Mavzu: O‘quvchilarni lug‘atini boyitishda amalga oshiriladigan ishlar



Yüklə 22,78 Kb.
tarix21.07.2023
ölçüsü22,78 Kb.
#137074
lug\'at


Mavzu: O‘QUVCHILARnI LUG‘ATINI boyitishda amalga oshiriladigan ishlar
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini rivojlantirishning asosiy yo‘nalish-laridan biri so‘z ustida ishlash, ya’ni lug‘at ishidir. Ona tili va o‘qish darslarida bajariladigan lug‘at ishi o‘quvchining so‘z boyligini oshirishda muhim ahamiyat-ga ega. M. R. Lvovning ma’lumot berishicha, IV sinfgacha boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘zlashtiradigan yangi so‘zlarning yarmi o‘quvchilar lug‘atiga ana shu darslar orqali kiradi. “Lug‘at ishi ‒ o‘qituvchi faoliyatidagi bir lavha emas, balki rus tili kursining barcha bo‘limi bilan bog‘langan tizimli, yaxshi tashkillashtiril-gan, pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tuzilgan ishdir” ‒ deb yozgan edi taniqli metodikachi olim A. V. Tekuchev [9]. 
Lug‘at ishi bosqichlarini quyidagicha ifodalash mumkin: 1) so‘z ma’nosini tushuntirish, 2) so‘zni faollshtirish, 3) so‘zni nutqda qo‘llash.
O‘quvchilar lug‘atini faollashtirish ‒ ona tili va o‘qish darslarida bajariladigan lug‘at ishining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shuning uchun o‘qituvchining vazifasi ‒ o‘quvchi lug‘atidagi nofaol so‘zlarni faol lug‘at zaxirasiga o‘tkazish uchun o‘quvchiga nofaol so‘zlarning birikuvchanligi va qo‘llanish sohasini o‘zlashtishga yordam berishdan iborat. O‘quvchi biror so‘zni o‘z qayta hikoya-lashi, hikoyasi, suhbati, xati, bayoni, inshosida atigi bir marta qo‘llasa ham, bu so‘z faollashgan hisoblanadi. So‘zni o‘zlashtirish uning ma’nosi, birikuvchaligi va qo‘llanish doirasini bilishdan iborat.
O‘quvchiga yangi so‘z ma’nosini tushuntirish, uning so‘zni to‘g‘ri tushunishiga erishish zarur. Buning uchun esa o‘qituvchi so‘z ma’nosini tushuntirish usullarini bilishi va ulardan o‘rinli foydalanishi lozim. M. R. Lvov so‘z ma’nosini tushuntirishning quyidagi usullarini ajratadi: ko‘rgazmali, kontekstual, sinonim keltirish, mantiqiy ta’rif berish, batafsil tavsiflash, antonim keltirish, so‘zning yasalish tarkibini tahlil qilish [7, 17‒24].
“Ona tili” va “O‘qish kitobi” darsliklarida o‘quvchilar uchun tushunarsiz va ularning nutqida nofaol bo‘lgan bir qancha so‘zlar uchraydi. O‘quvchilar lug‘atini faollashtirishda asosan ana shu so‘zlar ustida ishlash zarur.
O‘quvchilar lug‘atini faollashtirish quyidagi asosiy bosqichlardan iborat:
1.So‘z ma’nosini bir yoki bir necha usul yordamida tushuntirish:
a) kontekst yordamida;
b) shu so‘zning ma’nodoshi yordamida;
d) shu so‘zning antonimi yordamida;
e) tavsifiy yo‘l bilan (lug‘atdan foydalanib yoki o‘qituvchning o‘zi mustaqil ravishda).
2.So‘zni o‘qish va yozish (so‘zning to‘g‘ri talaffuzi va imlosi ustida ishlash).
3.So‘zning qo‘llanish namunalari ustida ishlash (tayyor so‘z birikmasi va gaplar ustida ishlash).
O‘qituvchi o‘quvchilarni o‘rganilayotgan so‘zlar qo‘llangan tayyor so‘z birikmalari va gaplar bilan tanishtiradi.Ularning ayrimini aytib turib yozdirish mumkin.
4.So‘zning semantik aloqalari ustida ishlash.
O‘quvchilarni so‘zlarning paradigmatik aloqalarni ajratish va o‘zlashtirishga o‘rgatuvchi mashqlar ular lug‘atining boyishiga yordam beradi. Bunday mashqlar kerakli so‘zni tanlash, jumla mazmunini aniq yetkazish, so‘zning ma’no qirralarini tushunish qobiliyatini shakllantiradi.
5. O‘rganilayotgan so‘zlar ishtirokida mustaqil ravishda so‘z birikmasi va gap tuzdirish.
Boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish kitobida uchraydigan o‘quvcilar uchun tushunarsiz so‘zlar mazmuniy xususiyatiga ko‘ra turlichadir. Shuning uchun bu so‘zlarning ma’nosini tushuntirishda ularning xususiyatiga mos ravishda eng samarali usulni tanlash lozim. Bu o‘rinda bir necha darslikdagi so‘zlar misolida so‘z ma’nosini tushuntirishning samarali usulini tanlash haqidagi fikrlarimizni bayon qilamiz.
Boshlang‘ich sinf “Ona tili” va “O‘qish kitobi” darsliklarida o‘quvchilarga ma’nosi tushunarsiz bo‘lgan so‘zlar ancha uchraydi. Ularning ma’nosini yuqorida ko‘rsatilgan va boshqa usullar bilan tushuntirish mumkin.
