O’simliklarning o’sish tezligi va rivojlanishini ta’minlovchi agrotexnik tadbirlar
O’simliklarni parvarish qilishning asosi ularning o’sish tezligini va rivojlanishini ta’minlash hisoblanadi. O’simliklarni o’sish tezligi va rivojlanishini nazorat qilishda o’simliklarning biologik xususiyatlaridan o’simlik vegetasiya davrining uzunligini o’sish va rivojlanishini, ildiz sistemasi va assimilyasion yuzasining rivojlanish dinamikasini, quruq moddalarning to’planishi, o’simlikning organ va qismlari shakllanishini moddalar almashinuvini, suv va ozuqa rejimlarini, sovuqda, qurg’oqchilikka, sho’rga chidamliligi va boshqalar tekshiriladi. Ekinlarni o’sish tezligi va rivojlanishini nazorat qilish manbalari bo’yicha tuproqni ishlash, oziqlantirish, begona o’tlardan tozalash, zararkunanda va kasalliklardan himoyalash, chiniqtirish, chidamliligini oshirish, ehtiyoji va muddati bo’yicha sug’orish hosilni ko’paytirishga qaratilgan ishlovni berish, ekin hosilini yig’ishtirishga tayyorlash kabi parvarishlash tadbirlari amalga oshiriladi.
O’simliklarni o’sish tezligi va rivojlanishini nazorat qilishda o’simlik organizmlarining mineral moddalar va suvni o’zlashtirishi, o’sish, rivojlanish, gullash va mevalash, nafas olish, ildizdan va havodan oziqlanish (fotosintez), biosintez va xar xil moddalar to’plash va ularni o’z a’zolarini tuzish va bo’g’in qoldirishga sarflash jarayonlari kuzatiladi va tegishli agrotexnik tadbirlar amalga oshiriladi. Shuningdek o’simliklarning mineral oziqlanishida ildiz sistemasining singdirish faoliyati, suv almashinuvi va mineral oziqlanishning o’zaro bog’liqliklari tekshirib boriladi.
O’simliklarning tashqi muhitdagi kimyoviy elementlarni yutish va o’zlashtirish energiyani hisoblangan oziqlanish o’simliklarni parvarish qilishda muhim o’rin to’tadi. O’zlashtirilgan moddalar o’simlik hujayrasi sito-plazmasiga o’tadi va mazkur o’simlikka xos kimyoviy birikmalarga aylanadi. Ozuka moddalarning yutilishi va o’zlashtirilishi (anabolizm), ularnimg parchalanishi va tashqariga chiqarilishi (katabolizm) organizm hayot faoliyati asosi-moddalar almashinuvi (metabolizm) ni tashkil qiladi.
O’simliklar tarkibida Yer yuzida tarkalgan barcha kimyoviy elementlar uchraydi. Lekin, O. uchuy faqat kislorod (O), vodorod (N), azot (N), fosfor (R), oltingugurt (S), kaliy (K), kalsiy (Sa), magniy (Mg), temir (Fe) va mikroelementlaryaan bor (V), marganes (Mp), rux (R), mis (Si), molibden (Mo) va b. juda zarur. O. elementlari havodan karbonat angidrid gazi (S02), tuproqdan suv (N20) va mineral tuz ionlari shaklida o’zlashtiriladi. Yuksak o’simliklar esa havo yoki barg (q. Fotosintez) va tuproq. yoki ildiz orsali oziq,lana-di.
Tuban o’simliklar (bakteriyalar, zamburug’lar, suvo’tlar) S02, N20 va tuzlarni butun tana yuzasi orqali yutadi. O’simlik organizmining turli xil moddalarga ehtiyoji har xil (kislorod va vodorodni eng ko’p qabul qiladi). O elementining birortasi o’rnini boshqasi bosolmaydi.
Birorta elementning yetishmasligi o’simlikni kasallanishga yoki halokatga olib keladi. O’simlik yutayotgan uglerod manbaiga qarab O. bir nechta tipga ajratiladi. Tuban o’sim-liklarning bir sismi (barcha zamburug’lar va ko’pchilik bakteriyalar) uglerodni fakat organik birikmalardan oladi (s. Geterotrof organizmlar), ulik organik qoldiqlar hisobiga oziqlanuvchi organizmlar esa saprofit organizmlar deyiladi.
Boshqa tirik organnzmlarning organik birikmalari hisobiga yashaydigan geterotrof organizmlar parazitlar deb ataladi.
Bularga barcha zamburug’lar va bakteriyalar, o’simlik va hayvonlarning kasallik tarqatuvchilari hamda ba’zi yuksak o’simliklar (masalan, maxsus surgichlari bilan boshqa o’simlikning shirasini suruvchi - shumgiya) kiradi. O’simliklarning ko’pchilik qismi karbonat angidriddan uglerod o’zlashtirishga layokatli, bunda o’simlik uglerodni organik birikmalar darajasigacha o’zgartiradi.
Bunday oziqlanish avtotrof oziqlanish deb nomlanadi (k Avtograf organizmlar). O’suv jarayoni tufayli tabiatda katta biogeokimyoviy moddalar aylanishi sodir bo’ladi; O’suv o’simliklar hayoti (nafasolish va parchalangan moddalarni tashki muhitga chikarish jarayonida sarflangan ozuka moddalar urnini tuldirish) davom etadi. organlar o’sadi, zapas oziq moddalar tuplanadi, o’simlik xreil beradi (meva qiladi, urug’laydi).
Dostları ilə paylaş: |