Mavzu: O`quvchilarga bosh va yozma harflar hamda raqamlarning yozilishi haqida tushuncha berish. Amaliy mashg’ulotining texnalogiyasi



Yüklə 2,96 Mb.
səhifə6/7
tarix14.12.2023
ölçüsü2,96 Mb.
#179194
1   2   3   4   5   6   7
Nazarov Doston

Vizual matеriallar
1-savol. Chizmalarni chizish haqida dastlabki ma‘lumotlar Formatlar, masshtablar, chiziq turlari, chizma shriftlari, Chizma shriftlari va chiziqlarini bajarish
Harf (shrift)lar insoniyat tomonidan yaratilgan xat yozishning eng qulay madaniy shakli hisoblanadi. Har bir harf va raqam ko'plab chizilgan chizmalar natijasida konstruksiyalanganligi bois, ular mini chizmalarga kiradi.
Chizmachilik shriftlari. Umumiy tushunchalar. Chizmalardagi har qanday yozuvlar O'z DSt 2.304:2003 talabiga muvofiq aniq va yaqqol yozilishi lozim. Davlat standarti chiziladigan chizmalarning hammasida yoziladigan yozuvlarni ushbu shriftlarda yozishni talab etadi.
Chizma shrifti o'zining oddiyligi, harflar va raqamlarning bir xil yo'g'onlikda bo'lishi va doim 75° qiyalikda yozilishi bilan xarakterlanadi.
Chizma shriftlari O'z DSt 2.304:2003 ga muvofiq quyidagi o'lchamlarda tasdiqlangan: 2,5; 3,5; 5; 7; 10; 14; 20; 28; 40; ...(1.2-rasim)
Shriftlarning o'lchamlari deb, bosh harflarning balandligi h bilan ifodalanishiga aytiladi. Masalan, bosh harfning balandligi 10 mm bo'lsa, shriftning o'lchami ham 10 bo'ladi. Standartga muvofiq shriftlar tik va qiya vaziyatda yozilishi mumkin. Ularni yozish qulay bo'lishi uchun yordamchi katak to'rlar chizib olish kerak bo'ladi. To'rlar kataklari kengligi (d) shu to'rga yoziladigan harflar chizig'ining yo'g'onligiga teng bo'lad.(1.1-rasim)

1.1-rasim


1.2-rasim

Harflarning balandligi h, yozilishi yo'g'onligi d bilan belgilansa, eni va harflar orasidagi masofa d ga qancha to'g'ri kelishi bilan aniqlanadi. Shriftlarni yozishda ostki qismi tor bo'lgan harf ustki qismi tor bo'lgan harf bilan yonma-yon joylashgan hollarda ular orasidagi masofa kamaytiriladi. Ko'pchilik bosh harflarning eni tartib bo'yicha oldingi shriftning o'lchamiga to'g'ri keladi.


Masalan, 10 shriftning kengligi, ya'ni eni 7 mm bo'ladi. Bosh harflar chiziqlarining yo'g'onligi 1/10 h olinadi. Masalan, 10 o'lchamli shrift chiziqlarining yo'g'onligi 1 mm ga to'g'ri keladi.(1.2-rasim)
Lotin va kirill alifbosi shriftlarining to'rlardan foydalanib yozilishi 1.3rasim chizmada ko'rsatilgan. Shriftlarni yozishda ularning bir-biriga o'xshashligidan foydalanish tavsiya etilad.





1.3-rasim

Katak daftarda shriftlar yozish. Chizma shriftlarni katak daftarda yozish ancha qulay. Daftarda 75° qiyalikda chiziq o'tkazish uchun to'rtta katak va bitta katak diagonali bo'ylab chiziq o'tkaziladi (1.4-rasim). 4 ta katak balandligi 20 mm, 3 ta katak balandligi 15 mm, 2 ta katak esa 10 mm ni tashkil qiladi.


Eng avval 3 ta katak balandligida shriftlarni yozib mashq qilish tavsiya etiladi. Bunda shriftlar eni 2 ta katak kengligida olinadi. Keyinchalik 2 ta katak balandligidagi 10 o'lchamli shriftni, so'ngra bitta katakda 5 o'lchamli shriftni yozib mashq qilinadi.



Yüklə 2,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin