JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI BIOLOGIYA YO’NALISHI 220-20 GURUH TALABASI NORMURODOVA O’G’ILOYNING
BIOLOGIYA O’QITISH METODIKASI FANIDAN
TAYYORLAGAN
TAQDIMOTI
MAVZU:Oʻquvchilarning mustaqil ishi va tahsilini tashkil etishning samarali yoʻllari. Uy vazifalarining ta’lim-tarbiya jarayonidagi oʻrni Mustaqil ish turlarini qanday turlari bo`lishi kerak? Avvalo, ish turlari o`qituvchi tomonidan puxta o`ylangan, ta`lim maqsadiga asoslangan va surunkali bo`lishi kerak. Bunda har bir o`quvchining imkoniyati hisobga olinishi, ularning yosh xususiyati, nimalarga qiziqishi ham e`tibordan chetda qolmasligi kerak.
O`quvchilarni aqliy rivojlantirishning sifatlaridan biri topshiriqlarni to`la eslab qolib bajarishlaridir. Bunda bajariladigan ishning maqsadini tushungan (tasavvur qilgan) holda, uning rejasini belgilash va ish usulini tanlash yo`l qo`yilgan xatolarni mustaqil topa olish va uni tuzata bilishlariga alohida e`tibor beriladi.
Har bir oʻquvchining taʻlim - tarbiya jarayonidagi faoliyati oʻziga xos boʻlib biri - birini takrorlamaydi. Shunday ekan ularning salohiyatini, iqtidori jarayonidagi harakatini bir xillikda baholash bir mavqeda koʻrish albatta nooʻrin. Oʻquvchilarning mustaqil ishlari, fikrlashi salohiyatlarida ham farq katta.
Oʻquvchilarda mustaqil ishlash, avvalo unga tayyorlash oʻqituvchi tomonidan materiallarni muammoli tarzda bayon etish kabi yoʻllar bilan hosil qilinadi. Bunda quyidagi topshiriqlarni muntazam ravishda tavsiya etish mumkin: materialni darslik asosida oʻrganish, namunaviy mustaqil mashqlar, yangi turdagi topshiriqlar, ijodiy ishlarni oʻrgatishni oʻz ichiga oladi.
Mustaqil faoliyat faollikni oshiradi, bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilarni mustaqil ishlashga o`rgatish yaxshi samara beradi. Mustaqil faoliyat insonni ziyrak va hozirjavob qiladi. Bu faoliyat kichik yoshdagi maktab o`quvchilarida uyg`un holda rivojlanishi kerak.
Boshlang‘ich sinflarda matematik bilimlarning shunday puxta poydevorini qo‘yish kerakki, bu poydevor ustiga bundan keyingi matematik ta’limni uzluksiz davom ettirish mumkin bo‘lsin. Buning uchun 1–2 sinflardagi matematika o‘quv materiallari bilan 3–4 sinf o‘quv materiallari orasida uzilish bo‘lmasligi kerak. Boshlang‘ich sinf o‘quv materialining bevosita davomchisi bo‘lib, 3-4 sinf matematikasi davom etishi kerak.
Darsda o‘qituvchi o‘quvchilarni o‘qitadi, o‘quvchilar esa o‘qiydi degan fikrni boshqa so‘zlarda quyidagicha ifodalash mumkin: o‘quvchilar, uquv, malaka va bilimlarni egallaydilar, o‘qituvchilar esa bilimni egallash jarayoniga rahbarlik qiladilar.
Bu rahbarlik o‘qituvchining o‘quvchilar o‘quv faoliyatini tashkil qilishdan iborat bo‘ladi. Buning uchun o‘qituvchi kerakli material tanlaydi
uni ma’lum ketma-ketlikda joylashtiradi, o‘quvchilarga bilim manbalarini tavsiya qiladi, o‘quvchilarning o‘zlashtirish bo‘yicha faoliyatini tashkil etadi, bilimni o‘zlashtirish jarayoni qanday o‘tishini nazorat qiladi
. Darsdan tashqari bajaradigan mustaqil ishlar, ya’ni uy ishlari.
Uy ishlari - o‘quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarida mustaqil, yakka ishlarni tashkil qilish shakllaridan iboratdir.
Uy ishlarini berishda quyidagilarni hisobga olish lozim.
1) uyga berilgan vazifalar o‘quvchilarning kuchlari va bilimlariga mos bo‘lishi kerak. U darsda bajarilgan ishlarning boshqacharoq turi bo‘lib, uni aksariyat o‘quvchilar bajara oladigan bo‘lsin. Uy ishlari uchun o‘qituvchi doskada ko‘rsatma berishi lozim.
2) uy vazifalarini tizimli ravishda berish kerak.
3) uy vazifalarining hajmi matematika darsida bajarilgan ishning 30-40 % idan oshmasligi lozim.
4) har qanday uy ishi o‘qituvchi tomonidan tekshirilgan bo‘lishi kerak.
5) uy vazifasining ko‘rinishi, bajarilishi, talablari turli-tuman bo‘lishi lozim.
6) uy ishini yakka bajartirishga erishish lozim.
Mustaqil ishlarni shartli ravishda ikki ko‘rinishda tashkil qilish mumkin:
1. Dars jarayonida tashkil qilinadigan mustaqil ishlar. Unga: 1) darsda yechilgan misol va masalaga o‘xshash, shartlari ham bir xil, lekin shartidagi sonlar yoki harflar bilangina farq qiladigan topshiriqlar mustaqil bajarish uchun beriladi. 2) test yoki yozma ishlar o‘tkazish. 3) o‘tilgan mavzular yuzasidan kartochkalarga yozilgan topshiriqlarni bajartirish. 4) doskada topshiriqlar bajarish va h.k.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga uyga vazifani o‘qib, tahlil qilishni bergandan
so‘ng uni so‘rash, muntazam ravishda uy ishlarini bajarayotganini nazorat qilishga
ham alohida e’tibor berish lozim. Har bir uyga vazifani so‘rayotganda noodatiy
metodlardan foydalaninsh, adolatli baholash, hatto baholayotganda ishlatadigan
so‘zlarimiz (balli, ofarin) ham bola psixologiyasiga bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Ularni o‘z vaqtida rag‘batlantirish, bajargan ishlarini yuksak baholash, uyga vazifani
bajarmagan o‘quvchilarda sinfdoshiga nisbatan havas uyg‘otadi. Bu esa keyingi
darsdagi uy vazifasini bajarishga o‘zida ishtiyoq seza boshlaydi. O‘quvchilarning
uy vazifalarini tekshirib, oz miqdorda kamchiliklari bo‘lsa, qayta tushuntirib, unga
yaxshi, astoydil harakat qilsangiz bundanda yaxshi natijalarga erishasiz deyishimiz,
ammo vazifani bajarmagan o‘quvchilarga boshqacharoq so‘zlar bilan murojaat
qilishimiz lozim, jumladan: ”Eh! attang bajarish kerak edi”, “Siz vazifani ishlay
olardingiz” kabilar. Maqtov so‘zlarning psixologik ta’siri yuqori ekani bilan
ahamiyatli. Boshlang‘ich sinflar o‘quvchilarini baholashni quydagi tarqatma yoki
jadval usulida ham ko‘rish mumkun:
Jahon ta’limi taraqqiyotida mamlakatimiz taraqqiyoti va uning ijtimoiyiqtisodiy, milliy-madaniy ahvoli va kelajagini belgilashda mustaqil fikrlash
madaniyatini shakllantirishning ahamiyati shubhasizdir. Mustaqil ta’lim
kompetensiyasi o’quvchilarning mustaqil o’z-o’zini rivojlantirishiga, ularning kasbiy
faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. – Boshlang’ich sinflarda
O’quvchilarning mustaqil ishlari samaradorligini oshirish yo’llarini rivojlantirish
texnologiyalarini yaratish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
XULOSA
O’quv jarayonida turli maqsadlarda didaktik maqsadlarda; o’quvchilarning
O’quv faoliyatining xususiyatiga ko’ra va boshqalar foydalaniladigan o’quvchilar
mustaqil ishlarining barcha turlari orasida asosiylari o’quvchilarning muammoni hal
qilish uchun mustaqil ishi hisoblanadi.
birinchidan, masalaning nazariy masalani kitobdan mustaqil o’rganishdan
Ko’ra, uz samaradorligi bo’yicha muammolarni mustaqil hal etish yuqoriroqdir;
chunki kitobdan nazariy savolni o’rganayotganda, o’quvchilar boshqa odamlarning
mulohazalarini o’rganishlari kerak va muammoni hal qilishda ular o’zlari uchun fikr
yuritishlari kerak;
Ikkinchidan, o’quvchilarning tafakkurini rivojlantirish uchun sinfda ham, uyda
ham mustaqil muammolarni hal qilish asosiy rol o’ynaydi;
Uchinchidan, maktab o’quvchilari maktab matematika kursida uz ifodasini
topgan bilim, ko’nikma va malakalar tizimini matematika masalalarini mustaqil
yechish bilan ongli va mustahkam o’zlashtiradilar. Bundan tashqari, matematik
muammolarni mustaqil hal qilish jarayonida maktab o’quvchilari ijodiy shaxsga xos
Bo’lgan fazilatlarni tabiiy ravishda shakllantirishlari mumkin.
O’quvchilarning masalalar yechishdagi mustaqil ishi, agar o’quvchilar ushbu
turdagi ishlarga puxta tayyorlangan bo’lsa, samarali bo’ladi.