Mavzu: Örta-Sharq mintaqasida xalqaro turizm Reja: Örta-Sharq mintaqasida xalqaro turizm tarixi



Yüklə 397,54 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix22.06.2023
ölçüsü397,54 Kb.
#133893
o\'ra sharqda turizm



Mavzu: Örta-Sharq mintaqasida xalqaro turizm 
Reja: 
1. Örta-Sharq mintaqasida xalqaro turizm 
2. Örta-Sharq mintaqasida xalqaro turizm tarixi 
3. Örta-Sharq mintaqasida xalqaro turizm hozirgi kunda 
O„zbekistonda xalqaro turizmning tarkib topishi «O„zbekturizm” Milliy Kompaniyasining 
vujudga kelishi va bu tashkilotning 1993 yili Butunjahon turizm tashkilotiga a‟zo bo„lib kirishi 
O„zbekiston turizmi tarakkiyotida qo„yilgan o„lkan qadam bo„ldi.
Respublikada xalqaro turizmni yangi bosqichga ko„tarish va samarali faoliyat ko„rsatishiga 
mos keladigan yangi shartsharoit va mexanizmlar vujudga keldi. O„zbekiston tarixi turizmning 
rivojlanishida “Buyuk Ipak Yo„li” ning tutgan o„rni va mohiyati nihoyatda cheksiz. 
Bir necha asrlar davomida ushbu zaminning G„arb va Sharqida istiqomat qilgan xalqlarni 
Janubiy-Sharqiy Osiyodan to O„rta yer dengizi mamlakatlarigacha cho„zilgan va “Buyuk Ipak 
Yo„li” deb nom olgan savdosotiq yo„li bir-biri bilan bog„lab turar edi. Bu yo„lga “Ipak Yo„li” 
deb nom berilishining asosiy sababi, bu yerda tashiladigan mahsulotlarning asosiy qismi ipak 
matolari va mahsulotlari bo„lganligidandir. Ipak tayyorlash bilan bog„liq bo„lgan sir-asrorlarni 
Xitoy ustalari ming yillar davomida boshqa odamlardan yashirib kelgan.
Ammo “Buyuk Ipak Yo„li” orqali o„tib tashilgan mahsulotlar faqat ipakdangina iborat 
bo„lmay, balki bu yo„l orqali bronza, chinni, jun, xom ashyolar va ulardan tayyorlangan 
buyumlar ham edi. “Buyuk Ipak Yo„li” qariyib ikki ming yillik tarixga ega bo„lib, bu yo„l 
asosan Italiyadan tortib Turkiya orqali Iroq va Eronga borgan. U yerdan esa Markaziy Osiyo 
hamda Shimoliy Pomir orqali o„tib Qashqar va Yorkentgacha yetgan. Bu yerda yo„l ikkiga 
ajralgan hamda shimol tomondan Takla-Makon sahrosini aylanib o„tib, Lobnor ko„li yaqinida 
yana qo„shilgan va Xitoygacha borgan. 
Buyuk Ipak Yo„lida Turkiston hududi yetakchi rolni bajarib kelgan. Ushbu hududdagi 
Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, Xo„jand, Chorjuy kabi qator shaharlar ipak yo„lidagi asosiy 
manzillar bo„lgan. O„zbekiston o„zining qo„lay geografik o„rni tufayli bu tarixiy yo„lda 
markaziy o„rinni egallagan. “Buyuk Ipak Yo„li” ko„p asrlar davomida kishilik madaniyatining 
vujudga kelishida katta o„rin egallagan. Nemis olimi Rixtgofen XX asrga kelib Ipak Yulining 
shon-shuxrati ma‟lum darajada o„z mohiyatini yo„qota boshladi degan edi. Endilikda uning 


nomi yana teztez tilga olinadigan bo„ldi. Uning tarixda tutgan o„rni hamda ahamiyatini tiklash, 
bu yo„lda turizmni rivojlantirish kabi maqsadlarni mo„ljallab, 1994 yilning oktyabr oyida 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning nufuzli tashkiloti YUNESKO ishtirokida 
O„zbekistonda Jaxon turistik tashkilotining kengashi bo„lib o„tdi. Kengash a‟zolari Ipak yo„li 
bo„ylab turizm faoliyatini tiklash va rivojlantirishga qaratilgan Samarkand Dekloratsiyasini 
qabul qildi. 
1995 yil iyun oyida Respublika Prezidenti “Buyuk Ipak Yo„lining tiklanishida O„zbekiston 
Respublikasining ishtirokini faollashtirish va Respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish 
bo„yicha chora-tadbirlar to„g„risida”gi farmonga imzo chekdi. 1995 yil oktyabrida Toshkent 
shahrida “Ipak Yulida turizm” nomi bilan birinchi turistik yarmarka o„tkazildi. Shundan beri 
bunday yarmarka har yili uzluksiz ravishda o„tkazilib kelinmokda.
Bu yarmarkalarda tuzilgan shartnoma va bitimlar turizmni yanada rivojlantirish, 
Respublikaning turizmga oid imkoniyatlarini ishga solish hamda “Buyuk Ipak Yuli”ga xos 
bo„lgan qadimiy an‟analarni tiklashga keng yo„l ochib berdi. O„zbekistonda turizmni 
rivojlantirishga qaratilgan bir qator farmonlar, karorlar orasida Prezidentimiz tomonidan 
imzolangan “O„zbekistonda 2005 yilgacha turizmni rivojlantirish davlat dasturi” to„g„risidagi, 
Vazirlar Maxkamasining “O„zbekiston Respublikasida xalqaro turizmning zamonaviy 
infratuzilmasini yaratish bo„yicha chora-tadbirlari” to„g„risidagi karori muhim ahamiyatga ega. 
O„zbekistonda xalqaro turizmni yanada yuqori bosqichlarga ko„tarishda 1999 yil 20 avgustda 
Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan “Turizm to„g„risida konun” alohida o„rin egallaydi. 
Bu qonun mamlakatimizda turizmni kuchaytirish va turizmga xizmat qilishi lozim bo„lgan 
infratuzilmalar vujudga keltirish imkonini ochib beradi. Turizmni rivojlantirishga oid Farmon va 
karorlarni bajarish hamda Respublikada turizm taraqqiyoti uchun zarur bo„ladigan ulkan 
imkoniyatlar mavjudligidan okilona foydalana bilish hozirgi kunning talabidir. 12.2. 
O„zbekistonda xalqaro turizm dinamikasi Bozor iqtisodiyoti sharoitida O„zbekistonda turizm 
sohasini rivojlantirish uchun qo„lay imkoniyatlar va shart-sharoitlar yuzaga kelayotganligi, 
turizmning respublika iqtisodiyotiga yanada integratsiyalashuvi, mamlakat iqtisodiyotida 
muhim ahamiyat kasb etadi.
Jaqon iqtisodiyoti tajribalaridan ma‟lumki, turizm sohasi mamlakat xazinasi uchun zarur 
bo„lgan valyuta tushumini ta‟minlash, yangi ish joylarini vujudga keltirish va shu bilan 
birgalikda aholining turmush darajasini ko„tarish uchun xizmat qiladi. Respublikamiz xalqaro 
turizm sohasidagi imkoniyatlarining kattaligi bilan qo„shni mamlakatlardan tubdan farq qiladi. 


O„zbekistonning geografik o„rni, nihoyatda qo„lay, tabiiy iqlim sharoitiga ega ekanligi, 
insoniyat madaniy taraqqiyotida ham katta o„rin tutadi. O„zbekiston betakror, ajoyib tarixiy 
arxitektura yodgorliklari, shirin-shakar mevalari, xilma-xil milliy taomlari, ajoyib milliy 
an‟analari, urf-odatlariga ega bo„lgan mehmondo„st xalqiga ega. Bularning barchasi chet ellik 
turistlar e‟tiborini o„ziga tortadi va kishilarni lol koldiradi. Xalqaro turizmni rivojlantirishda 
O„zbekistonda mavjud bo„lgan siyosiy barqarorlik ham muhim o„rin egallaydi. Ammo xalqaro 
turizm taraqqiyoti darajasini yuqori bosqichga olib chiqishda hali ko„p islohotlarni amalga 
oshirish, kechiktirib bo„lmas chora –tadbirlarni belgilash va ularni jadallik bilan xayotga tadbiq 
etish lozim bo„ladi. 
O„zbekistonda keyingi yillarda ajoyib qurilish inshootlari, madaniy dam olish maskanlari, 
ziyoratgoxlar vujudga keldi. So„nggi yillarda respublikamizda o„zbek milliy kurashi, tennis va 
boshqa sport turlari bo„yicha jahon miqyosida chempionatlar o„tkazildi. Bu tadbirlar esa 
ko„pgina xorijiy mamlakatlardan turistlar kelishiga olib keldi. Xalqaro turizmni rivojlantirishda 
bu omillarning roli ham anchagina. 
Respublikadagi mavjud mehmonxonalardagi o„rin narxlari ba‟zi bir sabablarga ko„ra 
jahondagi o„rtacha narxlardan yuqori bo„lib, turistlarning mehmonxonalarga bo„lgan talabidan 
yuqoridir. Har bir turist shinam, har tomonlama yaxshi jihozlangan joyni bir kechaga 50-60 
dollarga sotib olishni xoxlaydi. 
Bizdagi mexmonxonalarda esa bir kecha uchun tunash 200-300 dollarga to„g„ri kelmokda. 
Bu kabi muammolarni bartaraf etish uchun respublikamizda so„nggi besh yil ichida 
mehmonxonalarning zamonaviy tiplari keng ko„lamda qurila boshlandi. Bular ichida 
“Interkontinental”, “Sheraton”, “Le-Meridian”, “Otel O„zbekiston”, “Afrosiyob”, “Buxoro” 
mehmonxonalarini misol qilishimiz mumkin. Bu mehmonxonalar 4 va 5 yulduzli bo„lib, xalqaro 
darajaga to„liq javob beraoladi. Endigi vazifa esa mehmonxonalardagi narxlarni qayta ko„rib 
chiqib, ularni arzonlashtirishdan iborat. O„zbekistonda bozor mo„nosabatlari sharoitida xalqaro 
turizmni rivojlantirish chora-tadbirlari davlat tomonidan belgilangan bo„lib, iqtisodiy aloqalarni 
yanada rivojlantirish uchun turli bitimlar, kelishuvlar amalga oshirilgan va oshirilmokda.
Shu bilan bir vaqtda xalqaro turizmni rivojlantirishda amalga oshirilishi lozim bo„lgan ishlar 
qo„yidagilardan iborat:

xalqaro turizmda kichik va o„rta tadbirkorlik faoliyatidan keng foydalanish va xalqaro 
bozorlarga chiqishga intilish;



mahalliy axborot agentliklari orqali rivojlangan mamlakatlarni O„zbekistonning turistik 
imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirishga harakat qilish; turizm sohasida ishlaydigan 
mutaxassislarni chet ellarda bir yilda kamida bir marta malaka oshirishga yuborish, o„qitish, ular 
uchun barcha imkoniyatlarni yaratib, turistlarga sifatli xizmat ko„rsatishni yo„lga qo„yish;

respublikamiz vakillarining Yevropa mamlakatlarida o„tkaziladigan turistik yarmarkalarda 
doimiy ravishda ishtirok etishini ta‟minlash;

xalqaro turistik tashkilotlar bilan axborot almashishni yaxshilash, birgalikda faoliyat yurita 
oladigan davlatlar bilan qo„shma korxonalar tuzish va ular faoliyatini keng yo„lga qo„yish;

