Mavzu: O‘quvchilar nutqini o‘stirishda yozma ish shakillaridan foydalanish. Kirish


-sinf o‘quvchilari yozma nutq bo‘yicha quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi shart



Yüklə 125,65 Kb.
səhifə7/11
tarix25.12.2023
ölçüsü125,65 Kb.
#194927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
og\'zaki nutqini shakillantirishda

8-sinf o‘quvchilari yozma nutq bo‘yicha quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi shart:

  • Fikrni yozma shaklda bayon etish. (Miqdoriy ko‘rsatkichi 20-25 gap).

  • Sifat ko‘rsatkichlar- matnda bog‘lovchi vositalardan to‘g‘ri foydalanish;

  • matn yaratish jarayonida o‘zbek adabiy tili grammatikasining me’yor va imkoniyatlariga rioya qilish;

  • so‘zlashuv nutqi bilan kitobiy nutq me’yoriga amal qilish;

  • gapda so‘zlarni to‘g‘ri joylashtirish; o‘zgargan tartibdan to‘g‘ri foydalanish;

  • ikki bosh bo‘lakli va bir bosh bo‘lakli gaplardan sintaktik sinonimlar tarzida foydalanish; bayon, insho, ish qog‘ozlari (xabar, ma’lumotnoma, ariza, hisobot, tarjimai hol) yozish;

  • yozish uchun material to‘play olish; to‘plangan materialni tizimga sola bilish; sodda va murakkab reja tuza bilish; yozma ishga epigraf tanlay olish;

  • ishga qiziqarli epizod qo‘sha olish;

  • dialogli parchalar kiritish;

  • tinish belgilarini o‘rinli ishlata olish;

  • matnni tahlil qila bilish;

  • matniy sinonimlarni ishlata bilish.

9-sinf o‘quvchilari yozma nutq bo‘yicha quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi shart:



  • Fikrni yozma shaklda bayon etish bo‘yicha: Miqdoriy ko‘rsatkich 25-30 gapdan iborat bo‘lgan tugal matn (fikr ehtiyoji bilan bog‘liq mavzu asosida) yaratish.

  • Sifat ko‘rsatkichlar—matndagi gaplarni mazmunan o‘zaro bog‘lash, fikr izchilligini ta’minlash, o‘rganilgan ifoda vositalarini o‘rinli qo‘llash va ularning uslubiy imkoniyatlaridan foydalanish;

  • ish qog‘ozlari (ariza, ma’lumotnoma, ishonch xati, ixcham hisobot, axborot, taqriz kabilar)ni yozish;

Muhokama matn yaratish. Fonetik, lug‘aviy, morfologik, sintaktik, uslubiy tahlil qilish. Bayon, insho yozish, yozma ish uchun material to‘plash, to‘plangan materialni tizimga solish, sodda va murakkab reja tuzish, yozma ishga epigraf va ma’lum asarlardan sitatalar tanlash, qiziqarli epizod qo‘shish, xatboshilarni to‘g‘ri belgilash, dialoglarni to‘g‘ri ajratish, dialogning muallif so‘zi qismida qahramonning ruhiyatini ochuvchi, uni tavsiflovchi so‘zlarni berish, gaplarni va matn parchalarini o‘zaro bog‘lovchi leksik-grammatik vositalarni to‘g‘ri qo‘llash hamda matnni tahlil qilish.

Yüklə 125,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin