Mavzu: O‘rta asr iqtisodiy tafakkuri Reja



Yüklə 40,26 Kb.
səhifə3/7
tarix24.10.2023
ölçüsü40,26 Kb.
#160711
1   2   3   4   5   6   7
5-Mavzu O‘rta asr iqtisodiy tafakkuri Reja

2 Xususiy mulk — ayrim sohibkorlarga qarashli yollanma mehnatga asoslangan va oʻz egasiga foyda keltiruvchi mulkdir. Oʻzbekiston Respublikasining mulkchilik toʻgʻrisidagi qonunida (7-modda), xususiy mulk oʻz mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir deb koʻrsatilgan. Shu bilan birga xususiy mulk boʻlgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmasligi taʼkidlanadi.
Xususiy mulk - ayrim kishilar yoki xonadonlar ixtiyoridagi mulk; bozor iqtisodiyotidagi xilmaxil mulklar orasida yetakchi mulk shakli. Xususiy mulkning obʼyekti moddiy va moliyaviy boyliklar, ish kuchi, intellektual mehnat mahsuli, yer, suv, yer osti boyliklari, korxonalar, xoʻjaliklar, aksiya va obligatsiyalar, pul mablagʻlari, transport vositalari, turar joy, isteʼmol tovarlari, mehnat qobiliyati, ishbilarmonlik mahorati, ilmiy kashfiyotlar, texnikaviy ixtirolar, sanʼat va adabiyot asarlari va boshqalar boʻlishi mumkin. Xususiy mulk subʼyekti unga egalik qiluvchi kishilar, ayrim shaxslar va xonadon axli xisoblanadi.Xususiy mulk mulkchilikning eng koʻhna shakli, bundan bir necha ming yillar oldin qabila, urugʻaymoklarning jamoa mulkidan oʻsib chiqqan jamoa mulki ayrim kishilar qoʻliga oʻtib Xususiy mulkga aylangan. Xususiy mulk anʼanaviy va bozor tizimida asosiy mulk hisoblangan. Rejali iqgisodiy tizim xususiy mulkni yoʻqotib davlat mulkini oʻrnatgan, isteʼmolga xizmat qiluvchi mulkni, jumladan uyroʻzgor buyumlari va tomorqa xoʻjaligini shaxsiy mulk, deb eʼlon qilgan. Rejali tizimdan bozor iqgisodiyotiga qaytilgach, Xususiy mulk yangidan tiklanadi. Bunga quyidagi yoʻl bilan erishiladi: 1) davlat mulki Xususiy mulkga aylantiriladi; 2) uz mablaga xisobidan xususiy mulkni yaratishga ruxsat beriladi; 3) jamoa (kolxoz) mulkidan xususiy mulk ajralib chiqadi; 4) shaxsiy mulk xisoblangan tomorka va xonadon molmulkiga Xususiy mulk maqomi beriladi; 5) Xususiy mulk chet eldan kirib keladi, mavjud mulkchilik tizimiga qoʻshiladi.Bozor iqtisodiyotiga xos mulkiy poliformizmni Xususiy mulk transformatsiyasi yuzaga keltiradi. Xususiy mulk oʻz sohiblari ixtiyori bilan birlashganda jamoa mulki hosil boʻladi. Xususiy mulk milliylashtirilganda u davlat mulkiga aylanadi.Xususiy mulk bozor iqtisodiyotining tayanchi sifatida bir qator belgilar bilan tavsiflanadi: Xususiy mulk iqtisodiy resurslar, yaratilgan mahsulot va xizmatlarni, umuman boylikni yakka tartibda ayrim kishilar yoki oilalar tomonidan oʻzlashtirilishini taʼminlaydi. Xususiy mulk sohiblari turli toifadagi kishilar, chunonchi tadbirkorlar, ishchilar, xizmatchilar, dehqonlar, yer egalari va rantyelar boʻlishi mumkin. Xususiy mulk oʻz egasiga iqtisodiy hokimiyat beradi, yaʼni uni boshqarish funksiyasi bilan taʼminlaydi. Mulk obʼyektini mulqdorning oʻzi yoki uning nomidan menejerlar boshqaradi. Xususiy mulk oʻz soxibiga naf keltirishi shart. Xususiy mulk oʻz soxibiga iqgasodiy mustaqillik beradi, yaʼni mulk soxibi uni uz bilganicha ishlatadi. Mulk egasi muqobil iktisodiy tanlov qoidasiga binoan, nima ish qilishini belgilab oladi, u mulkini biznesga qoʻyadi, sotadi, garovga beradi yoki merosga qoldiradi.Xususiy mulk iqtisodiy roʻyobga chiqishi — oʻz egasiga mulkiy daromad keltirishi yoki uning isteʼmol ehtiyojini qondirishi kerak. Davlat qabul qilgan qonunlar va yozilmagan qoidalar, yaʼni shakllangan anʼanalar va mulkiy udumlar Xususiy mulkga egalik qilishni, mulkiy huquqni taʼminlaydi. Oʻzbekistonda Xususiy mulk daxlsizligi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va mulk toʻgʻrisidagi qonunlarda eʼtirof etilgan.Oʻzbekistonda Xususiy mulk davlat mulkini xususiylashtirish, uni hosil etishga ruxsat berilishi natijasida yuzaga keldi va xususiy korxonalar, fermer va dehqon xoʻjaliklari, xususiy banklar, tomorqa, xonadondagi molmulk va pul jamgʻarmalari, qimmatli qogʻozlar Xususiy mulk obʼyektiga aylandi.Xususiy mulk, uni iqtisodiy roʻyobga chiqarish usuli jihatidan 2 turga boʻlinadi; 1) ayrim kishilarga qarashli boʻlgan tanho individual Xususiy mulk Bu mulkka egalik mulkdorning oʻzining faoliyati orqali yuz beradi, yakka tartibda egasi tomonidan boshqariladi, u keltirgan daromad ulushlarga ajralmagan holda toʻlatoʻkis egasiga tegadi; 2) korporativ, guruxiy Xususiy mulk Bu ulushbay, sherikchilikka asoslangan mulk bulib, aksiyadorlik jamiyatiga xos. Uning egalari aksiyadorlar hisoblanadi, ularning mulkiy ulushi qoʻlidagi aksiyalar qiymati bilan oʻlchanadi. Xususiy mulkning bu turida mulkning iqtisodiy roʻyobga chiqishi alohida emas, balki mulkdorlar guruhi doirasida yuz beradi. Bu mulkni aksiyadorlarning oʻzlari emas, balki yollangan menejerlar boshqaradi, undan kelgan daromad aksiyadorlar urtasida ulushbaychilik qoidasiga binoan taqsimlanib dividend shakliga kiradi. Mayda Xususiy mulk individual bulsa, yirik Xususiy mulk korporativ Xususiy mulk tavsifiga ega.Xususiy mulk amal qilishi jihatidan 2 xil boʻladi: birinchisi biznesga xizmat qiluvchi mulk boʻlib kapital sifatida harakatda boʻladi va egasiga fonda keltiradi; ikkinchisi isteʼmolga xizmat qiluvchi mulk boʻlib, xonadonda ishlatiladi. Bu mulk isteʼmol buyumlar va pul mablagʻidan iborat, xonadonning tirikchilik ehtiyojlarini qondiradi. Xususiy mulkning iqtisodiyotdagi roli xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi hissasi va xususiy molmulkning milliy boylikdagi hissasiga bogʻliq. Xususiy mulk davlat mulkini xususiylashtirish va mulkdorlar topgan daromadning jamgʻarilib, mulk obʼyektini kengaytirish yoʻli bilan koʻpayadi. Xususiy mulk bozor tizimida ustuvor boʻlsada, boshqa mulk shakllarini inkor etmaydi, ular bilan yonmayon amal qiladi, mulkiy poliformizm taʼminlanadi.Xususiy mulk ham, boshqa har qanday mulk shakllari kabi, oʻzining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. U, soʻzsiz, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, mehnatga maʼsuliyatlilik munosabatlarini ragʻbatlantiradi. Shu bilan birga, tovar ishlab chiqarish sharoitida u xufyona daromad orttirishga intilish hissini tugʻdiradi. Mulkchilikning bu shaklini tan olish xalq xoʻjaligida uni qoʻllash foydali boʻlgan boʻgʻinlarni aniqlash, uni tartibga solishning moliyaviy va huquqiy mexanizmlarini shakllantirishni taqozo qiladi. Lekin xususiy mulkchilikni bunday tan olish uni mutlaqlashtirish bilan umuman bogʻliq emas. Bu mulk sotib olingan ishlab chiqarish vositalari asosida mustaqil xoʻjalik yuritish yoki davlat korxonalari, kooperativ firmalar, magazin, oshxona va shu kabilarni sotib olish orqali vujudga kelishi mumkin.Turli shakldagi mulklarning birikib ketishi natijasida aralash mulk paydo boʻladi. Bu mulk alohida olingan obʼektning turli mulkdorlar ishtirokida oʻzlashtirilishini bildiradi.

Yüklə 40,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin