Mavzu: O'rta Osiyo suv xavzalarida uchraydigan baliq turlari va ularning ekalagik guruxlari



Yüklə 43,55 Kb.
səhifə4/7
tarix17.04.2022
ölçüsü43,55 Kb.
#55622
1   2   3   4   5   6   7
3 Orta Osiyo suv xavzalarida uchraydigan baliq turlari va ularning (7)

Nerv sistemasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baliqlarning markaziy nerv sistemasi bosh miya va orqa miyadan tashkil topgan. Orqa miya uzun naydan iborat boʻlib, umurtqa pogʻonasi nayi ichi da joylashgan. Orqa miyaning ikki yonidan ichki organlarga, suzgichlarga, teri va muskullarga nervlar chiqadi. Baliqlar va barcha umurtqali hayvonlarning bosh miyasi oldingi miya, oraliq miya, oʻrta miya, miyacha va uzunchoq miya deb ataladigan boʻlimlardan iborat. Miyaning hamma boʻlimlari baliqlar hayotida katta ahamiyatga ega. Miyacha harakatlanish, uzunchoq miya nafas olish, qon aylanish, hazm qilish organlari ishini boshqarib turadi.Eshitish organlari miya qutisining ikki yonida joylashgan, suyaklar bilan qoplangan ichki quloqdan iborat. Suv zich muhit boʻlganligidan tovushni yaxshi oʻtkazadi. Tajribalarda baliqlar qirgʻoqda yurgan odam qadami, suzib kelayotgan qayiq ovozi, qoʻngʻiroq va oʻq tovushlarini yaxshi eshitishi aniqlangan.

Ta’m bilish hujayralari baliqlarning ogʻiz boʻshligʻi, halqumi hamda butun tana yuzasida joylashgan. Zogʻora baliq, treska va boshqa bir qancha baliqlarning boshida joylashgan moʻylovlar tuygʻu vazifasini bajaradi. Yon chiziqlar baliq tanasining ikki yonida qator boʻlib joylashgan teshikchalardan iborat. Teshikchalar maxsus sezuvchi hujayralari boʻlgan naychalar bilan tutashgan. Yon chiziqlar suv oqimi, suv ostidagi narsalarni sezishga yordam beradi.


Yüklə 43,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin