Gʻulomov Yahyo Gʻulomovich (1908.1.5 Toshkent (1977.10.1)) - tarixchi arxeolog olim. Oʻzbekiston FA akademigi(1966), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1958), tarix fanlari doktori (1950), prof. (1955). Toshkentdagi Oʻzbekiston yerlar bilim yurtini (1926), Samarqanddagi Oʻzbekiston Ped. akademiyasini (1930) tugatgan. Toshkent ped. texnikumida oʻqituvchi (1931-1932). Ilmiy faoliyati 1933 y.dan boshlangan. Oʻzbekistonning qadimiy va sanʼat yodgorliklarini muhofaza qilish komitetida ilmiy xodim, ilmiy kotib (1933- 1940). SSSR FA Oʻzbekiston filiali, Tarix, til va adabiyot instituti arxeologiya boʻlimi mudiri (1940-43). 1943 y.dan Oʻzbekiston FA Tarix va arxeologiya instituti qad. va oʻrta asrlar tarixi boʻlimi mudiri, ayni vaqtda institut direktori vazifasini bajaruvchi (1956-1959). Shuningdek, u Toshkent pedagogika institutida “Oʻzbekiston tarixi va arxeologiyasi” dan maxsus maʼruzalar oʻqigan, 1936 y.dan bir necha arxeologik ekspeditsiyalar (Toshkent, Buxoro, Samarqand, Fargʻona va b.) ga rahbarlik qilgan. 1938-1950 y.larda Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiya boshligʻining oʻrinbosari sifatida qatnashib, Xorazmning sugʻorilish, dehqonchilik va shahar madaniyatining shakllanishi hamda rivojlanish tarixi boʻyicha ilmiy tekshirish ishlari olib borgan. Gʻulomov Oʻzbekistonda tarix va arxeologiya sohalari boʻyicha oʻziga xos bay-nalmilal ilmiy maktab yaratgan. Uning Zarafshon va Fargʻona vodiylarida, shuningdek, Toshkent vohasida olib borgan ilmiy tekshirishlari Oʻzbekistonda, tosh, eneolit va jez davri, uning moddiy-madaniyat yodgorliklarini oʻrganishga katta hissa boʻldi. U, ayniqsa, Toshkent tarixi va uning yodgorliklarini tadqiq etishga alohida ahamiyat bergan. Toshkent kanali boʻylab, Toʻytepada maxsus arxeologik tadqiqotlar oʻtkazgan. 1966 y.dagi Toshkent zilzilasi oqibatlarini tugatish boʻyicha shaharda boshlangan ulkan qurilishlar munosabati bilan Toshkentning arxeologik obidalarini qayd etish va oʻrganish maqsadida maxsus Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasini tashkil etgan. “Xiva shahrining yodgorliklari” (rus tilida, 1941 y.), “Quyi Zarafshon vodiysida ib-tidoiy madaniyat va sugʻorma dehqonchilikning paydo boʻlishi” (rus tilida) kabi asarlar yozgan. “Oʻzbekiston tarixi” (4 jildli), “Samarqand tarixi” (2 jildli), “Buxoro tarixi” ning asosiy mualliflaridan. Vafotidan soʻng “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan (2002). Respublikada Gʻulomov xotirasiga bagʻishlangan “Akademik Y. Gʻulomov oʻqishlari” ni oʻtkazish ilmiy anʼanaga aylangan. Toshkentdagi koʻchalardan biri hamda Oʻzbekiston FA Arxeologiya institutiga Gʻulomov nomi qoʻyilgan. Qayd etilishicha, Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi tomonidan joriy yilning 1-yarim yilligida jami 10 dan ortiq arxeologik obyektda izlanishlar olib borilgan. Jumladan, Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Xatak qishlog‘i yaqinida olib borilgan izlanishlar natijasida qadimgi tosh davriga oid g‘or-makon aniqlangan. G‘or-makon 100—60 ming yil oldin, ya’ni, neandertal odami yashagan davrga tegishli hisoblanadi. Topilmalar