1. Darsliklarda uchraydigan quyidagi so‘zlarning ma’nosini rasmini ko‘rsatish yo‘li bilan tushuntirish mumkin: yalpiz, isiriq, kiyiko‘ti, ermon (1,6), kashta (1,7), garmdori, qal’a, fabrika, raketa (1,17), chang‘i (1,19), qur’on (1,19), so‘na (1,19), so‘gal (1,19), sa’va (1,19), to‘ng‘iz (1,19), turna, sholi (1,21), sharshara (1,21), charos(1,22), shabnam (1,22) gumbaz (1,22), marvaridgul (1,77), soda (1,29), sa’va (1,29), olxo‘ri (1,31), husayni (1,38), chang‘i (1,41), konki (1,41), paroxod (1,42), qayin (1,43), zarg‘aldoq (1,46), do‘lana (1,51), tola (1,67), parovoz, teplovoz, elektrovoz, vagon (1,71), tog‘olcha (1,77), metro (1,78), kamalak (1,79), tuman (1,79), mosh (1,80), binafsha (1,80), chuchmoma (1,80), gulsapsar (1,80), norin (1,80), shilpildiq (1,80), qarag‘ay (1,85) karvon (1,87), zangori (1,90), feruza (1,96), pe-shayvon (1,109), na’matak (1,177), qirg‘iy (1,178), olcha (1,137), saroy (6,7), piyma (6, 11), tunuka (6, 12), po‘stin (6, 14), soy (6,16), arpa (6,16), chuchmoma, yalpiz, jag‘jag‘, ismaloq (6,43), turna (6,44), ko‘za (6, 54), pona (6, 60), chinor (6,102), xarita (3,10), minora (3, 13), chayla (3, 22), umrboqi, ko‘kalapish, doniyor ( 3,22), taqa (3,75), tivit, tovus, beqasam (3,90).
Ko‘rinib turibdiki, bu so‘zlar aniq, ya’ni ko‘z bilan ko‘riladigan narsalarning nomini bildiradi. Ot va sifat turkumiga mansub so‘zlarning ma’nosini tushun-tirganda narsa tasvirlangan suratni, fe’l turkumiga oid so‘zlarni tushun-tirganda esa sujetli suratni ko‘rsatish lozim.
2. Quyidagi so‘zlarning ma’nosini ularga sinonim keltirish orqali tushun-tirish mumkin. Istiqlol – mustaqillik, nurafshon – yorug‘, muborakbod etmoq – tabriklamoq, samo – osmon, ko‘k, gulshan – gulzor, sabo – shabada, munosabat – bog‘lanish, dorivor – shifobaxsh, yaproq – barg, hadya etmoq – bermoq, sovg‘a qilmoq, tub – tag, ahil – inoq, huvullamoq – bo‘shamoq, javon – shkaf, dastyor – yordamchi, alloma – olimlar, muhlat – vaqt, darg‘azab bo‘lish – g‘azablanish, shu’la – nur, ehtirom – hurmat, badavlat – boy, tazyiq – zug‘um, an’ana – odat, ta’na – dashnom, ta’ziya – aza, ma’lumot – xabar, ma’yuslanmoq – xafa bo‘lmoq, chashma – buloq, choq – payt, arg‘imchoq – ip, darz – yoriq, ranj – qiyinchilik, ganj – boylik, xazina, sust – sekin, bol – asal, tabassum – kulgi, muddat – vaqt, tasalli – yupanch, musaffo – sof, toza, mutolaa – o‘qish, do‘kon – magazin, zoriqmoq – muhtoj bo‘lmoq, noyob – topilmas, undirmoq – o‘stirmoq, mamnun – xursand, gavjum – to‘la, surkash – surtish, ohista – sekin, et – go‘sht, daromad – kirim, xontaxta – stol, xazonrezgilik – barglarning to‘kilishi, ezgulik – yaxshilik, boldoq – zirak, najot – yordam, mo‘‘tadil – o‘rtacha, sarvqomat – tik, chanqagan – suvsiragan, so‘yla – gapir, so‘zla, toblanmoq – chiniqmoq, gazlama - mato, yo‘ldosh – hamroh, choyshab – ko‘rpa, silliq – tekis, intizom – tartib, olam – dunyo, mug‘ombir – ayyor, chaqa – tanga, parranda – qush, istirohat – dam olish, nishon – mo‘ljal, tebranmoq – qimirlamoq, husn – chiroy, sohil – qirg‘oq, pardoz – bezak, chaman – gulzor, parvarish qilmoq – boqmoq, olishmoq – kurashmoq, urishmoq, jajji – kichkina, mitti, mador – quvvat, g‘ubor – chang, dog‘, jussa – gavda, o‘git – nasihat, yumush – ish, jamlamoq – to‘plamoq, lazzat – rohat, jasorat – jasurlik, ulug‘ – buyuk, tortig‘ qilmoq, sovg‘a qilmoq, suyukli – sevimli, boqmoq – qaramoq, maftun bo‘lmoq – mahliyo bo‘lmoq, beg‘ubor – toza, sof, ko‘lanka – soya, ensiz – qisqa, enli – keng, g‘alati – qiziq, hushyor – sezgir, ziyrak, sayyoh – sayohatchi, turist, ilk – birinchi, tashna – suvsiz, chanqoq, hangu-mang – hayron, bezovta – notinch, maysa – o‘t.
Bu usulni qo‘llaganda o‘qituvchi shuni nazarda tutishi kerakki, so‘zlarni sinonim orqali tushuntirish o‘quvchilar har bir izohlovchi sinonimning ma’nosini yaxshi tushungandagina maqsadga yetadi. Shuning uchun so‘zning ma’nosini tushuntirish uchun keltiraligan sinonim sifatida faqatgina bolalar yaxshi tushunadigan umumiste’mol so‘zlarni tanlash kerak.
Yüklə 22,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin