Toshkent Farmasevtika Instituti Sanoat Farmatsiya yónalishi 101B guruh talabasi Musurmonov Xasanning Jismoniy tarbiya va Sport modulidan tayyorlagan taqdimoti
Mavzu:Osiyo óyinlari tarixi.
Osiyo Oʻyinlari (Asiad ham deyiladi) har toʻrt yilda bir marta oʻtkaziladigan sport oʻyinlari musobaqalaridir. Bunda faqatgina Osiyo davlatlari ishtirok qilishadi.Osiyo oʻyinlari - Osiyo qitʼasining nufuzli sport musobaqalari. 4 yilda 1-marta oʻtkaziladi. Osiyo Olimpiada kengashi 1949-yil 13 fevralda asos solgan va musobaqalarni oʻtkazuvchi O.oʻ. federatsiyasini tashkil etgan. Uning nizomi Olimpiada oʻyinlari gʻoyalari asosida tuzilgan. Har bir davlat O.oʻ.ning qaysi turlarida ishtirok etishini oʻzi belgilaydi, lekin vakillari tarkibi tashkiliy qoʻmita va Osiyo Olimpiada kengashi belgilagan sondan oshib ketmasligi kerak.
Musobaqa Osiyo Olimpiya kengashi shafeligida tashkil etilib, unda faqatgina sariq qit’a atletlari o‘zaro bahslashadi. Bu yerda ham xuddi zamonaviy olimpiya o‘yinlarida bo‘lgani kabi g‘olib sportchilar oltin, kumush va bronza medallari bilan taqdirlanishadi. Ushbu bellashuvlarning o‘tkazilishiga Uzoq sharq o‘yinlari asos bo‘lib xizmat qilgan, desak xato bo‘lmaydi. Olis 1913-yilda Yaponiya, Filippin hamda Xitoy atletlari Manilada o‘zlarining ilk birdamlik o‘yinlarida g‘oliblik uchun bahs olib borishgan. Uzoq sharqning boshqa davlatlari esa keyinroq ushbu musobaqaga qo‘shilgan. Ammo, ikkinchi jahon urushi boshlangach bu o‘yinlar to‘xtab qoladi.
Ikkinchi jahon urushi tugagach Osiyoning ko‘plab davlatlari mustaqillikka erishadi. 1948-yil Buyuk Britaniyaning London shahrida o‘tkazilgan XIV yozgi olimpiya o‘yinlari vaqtida Osiyo qit’asi vakillari o‘zlarining musobaqasini o‘tkazish borasida kelishib olishadi va nihoyat 1951-yil Hindistonning Nyu-Dehli shahrida tarixiy Osiyo o‘yinlari o‘tkaziladi. Unda atigi 11 ta davlat atletlari g‘oliblik uchun bahs olib borishadi. Ammo yildan yilga musobaqaning nufuzi ortadi va tabiiyki, unda ishtirok etuvchi mamlakatlar, shu bilan birga sportchilar soni ham o‘sib boradi. 1954-yildan esa Osiyo o‘yinlari har to‘rt yilda o‘tkaziladigan bo‘ldi, xuddi olimpiya o‘yinlari kabi
1990-yil Xitoyning Pekin shahri mezbonlik qilgan hisob bo‘yicha XI Osiyo o‘yinlarida ilk bor ishtirokchi davlatlar soni 30 dan ortadi. 1991-yilda sobiq Ittifoq parchalanadi va Osiyo Olimpiya kengashi Markaziy Osiyo davlatlari, xususan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston Respublikalari hisobiga kengayadi va ushbu mamlakatlarning atletlari 1994-yil Yaponiyaning Xirosima shahrida o‘tkazilgan XII Osiyo o‘yinlariga taklifnoma olishadi. O‘sha yilgi musobaqalarda ilk bor ishtirokchi davlatlar soni 42 tani tashkil etadi va bu ko‘rsatkich bugungi kunda 45 taga yetgan.