Yuk ortish-tushirish punktlarining o’tkazuvchanlik qobiliyati
Har qanday yuk tashish transport jarayonini amalga oshirishda yuklarni transport vositasiga ortish bilan bog´liq sermehnat, ba’zida esa, jismonan og’ir ish bajarishga to’gri keladi. Tashish nihoyasiga yetganda esa, yuklarni tushirish zarur bo’ladi. Yuklarni tushirish sermehnat, hamda, jismonan og’ir ishlardan biridir.
Ortish-tushirish ishlari asosiy va qo´shimcha operatsiyalardan iborat bo’ladi. Asosiy operatsiyalarga quyidagilar kiradi:
- shtabellar, yoki, boshqa saqlash joylaridan yuklarni olish;
- ortish joyiga keltirish;
- transport vositasiga ortish;
Tushirishda shu operatsiyalarning aksi bajariladi. Qo’shimcha operatsiyalarga quyidagilar kiradi:
- yuklarni taraga joylash va zaruriyatga ko’ra markirovkalash;
-tarozidan o’tkazish (hajmini o’lchash);
- xujjatlarni tayyorlash; yuklarni boglab mahkamlash, yoki, bog’lovdan bo’shatish, ustini brezent bilan yopish va boshqalar.
Amaliyotda avtomobillarni ortish-tushirish opeartsiyalarida bekor turish vaqti ularning yo’nalish (ish)da bo’lish vaqtlarining uchdan biriga to’gri keladi. Avtomobil transporti uchun harakterli bo’lgan qisqa masofalarga yuk tashishda ba’zi yuklar uchun avtomobillarning ortish-tushirish operatsiyalarida bo’lish vaqti ulushi 50 va undan ham ortiq foizlarni tashkil etadi.
Shularga ko’ra, transport vositalaridan foydalanish samaradorligi o’zgarib turadi. Ortish-tushirish ishlarini to’gri tashkil etish va ularni zaruriyatga ko’ra mexanizatsiyalash avtomobillarning bo’sh turish vaqtlarini, hamda, tashish bilan bog´liq harajatlarni kamaytirish imkonini beradi.
Avtomobillarda yuk tashishni tashkil etish amaliyotida yuk ortish-tushirish joylarida avtomobillarning barcha bekor turish (sababidan qat’iy nazar) vaqtlari ortish-tushirish vaqtiga kiritiladi.
Ortish-tushirish vaqti quyidagi elementlardan iborat:
kutib qolish vaqti;
avtomobilning manyovr qilishiga sarflangan vaqt;
ortish-tushirishning o’ziga sarflangan vaqt;
hujjatlarni rasmiylashtirishga sarflangan vaqt.
Yuqorida keltirilgan kamchiliklarning ko‘pchiligini yuk tashishni markazlashtirilgan usulida bartaraf etib, transport vositalarining ish unumini oshirish, tashish tannarxi va mijozlar xarajatlarini kamaytirish mumkin.
Xulosa
Men bu mustaqil ishda menga berilgan mavzu ya’ni avtomobil transporti ortib-tushurish punktlari va omborlari haqida o’z bilganlarim buyicha yoritishga harakat qildim. Bunda avvalo ortish-tushurish punktlari va omborlari haqida umumiy ma’lumot berdim.So’ngra avtomobil transport ortish-tushurish ishlari haqida o’z tushunchalarimni yozdim.Har qanday yuk tashish transport jarayonini amalga oshirishda yuklarni transport vositasiga ortish bilan bog’liq sermehnat,ba’zida esa jismonan og’ir ish bajarishga to’g’ri keladi.Tashish nihoyasiga yetganda esa yuklarni tushirish zarur bo’ladi.Yuklarni tushirish ham sermehnat hamda jismonan og’ir ishlardan biridir.Bundan keyin o’sha omborlarning o’tkazuvchanligi haqida malumot berdim
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Turdimatov O. Ortish-tushurish ishlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatizatsiyalash: O’quv qo’llanma “Allaqachon”,2007-234b
Xo’jayev B.A. Avtomoillarda yuk va passajirlarni tashish asosiylari: “O’zbekiston” , 2002-256b
Shiryayev S.A. , Gudkuv V.A., Mirotin L.B. ,Transportniy I pogruzochno – razgruzochniysredstva:Uchebnik dlya vuzov. “TELEKOM”2007-848b
Arifjanova N.Z, Yakubov M.F. Avtomobillarda yuk va passjirlarni tashish asoslari(masalalar to’plami):T.:Fan,2007-yil
Dostları ilə paylaş: |