Mavzu: O’quvchilar jamoasining o’ziga xos xususiyatlari
Mavzu:O’quvchilar jamoasining o’ziga xos xususiyatlari.
Mavzu:O’quvchilar jamoasining o’ziga xos xususiyatlari.
Reja.
Kirish.
I bob: Jamoa tarbiya obyekti va subyekti sifatida.
1-1.Jamoa haqida tushuncha.
1-2.Jamoaning oziga xos xususiyatlari.
II bob. Jamoani shakllantirish uslubiyati.
2-1.Jamoa faoliyatini tashkil etish shakillari.
2-2. Jamoani shakllantirish va unda shaxsni tarbiyalash faoliyati.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
I BOB. Jamoa tarbiya obyekti va subyekti sifatida. Jamoa haqida tushuncha.
Jamoa bir necha (a’zo) kishidan iborat guruh bo’lib, u ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan umumiy maqsad asosida tashkil topadi. Jamoa tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyat uning oldiga qo’yilgan maqsad mazmunini ifoda etadi. Jamoa a’zolari o’rtasida qaror topgan o’zaro birlik, shuningdek, ular o’rtasida tashkil etiluvchi munosabat jarayonidagi tenglik jamoaga rahbarlik qilish, jamoa a’zolarining guruh yetakchilariga bo’ysunishlari, shuningdek, ular tomonidan jamoa oldidagi javobgarlik hissini anglashlari uchun zamin yaratadi. Jamoa tomonidan hal etilishi ko’zda tutilgan yetakchi tarbiyaviy vazifa shaxsni har tomonlama tarbiyalash, unda ijobiy sifatlarni tarbiyalash hamda mustahkam hayotiy pozitsiyani qaror toptirishdan iboratdir.
1.2 Jamoaning oziga xos xususiyatlari.
Jamoa (lotincha „komandus“ so‘zining tarjimasi bo‘lib, yi-g‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh ma’nolarini beradi) bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo‘lib, ijtimoiy aha-miyatga ega, umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh demakdir. Zamonaviy talqinda „jamoa“ tushunchasi ikki xil ma’noda ishlatiladi. Birinchidan, jamoa deganda bir necha kishilarning muayyan maqsad yo‘lida birlashuvidan iborat tash-kiliy guruhi tushuniladi (masalan, ishlab chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, o‘quv yurti jamoasi, xo‘jalik jamoasi va hokazo). Ikkinchidan, jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi. Chunonchi, o‘quvchilar jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma hisoblanadi. O‘quvchilar jamoasi o‘ziga xoslik kasb etuvchi muhim belgilarga ega. Quyida jamoa va uning xususiyatlari (belgilari) borasida so‘z yuritamiz.