mumkin. Bolalar va kattalar adabiyotlari o’rtasidagi bunday mushtaraklik zamirida ular orasidagi farqni oydinlashtiruvchi xususiyat ham mavjud. Bu farqli xususiyat mohiyatini A.A.Makarenko bolalar uchun yozayotganda nima haqda yozish emas, balki qanday qilib yozishning muhimligida deb ko’rsatgan edi. Aytaylik, kattalar turmushining murakkab qirralarini ifodalovchi asarlarni bolalar o’qishi man’ qilingani holda xuddi shunday mavzuda bolalarbop qilib yozilgan Q.Muhammadiyning «Qo’ng’izoy bilan Sichqonboy» she’riy adabiy ertagi tipidagi asarlarni bolalar o’qishiga tavsiya etiladi. Bunda muddao shundaki, bolalar adabiyoti ijtimoiy ong shakli sifatida bolalarning borliqqa qarashlarini, voqealarni baholashda esa, o’zlarigagina xosliklarini, demakki, navqiron avlodning borliqqa estetik munosabatlarini ifodalaydi.
Bolalar adabiyoti tarbiya quroli sifatida kichkintoylarga bilim berish vazifasini ham bajaradi, ularning qiziqishlari doirasini kengaytiradi. Garchi u «kattalar»-ijod ahli tomonidan bunyodga keltirilsa-da, bolalar olamini aynan-o’zligicha, faqat bolalargagina xos nuqtai nazardan badiiy tadqiq qiladi, aslida xuddi shu nuqtada ijodkor voqelikka o’z munosabatini bolalar didiga, nuqtai nazariga muvofiqlashtirib ifoda etadi, shu nuqtada kattalar va bolalar olamlari o’zaro kesishadi, kattalarning kuzatishlari, mushohadalari va baholari bolalarnikiga aylanadi, bolalarning voqelikka munosabatlari tusini oladi, bolalarcha in’ikos shaklida zuhur topadi. Bolalar adabiyotining bosh xususiyati ana shunda: narsa-hodisalarga bolalar ko’zi bilan qaray bilishida, ularni bolalarcha idrok eta bilishida, ularga bolalarcha munosabat ko’rsata olishida, ulardan bolalarcha hayratlana bilishida. A.P.Chexov masalaning shu tomonini teran anglab, «Uyda» hikoyasining qahramoni-prokuror Evgeniy Petrovich oylari tarzida o’z mulohazalarini shunday bayon etgan edi: «Buning (besh yashar o’g’li Seryoja nazarda tutilayotir-) miyasida fikrlar bor. Buning o’z dunyosi bor, qaysi narsa muhim, qaysisi muhim emas-buni o’zicha hal qiladi. Buning diqqatini va ongini jalb etish uchun bolalarga o’xshatib gapirish kifoya qilmaydi, ular kabi oylashni ham bilish kerak.» Bolalarni onalardan yaxshiroq tarbiyalaydigan odam yo’q, chunki ular bolalar his qilgan narsani his etadilar, ular bilan birga kuladilar, yig’laydilar.» Bunday ijodiy fazilat nafaqat bolalar adabiyotiga, balki uning bunyodkorlariga ham xos xususiyat bo’lib,har qanday yozuvchiga ham nasib qilavermaydi. Buni chuqur his etgani bois K.I.Chukovskiy «bolalar-bizning ustozimiz» degan edi. Chindan ham bolalarni ustoz darajasida anglamoq-bu, avvalo, ularga yuksak ehtirom ko’rgazmoq, ularning xarakterlarini, qiziqish va intilishlarini, kishilarga, narsa va hodisalarga munosabatlarini, quvonch va iztiroblarini sinchkovlik bilan o’rganmoq, ayni zamonda shu jarayonni bolalarcha his etish, idrok qilish asosida ular uslubiga muvofiqlashtirish badiiyat sintezidan o’tkazmoqdan iborat san’atkorlikdir. Rost, inson ulg’aygani sari o’z bolaligidan yiroqlashadi, bolalik tabiatidagi xos xususiyatlarni yo’qota boradi. Bu hammaga ayon haqiqatdir. Biroq bolalar yozuvchisi bundan mustasno, u inson sifatida har qancha ulg’aymasin, baribir, bolalik tabiatini saqlab qolmog’i, uni tobora teranlashtirmog’i, bolalarcha sinchkov va qiziqsinuvchi bo’lib, ular ko’ngliga yo’l topmog’i, ruhiy dunyosiga kira bilmog’i shart. Shundagina u chinakkam bolalar yozuvchisiga aylana oladi. V.G.Belinskiy «bolalar yozuvchisi bo’lib tug’ilmoq kerak», deganida xuddi shuni ko’zda tutgan edi. U yozadi: «Bolalar bilan obrazlar vositasida gapirmoq uchun ularni bilmoq kerak, o’zing bola bo’la olishing lozim, yomon ma’nodamas, balki to’g’ri ma’noda bolalarcha soddadil xarakter egasi sifatida qayta tug’ilmog’ing darkor» Bu o’zicha bir iste’doddir. Buning uchun faqat talantgina emas, balki yana o’ziga xos baho ham bo’lmoq talab qilinadi. Ehtimol, bolalarni seva bilish, ularning ehtiyojlarini, yosh xususiyatlarini va o’zliklarini chuqur, anglamoq-buning eng muhim shartlaridandir.» Ana shu shartlarga mukammal amal qiladigan ijodkorgina bolalarning haqiqiy sevimli yozuvchisi, shoiri va dramaturgi bo’la oladi. Aks holda bunday baxtdan benasib qolish hech gapmas.

Yüklə 154 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin