Mavzu:O’quvchilar jamoasining o’ziga xos xususiyatlari.
Mavzu:O’quvchilar jamoasining o’ziga xos xususiyatlari.
Reja.
Kirish.
I bob: Jamoa tarbiya obyekti va subyekti sifatida.
1-1.Jamoa haqida tushuncha.
1-2.Jamoaning oziga xos xususiyatlari.
II bob. Jamoani shakllantirish uslubiyati.
2-1.Jamoa faoliyatini tashkil etish shakillari.
2-2. Jamoani shakllantirish va unda shaxsni tarbiyalash faoliyati.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
I BOB. Jamoa tarbiya obyekti va subyekti sifatida. Jamoa haqida tushuncha.
Jamoa bir necha (a’zo) kishidan iborat guruh bo’lib, u ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan umumiy maqsad asosida tashkil topadi. Jamoa tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyat uning oldiga qo’yilgan maqsad mazmunini ifoda etadi. Jamoa a’zolari o’rtasida qaror topgan o’zaro birlik, shuningdek, ular o’rtasida tashkil etiluvchi munosabat jarayonidagi tenglik jamoaga rahbarlik qilish, jamoa a’zolarining guruh yetakchilariga bo’ysunishlari, shuningdek, ular tomonidan jamoa oldidagi javobgarlik hissini anglashlari uchun zamin yaratadi. Jamoa tomonidan hal etilishi ko’zda tutilgan yetakchi tarbiyaviy vazifa shaxsni har tomonlama tarbiyalash, unda ijobiy sifatlarni tarbiyalash hamda mustahkam hayotiy pozitsiyani qaror toptirishdan iboratdir.
1.2 Jamoaning oziga xos xususiyatlari.
Jamoa (lotincha „komandus“ so‘zining tarjimasi bo‘lib, yi-g‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh ma’nolarini beradi) bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo‘lib, ijtimoiy aha-miyatga ega, umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh demakdir. Zamonaviy talqinda „jamoa“ tushunchasi ikki xil ma’noda ishlatiladi. Birinchidan, jamoa deganda bir necha kishilarning muayyan maqsad yo‘lida birlashuvidan iborat tash-kiliy guruhi tushuniladi (masalan, ishlab chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, o‘quv yurti jamoasi, xo‘jalik jamoasi va hokazo). Ikkinchidan, jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi. Chunonchi, o‘quvchilar jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma hisoblanadi. O‘quvchilar jamoasi o‘ziga xoslik kasb etuvchi muhim belgilarga ega. Quyida jamoa va uning xususiyatlari (belgilari) borasida so‘z yuritamiz.
O‘quvchilar jamoasi — bu ijtimoiy ahvoli, shuningdek, say-lov organlari oldidagi umumiy javobgarlik, barcha a’zolarning huquq va burchlari tengligi asosidagi o‘zaro birlikka ega o‘quv-chilar guruhidir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi rol o‘ynashi to‘g‘risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayoq bildirilgan. Jamoada uning a’zolari o‘rtasidagi mu-nosabatning alohida shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanishini ta’minlaydi. Lekin har qanday gu-ruhni ham jamoa deb hisoblab bo‘lmaydi. Jamoa bir qator bel-gilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning yetarli darajada uyushgan har qanday guruhidan ajratib turadi.
O‘quvchilar jamoasi — bu ijtimoiy ahvoli, shuningdek, say-lov organlari oldidagi umumiy javobgarlik, barcha a’zolarning huquq va burchlari tengligi asosidagi o‘zaro birlikka ega o‘quv-chilar guruhidir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi rol o‘ynashi to‘g‘risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayoq bildirilgan. Jamoada uning a’zolari o‘rtasidagi mu-nosabatning alohida shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanishini ta’minlaydi. Lekin har qanday gu-ruhni ham jamoa deb hisoblab bo‘lmaydi. Jamoa bir qator bel-gilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning yetarli darajada uyushgan har qanday guruhidan ajratib turadi.
II BOB. Jamoani shakllantirish uslubiyati. 2.1. Jamoa faoliyatini tashkil etish shakillari.
. Jamoa faoliyatida ko`proq muomala qilishga bo`lgan ehtiyoj yotadi. Darslarda bu ehtiyoj kam qondiriladi. Agar darsdagi muomalaga bo`lgan ehtiyoj to`g`ri tushunilsa, uning negizida o`quvchilarning o`zaro yordami, darslarga birgalikda foydali tayyorgarlik ko`rish, kiziqishlar buyicha mashg`ulotlar tashkil etiladi. Ta`lim jarayonidagi jamoatchilik tuyg`usi ana shu, ya`ni birgalikdagi mehnat bolalarda katta qoniqish hosil qilish ijobiy kechinmadan boshlanadi. Shu tariqa o`zaro yordam tashkil etish sinfdagi jamoa munosabatlarini shakllantirishning yo`llaridan biridir.
2.2. Jamoani shakllantirish va unda shaxsni tarbiyalash faoliyati.
2.2. Jamoani shakllantirish va unda shaxsni tarbiyalash faoliyati.
Yashash joylarida o‘zaro birikkan bolalar guruhlari qanchalik ahil va inoq munosabatlar zaminidan tashkil topgan bo‘lmasin haqiqiy jamoa bo‘la olmaydi. Chinakam jamoa ijtimoiy ahamiyatga moyillik faoliyatini tashkil eta olish, jamoa a‘zolar o‘rtasida ijtimoiy ahamiyatli faoliyat, maqsad, ishchanlik xarakteridagi aloqa va munosabatlarini o‘rnata olishi lozim. Jamoaning majburiylik belgisi unga pedagogik rahbarlikning bo‘lishidir.
Yuksak darajada uyushtirilgan jamoa o‘zida bir necha xususiyatlarni namoyon etadi.
Ular quyidagilardir:
1. Ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadning mavjudligi.
2. Birgalikdagi umumiy faoliyatning tashkil etilishi.
3. Majburiy mas‘uliyatli munosabatning yo‘lga qo‘yilishi.
4. Saylangan umumiy rahbar organga egalik.
Jamoa va uni shakllantirish pedagogik faoliyatning maqsadi hisoblanadi.
Shunday qilib, jamoa – kishilarning shunday muayyan guruhi bo‘lib, u ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan maqsad hamda mazkur maqsadni amalga oshirish uchun yo‘naltirilgan kuchni tashkil etadi. Ushbu guruh a‘zolari o‘zaro birlik, a‘zolarning munosabatlar jarayonidagi tengligi asosida unga rahbarlik qilish va birbiriga bo‘ysunishi, shuningdek, jamoa oldidagi javobgarligi asosida muayyan faoliyatni olib boradilar