ichki turistik bozorda o„zaro raqobatni yanada kuchaytirish va boshqa tadbirlarni amalga 
oshirish muhim ahamiyatga egadir.
Demak, xalqaro turizmni rivojlantirish O„zbekiston iqtisodiyoti uchun g„oyatda zarur bo„lib, 
uning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda turizm sohasi orqali aholining moddiy farovonligini 
yaxshilash, ularni ish bilan ta‟minlash uchun yangi ish o„rinlarini tashkil qilish lozim bo„ladi. 
O„zbekiston Respublikasida xalqaro turizmning rivojlanishi, unga bo„lgan munosabatning ijobiy 
tomonga siljishi bilan belgilanadi. Respublikamiz sharoitida, ayniqsa o„rta va kichik 
tadbirkorlikni rivojlantirishda turizmning imkoniyatlari boshqa sohalarga karaganda juda 
kattadir.
Chunki respublikadagi iqtisodiy barqarorlik va bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich 
o„tilishi tadbirkorlarga keng yo„l ochishi bilan birga uni jadal rivojlantirish imkoniyatlarini 
tug„dirmoqda. Jahondagi har bir davlatning iqtisodiy yuksalishida eng asosiy omil –tinchlik, 
osoyishtalik, barqarorlik va ijtimoiy adolatdir.
O„zbekiston hozir Markaziy Osiyo mintaqasidagi iqtisodiyoti rivojlanib borayotgan davlat 
bo„lib, o„ziga tadbirkorlar va ishbilarmonlarni, turistlarni jalb qiluvchi makonlardan biri 
hisoblanadi. Respublikamiz Prezidenti tomonidan 1999 yil 15 aprelda “2005 yilgacha bo„lgan 
davrda O„zbekistonda turizmni rivojlantirish Davlat dasturi”ga imzo chekildi.
Bu dastur mamlakatimizning ichki imkoniyatlarini hisobga olgan holda, turistlarga xizmat 
ko„rsatishning g„arbdagi zamonaviy andozalarini ham, sharqdagi mehmondo„stlik ananalarini 
ham o„zida mujassam qilgan milliy turizm modelini shakllantirish uchun yanada keng 
imkoniyatlarni yaratadi.


O„zbekiston Respublikasi ham jahondagi yetakchi mamlakatlarining rivojlanish darajasiga 
erishish maqsadida iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini, shu jumladan xizmat ko„rsatish va 
servis sohasini rivojlantirish chora-tadbirlarini ko„rib chiqib, o„z milliy modeliga asoslangan 
holda turizm sohasini shakllantirish uchun barcha zaruriy ishlarni olib bormoqda. Ushbu milliy 
model birinchi navbatda ichki imkoniyatlarni, o„zbek xalqining mentalitetini va jahon 
andozalariga mos keladigan omillarni hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozimligini yoddan 
chiqarmaslik kerak.
O„zbekistonning jahon turizm bozoridagi salohiyatiga baho beradigan bo„lsak, uning 
Markaziy Osiyo davlatlari ichida eng yuqori imkoniyatlarga ega ekanligini ko„ramiz. Bu haqda, 
masalan, respublika hududida mavjud bo„lgan to„rt mingdan ortiq qadimiy me‟morchilik, 
monumental san‟at yodgorliklari dalolat beradi.
O„zbekiston tarixiy me‟morchilik yodgorliklarning umumiy soni bo„yicha jahondagi 
yetakchi o„nta mamlakatlar qatoriga kiritilib, to„rtta yirik shaharlari Samarqand, Buxoro, Xiva 
va Shahrizabz YUNESKO tomonidan jahon madaniyati yodgorliklari markazi sifatida tan 
olingan va xalqaro tashkilot tomonidan muhofazaga olingan.
Xalqaro turizm sohasi respublikamiz iqtisodiyoti uchun g„oyatda zarur bo„lgan valyuta 
tushumini ta‟minlaydi. Turizmning respublika iqtisodiyoti uchun qanchalik zarur tarmoq 
ekanligini quyida keltirilgan jadval ma‟lumotlaridan ko„rishimiz mumkin. 

Yüklə 397,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin