5-sinf o‘quvchilari yozma nutq bo‘icha quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi shart: Yozma adabiy nutq, og‘zaki adabiy nutq kabilarni izohlay olishi; matn yaratish darajasida gap tuzish; mustaqil gaplarni o‘zaro bog‘lay bilish, gapda so‘z tartibini to‘g‘ri belgilash; matnda xat boshining yaxlitligi va fikr izchilligi, muhokama elementli matn yaratish; fikrni yozma ravishda bayon etish (miqdoriy ko‘rsatkich – 10-12 gap); tinish belgilaridan (undalmali gaplarda), uyushiq bo‘laklarda, ajratilgan izoh bo‘laklarda, undalmalarda va qo‘shma gap qismlarini bog‘lashda, ko‘chirma gapda, dialogda to‘g‘ri foydalanish; grammatik atama va tushunchalardan, qoida va ta’riflardan matn yaratish jarayonida foydalanish; o‘rganilgan gap qurilishlariga mos keladigan matn yaratish;
6-sinf o‘quvchilari yozma nutq bo‘yicha quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi shart:
Leksikologiya va morfologiya bo‘yicha egallangan ko‘nikmalarni og‘zaki va yozma nutqda to‘g‘ri qo‘llash;
nutqda o‘zbek adabiy tili grammatikasining me’yor va imkoniyatlariga rioya qilish; sinonimlar, omonimlar, antonimlar va paronimlardan foydalanish talablariga rioya etish;
qisqartma otlarni to‘g‘ri yozish va qo‘llash;
gapda so‘z tartibiga amal qilish. Rivoya-matn, tasvir-matn tuzish.
Tabriknoma, ma’lumotnoma yozish;
fonetik, lug‘aviy, morfologik, sintaktik, uslubiy tahlil qilish;
fikrni yozma ravishda bayon etish (miqdoriy ko‘rsatkich 12-14 gap).
7-sinf o‘quvchilari yozma nutq bo‘yicha quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi shart:
O‘zlashtirma gap va undagi tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay olish;
ega bilan kesim orasida, dialogda tinish belgilarini ishlata olish;
mustaqil va yordamchi so‘z turkumlari bo‘yicha egallangan ko‘nikmalarni yozma va og‘zaki nutqda to‘g‘ri qo‘llash;
fikrni yozma ravishda bayon etish (miqdoriy ko‘rsatkich: 14-16 gap);
sifat ko‘rsatkichlari: gaplarda fikrni aniq, mantiqiy izchillikda yoritish;
mustaqil gaplarni, qo‘shma gap qismlarini, uyushiq bo‘laklarni o‘zaro bog‘lashda teng va ergashtiruvchi bog‘lovchilardan, matniy sinonimlar va boshqa vositalardan foydalana olish;
xatboshilarni to‘g‘ri ajratish, matniy sinonimlarni ishlata bilish;
fikr izchilligini ta’minlash; ariza yozish so‘z ishlatishda nutq uslublari doirasidagi qoidalarga amal qilish.