Talabalar mustaqil tayyorgarligi jarayonida mazkur vositalardan foydalanish ta’lim tizimidagi odatiy bo‘lgan o‘qitish vazifasi faqat o‘qituvchiga taalluqli bo‘lgan, tipik vaziyatni o‘zgartiradi. O‘MT talabaga taqdim etilayotgan o‘quv axborotlarini erkin qabul qilish, ularni individuallik xususiyatiga ko‘ra, o‘zlashtirishida o‘qituvchining o‘qitish funksiyasi talabaning o‘ziga o‘tadi. Bunda o‘qituvchi o‘quvchini faqat qo‘llab-quvvatlaydi, o‘quv axborotlari oqimidan samarali foydalanish hamda yuzaga keladigan muammolarni hal etishga yordam beradi.