Ilmiy xarakterdagiyozma ish ona tili, matematika, tabiatshunoslik, tarix, musiqa, tasviriy san’atdan olgan bilimlarni mustahkamlashga, o‘quvchilarning savodxonligi, fikrlarni aniq va izchil bayon qilish qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qilishi lozim. Ilmiy insho o‘tkazishni rejalashtirishda integrallashgan dars turi (ya’ni ona tili darsini boshqa fanlar bilan aloqadorlikda olib borish)dan foydalanish maqsadga muvofiq.
2. Yozma ish – yozma shaklda bajarilgan ijodiy matnlar (insho, ijodiy bayon), tinglab tushunish, xotira kuchini belgilash, tafakkur darajasi va fikrni yozma tarzda bayon etish ko‘nikmasini aniqlashga qaratilgan (bayon), so‘zma-so‘z tinglash va ayni tarzda yozma nutqda aks ettirish, imlo me’yorlariga amal qilish darajasini bilishga mo‘ljallangan (diktant) matnlar.
Ilmiy xarakterdagi ishlar uchun yozma ish, ijodiy ishlar uchun insho termini xoslangan. Yozma tarzda bajariladigan intervyu, reportaj, maqola, xabar, annotatsiya, konspekt, rasmiy ish qog‘ozlari, taqriz kabilar maqsadi, ta’lim jarayoni baholash tizimida foydalanilmasligi hamda topshiriq sifatida berilmasligi bilan yozma ish turlaridan farqlanib turadi.
Kishilarning o‘z fikrlarini bayon qilish, o‘zaro fikr almashish, hissiyotlarini, ma’lumotlarni ifodalash jarayoni nutqdir. Nutq og‘zaki va yozma shakllarda ifoda etiladi.
Mavzuga oid metodlar.
“Gramatik tahlil-nutq o‘stirish omillaridan biri” nomli tezisda muallif sifat so‘z turkumi haqida o‘quvchilarga ma`lumot berish jarayonida Grammatik tahlildan foydalanganligini quyidagicha bayon qiladi. “Bu kategoriyaning tarifiga, uning o‘ziga xos xususiyatlariga tahlil jarayonida to‘xtash qiziqarlidir” Ayrim misollar keltiramiz: Xushtabiat, dilkash, mehnatsevar kishi bo‘lganidan hech kim uni yolg`on so‘z bilan tilga olmas edi.
Darslik 109 bet/ bu gapdagi sifatlar tahlil qilinganda, o‘quvchilarga 3-4 kartoshka tarqatiladi va quyidagi topshiriqlarni bajarish tavsiya etiladi.
“Xushtabiat” so‘zining sinonimlarini toping. Berilgan gapda uni qo‘yib ko‘ring. Tahlil qiling. “Dilkash” so‘zining omonimi bormi? Bo‘lsa uning ishtirokida bir gap tuzing. Gap tarkibida qanday vazifani bajarmoqda;
“Mehnatsevar” so‘zini har tomonlama tahlil qiling. Uning antonimini toping. Antonimi ishtirokida gap tuzing. “Ona tili mashg`ulotlarida modal so‘zlarning ustida ishlash” nomli tezisda muallif 7-sinfda modal so‘zlarni o‘rgatish jarayonida o‘quvchilar lug`at boyligini oshirish borasida o‘rgatish jarayonida o‘quvchilar lug`at boyligini oshirish borasida olib borgan ishlari modal so‘zlarning ma`nolari, gapda biror vazifani bajara olmasligi haqida ma`lumot beriladi. O‘qituvchi: “O‘quvchilarni modal so‘zlar olamiga olib kirish qancha erta boshlan-sa, bolaning nutqiy taraqqiyoti uchun shunchalik samarali bo‘ladi. Shuning uchun 5-sinfda “Leksikologiya”, 6 – sinfda “Morfologiya” bo‘limlarini o‘rganishda bu so‘zlar ustida izchillik bilan ish olib borishga to‘g`ri keladi”, – dedi. Xulosa: Maktabda modal so‘zlarni o‘rgatish jarayonida foydalangan usullar va mashqlar muallifining ish tajribasi sifatida bayon etilgan.
“Ona tili darslarida o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqini o‘stirish” nomli tezisda muallif o‘quvchilar o‘zbek tili grammatikasi asoslarini og`zaki yozma nutq ko‘nikmalarini, imlo va ishoraviy belgilar qoidalarini puxta o‘rganib olmaganliklari sababli xatolarga yo‘l qo‘yishlarini eslatib, bu xatolarni bir necha bo‘limda ko‘zatadi va ularni tuzatish yo‘llarini bayon qiladi: Ona tili darslarida o‘quvchilarni ko‘proq lug`at ustida ishlatish; har bir sinfda “Atamalar burchagi” faoliyatini kuchaytirish va yangi atamalar bilan uzluksiz ta`minlab borish; har bir darsda tilimizda keyin paydo bo‘lgan ayrim so‘zlarni lug`at daftarlariga yozdirib borish. uyga berilgan vazifalarni ham o‘quvchilar og`zaki va yozma nutqini o‘stirishga qaratish kabi.
“Matn tuzishda ta`limiy o‘yinlardan foydalanish” nomli tezisda “Fe’l” bahsidagi “Fe`l mayllari”, “Fe’l zamonlari” va “Sifatdosh” mavzularini o‘rganish jarayonida ta`limiy o‘yinlardan faydalanish bayon etiladi.
“Fe`l” bahsi o‘rganilgandan so‘ng “Quyosh va tabiat”, “Suv va hayot”, “Agar men sehrgar bo‘lsam”, “Orzu qanotida” kabi mavzularda matn yaratish topshilirib, bajarilganligi aytiladi. “Tasviriy ifoda” mavzusini o‘tishda matn ustida ishlash” nomli tezisda 7 – sinfda ona tili darsida “Tasviriy ifoda” mavzusini o‘tish jarayonida o‘quvchilarni matn usida ishlashga o‘rgatish bayon qilinadi. Muallif Oybek, Hamid G`ulom, Zafar Diyordan to‘rtliklar yordamida tasviriy ifodalarni aniqlab chiqishni o‘quvchilarga topshiradi. O‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida bu topshiriqni bajarganliklari aytiladi.
“O‘quvchilarni insho yozishga o‘rgatish” nomli tezisda insho, uning ahamiyati , ona tili va adabiyot darslarida o‘ tkazilishi, rivoyat, inso, tasvir insho ustida uzluksiz ish olib borishi bayon etiadi. Muallif: “Rivoyat insho inshoning ancha oson va qulay turlaridan biri bo‘lib o‘quvchilar muayyan bir qiziqarli voqea, hodisa haqida fikr yuritadilar. Inshoning bu turi o‘quvchilarning kuzatishlari, boshidan kechirgan voqea – hodisalari, sarguzashtlari, o‘rtoqlaridan, katta yoshdagi kishilardan ota – onasidan, qarindosh – urug`laridan eshitgan voqealari asosida yozishi mumkin” deydi. U 7 sinfda rioyat, tasvir va ilmiy insholar o‘tkazilganligi haqida, taqlidiy so‘zlar o‘tilgandan so‘ng o‘quvchilarga ilmiy insho yozish topshirilganligini aytadi. “ Matn ustida ishlash jarayonida o‘quvchilar nutqini sinonimlar bilan boyitish” nomli tezisda “Ot”, “Sifat”, “Fe`l” mavzularini o‘rganish jarayonida o‘quvchilar nutqini o‘stirish, tafakkurini rivojlantirish uchun matn ustida ishlashda ma`nodosh so‘zlarni ishlatish bo‘yicha o‘z tajribasini bayon qiladi.
“Olmosh – nutq ravonligini ta`minlovchi vosita” nomli tezisda olmosh so‘z turkumini o‘rganishda o‘quvchilar so‘z boyligini oshirib va nutqini rivojlantirishni ikki yo‘nalishda:
1) Olmoshning tilimizda mavjud bo‘lgan ma`nodoshlari ustida ishlash.
2)Nutqiy sharoitda ot, sifat, sonni ularga ishora qiluvchi va bevosita shu ma`noni ifodalovchi olmoshlar bilan almashtirish orqali amalga oshirish mumkinligi haqida gapiriladi. Har bir ikki, yo‘nalishni bjarish uchun misollar keltiriladi.
Olmoshni o‘rganish jarayonida o‘quvchilarning nutiqni rivojlantirish bir tomondan, ma`nodosh olmoshlar ustida ishlash orqali va ikkinchi tomondan ot, sifat, son va hakozo olmosh sinonimiyasini keng qo‘llash bilan amalga oshirilishi bilan tezis xulosalaniladi. “Sinov dasturi va darsligi asosida “Olmosh” mavzusini o‘tish nomli tezisda o‘qituvchi M. Sattorova 7 – sinfda “Olmoshlar” mavzusida 13 soat ajratilganligini aytib, olmoshlarga bag`ishlab bir soatlik dars manunasi o‘z tajribasini bayon etadi. Bunda Mirtemirning “Ka’bamsan she`riyat” , Abdulla Oripovning “Munojatni tinglab” she`rlaridan parchalar keltirib, olmoshlarni toptirgani, ma`nosini aniqlatganligini aytadi. Dars yaxshi o‘tganligini, ya`ni o‘quvchilar faol qatnashganliklarini aytadi.
“Ona tili darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirishning metodik asoslari” nomli tezisda ona tili darslarida nutq o‘stirishning asosiy yo‘nalishlarini to‘rt guruhga ajratish lozimligini, ona tilining barcha bo‘limlarini o‘qitishda bu to‘rt yo‘nalishdagi ishlarga e`tibor berish masalan, “Fe`l” bahsini o‘rganishda so‘z birikmasi va gap ustida ishlash siyosiy o‘rnini egallashi kerakligi bayon etiladi. Bir bosh bo‘lakli sodda gaplarni ikki bosh bo‘lakli sodda gapga aylantirish, harakat nomlari ishtirokida gaplar tuzish va ularni birikmalarga aylantirish, gaplarni sifatdosh birikmalarga aylantirish kabi mashq turlaridan foydalanish lozimligi aytiladi.