Nafosat tarbiyasi (estеtik tarbiya: lot. «estezio» - «go’zallikni his etaman» ma'nosini bildiradi) shaxsni ijtimoiy voqelik, tabiat va meqnat munosabatlari hamda turmush go’zalliklarini anglash, idrok etish, to’g’ri tushunishni o’rgantish, ularning estеtik didini o’stirish, ularda go’zallikka muhabbat uyg’otish, shuningdek, go’zallikni yaratish qobiliyatlarini tarbiyalash jarayoni bo’lib, ijtimoiy tarbiyaning yana bir muhim tarkibiy qismi sanaladi. Aqliy, axloqiy, mehnat tarbiyasini estеtikasiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Estetik tarbiyaning vazifalari quyidagilardan iborat:
- shaxsga ijtimoiy voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari hamda turmush turmush go’zalliklari va ularni anglash tog’risidagi bilimlarni berish; shaxsda ijtimoiy voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari hamda turmush turmush go’zalliklarini anglash va idrok qilish qobiliyatini tarbiyalash,
- unda mavjud go’zalliklarniqadrlash hissi hamda estеtik didni shakllantirish, go’zallikka muqabbat uyg’otish; go’zallikni yaratish ehtiyojini qaror toptirish, bu boradagi qobiliyat va estеtik madaniyatni shakllantirish.
Estetik tarbiya axloqiy qiyofa, ijobiy xulq-atvor me'yorlarini tarkib toptirish, ularning ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirishga katta ta'sir ko’rsatadi. Ta'lim muassasalarida musiqa va tasviriy san'at darslari, adabiyot kabi fanlarning o’qitilishi estetik tarbiyani samarali yo’lga qo’yish vositasi hisoblanadi. Estetik tarbiya bola tug’ilgandan boshlab umrining oqirigacha amalga oshiriladi. Shu sababli, u nafaqat maktabda, balki sinfdan va maktabdan tashqari sharoitlarda
Foydalanilgan adabiyotlar Islom Karimov. «O`zbekistonnig o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li». T.: «O`zbekiston», 1994 yil.
Islom Karimov. «Ijobiy ishlarimizni oxiriga yetkazaylik». T.: «O`zbekiston» 1994 yil.
Islom Karimov. «Istiqlol va ma`naviyat». – T.: «O`zbekiston».
Islom Karimov. «Yuksak malakali mutaxassislar – taraqiyot omili». T. «O`zbekiston» 1995 yil.
Islom Karimov. «O`zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqlolining asosiy tamoyillari». – T.: «O`zbekiston».
Islom Karimov. «Barkamol avlod-O`zbekiston taraqqiyotining poydevori». T. Sharq, 1997.
Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T. «O`zbekiston», 2000 yil.
A.Zunnunov, A.U.Mahkamov. «Didaktika». T. «Sharq» 2006 yil.
A.Avloniy. «Turkiy guliston yoxud axloq», «O`qituvchi» nashriyoti., T. 1993 yil.
Abu Nasr Forobiy. «Fozil odamlar shahri» «A.Qodiriy» nashriyoti. T. 1993 yil. http://fayllar.org