orasida tosh qurollar, yovvoyi hayvonlarning maydalangan suyaklari va o‘choq qoldiqlari mavjud.Shuningdek, G‘oz qishlog‘i atrofida Oqtosh tog‘i hududida cho‘kichlab ishlangan bir o‘rkachli tuyaning qoyatosh tasviri topilgan. Shu hududdan mezolit davriga oid yodgorlik, ichida esa ko‘plab toshdan yasalgan buyumlar aniqlangan.O‘zbekiston—AQSH qo‘shma ekspeditsiyasi tomonidan Buxoro Shahristonida olib borilgan qazishma ishlari natijasida ilk o‘rta asrlarga oid yana bir shahar aniqlangan.Mazkur ekspeditsiya tomonidan Jizzax viloyati Zomin tumani To‘g‘onbuloq yodgorligida ilk arxeologik tadqiqotlar olib borilgan va Qoraxoniylar davriga oid 20 gektar maydonga ega ko‘chmanchilar shaharchasi aniqlangan.Fransiya—O‘zbekiston qo‘shma ekspeditsiyasi tomonidan Janubiy Nurota tog‘ tizmasi G‘o‘bdintog‘ va Qaroqchitog‘ (Qorachatog‘) hududlarida yigirmadan ortiq arxeologik topilma joylar tizimli ravishda o‘rganilgan. Ular orasida bronza davridan o‘rta asrlar davriga doir 145 dan ziyod noyob qoyatosh rasmlari namunalari topilgan.Axsikent arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan Axsikent arxeologik obyektida qazuv ishlari davomida Qoraxoniylar davriga oid turar joy qoldiqlari va ko‘plab sopol buyumlar, tangalar va temir buyumlari aniqlangan.Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani Xonabod shahri tog‘ yon bag‘rilaridagi Xonabod 1-2 yodgorliklaridagi qabr qo‘rg‘onlarida qazuv ishlari olib borilgan. Natijada miloddan avvalgi VI—IV asrlarga oid moddiy madaniyat buyumlari, jumladan, qabr-qo‘rg‘onlar, taqinchoqlar, sopol buyumlar, temir buyumlar aniqlangan. Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri markazidagi Tepaqo‘rg‘on arxeologik yodgorligida tadqiqot ishlari olib borilgan. Qadimiy shaharning janubi-sharqiy qismida yarim aylana ko‘rinishidagi burj va 2 qatorli mudofaa devori mavjudligi, shuningdek, shimoliy tomonda 7 metr balandlikda saqlangan mudofaa devori aniqlangan.Hozirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanidagi Oqshaxon qal’a yodgorligida qazuv ishlari olib borilib, qal’aga kirish darvoza oldi labirint qismi o‘rganilmoqda.Toshkent viloyati Ohangaron tumani Suyurlitepa yodgorligi va uning atrof hududlarida statsionar qazishma ishlari olib borilib, mudofaa inshooti aniqlangan. Shuningdek, Suyurlitepa shahar qismidagi ichki yo‘llar tizimi, shaharning rabod qismida Qovunchi II madaniyatiga oid 3 ta mozor-qo‘rg‘on ma’lum bo‘lgan. Suyurlitepaning janubiy qismida ilk o‘rta asrlarga oid qishloq jamoasi manzilgohi ochib o‘rganilgan.O‘zbek—Rossiya qo‘shma ekspeditsiyasi tomonidan Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlari hududida, Markaziy Farg‘ona cho‘llarida qadimgi tosh davri – neolit jamoalari tomonidan qoldirilgan topilma joylar o‘rganilgan. Ulug‘nor, Sho‘rko‘l kabi qadimgi ko‘llar hududida neolit davri mikrolit qurollari aniqlangan hamda hudud polinalogiyasini aniqlash maqsadida namunalar olingan.
Xulosa Ma’lumki, O’rta Osiyoda tarixchiligimiz rivoj topganga qadar, birinchidan, tarixni ishlab chiqarish usullariga ko’ra davrlarga bo’lish yo’q edi. Ikkinchidan, aholi O’rta Osiyoga Eron va Shimoliy Hindiston hududlaridan kirib kelgan, deb taxmin qilinar edi. O’rta Osiyoda quldorlik davri ham guyo bo’lmagan, umuman «Eng qadimgi zamonlardan tortib, so’nggi Buxoro amirlari zamonigacha» O’rta Osiyo xalqlarining hayotida o’zgarish bo’lmagani kabi tuhmat fikrlar aytilinib kelinar edi. Ammo, bu kabi tarixni xaspo’shlovchi ta’limotlarga katta arxeologik manbalar asosida xotima berildi. Asrimizning 30-yillariga kelib, tarixni haqqoniy davrlashtirish masalasi arxeologlar oldidagi muhim vazifalardan biri bo’lib turar edi. Shu maqsadda keng ko’lamda arxeologik tekshiruv ishlarini olib borish taqoza qilinar edi. Bu borada O’rta Osiyo arxeolog olimlari, xususan, A.Yu.Yakubovskiy, G.V.Grigorev, S.P.Tolstov, M.E.Masson, Ya.G’.G’ulomov, V.A.Shishkinlar katta tadqiqot ishlarli amalga oshirdilar. Ular, dastlab O’rta Osiyoning bir necha tumanlarida jiddiy arxeologik qidiruv ishlari olib bordilar. Aytish o’rinliki, o’sha yillari Sankt-Peterburg, Moskva olimlarining maxalliy arxeologlar bilan hamkorlikda bajargan ishlari yaxshi ilmiy samara berdi. Bu ilmiy ishlarning hammasi O’rta Osiyo xalqlarining boshqa xalqlar singari ibtidoiy davrlardan buyon mustaqil tarix yaratib kelayotgan va mustaqil ma’naviy, madaniy an’analarga ega bo’lgan xalqlar ekanini asoslab berishga qaratilgan ishlar edi. 20-30 yillarda O’rta Osiyoning katta xududlarida qator muhim arxeologik tadqiqot ishlari olib borildi. Jumladan, Turkmaniston madaniyat instituti qoshida tashkil qilingan arxeologik sektsiya tomonidan uyushtirilgan ekspeditsiya Janubiy Turkmanistonda, Katta Balxan tumanlarida dastlabki qidiruv ishlarini boshlab yubordi. Xususan, A.A.Marushenko va S.E.Ershovlar Kaspiy bo’ylaridan to Amudaryogacha bo’lgan hududlarda tekshiruv ishlari olib bordilar va ko’ngina ibtidoiy davr yodgorliklarini hisobga oldilar. E.M.Masson raqbarligidagi Termez arxeologiya ekspeditsiyasi Surxondaryo viloyatining bir necha joylaridan turli davrlarga, ayniqsa, tosh asri makonlarini topishga erishdilar. A.N.Bernshtam rahbarligida uyushtirilgan Ettisuv eksneditsiyasi ham ko’pgina arxeologik yangiliklarni qo’lga kiritdi.O’rta Osiyo qadimgi tarixini, xususan, ibtidoiy davr arxeologiyasini o’rganishda S.P.Tolstov va keyinchalik uning shogirdlari Ya.G’.G’ulomov, A.V.Vinogradov singari olimlarning bajargan tadqiqotlari samarali bo’ldi. Jumladan, Xorazm arxeologik, etnografik kompleks eksleditsiyasi katta kashfiyotlar qilib, O’rta Osiyo xalqlarining jahon tsivilizatsiyasi taraqqiyotidagi munosib o’rnini oydinlashtirib berdi. Katta Farg’ona kanali qurilishi munosabati bilan tashkil qilingan E.M.Masson rahbarligidagi zkspeditsiya, hamda V.A.Shishkin rahbariligidagi Quyi Zarafshon ekspeditsiyalarining ish samaralari aytarli edi. Bu ekspeditsiyalar ibtidoiy, qadimgi va O’rta asrlar tarixini ifodalab beruvchi boy manbalarni qo’lga kiritishga erishildi.1939 yildan boshlab arxeolog ilmiy kadrlarni aspirantura orqali tayyorlash boshlandi. Shu yilning o’zida 26 ta ilmiy tadqiqot institutlari tashkil qilingan edi. 1940 yilda O’zbekistonda Fanlar Akademiyasining bo’limi ochildi. Bunday bo’limlar boshqa qardosh respublikalarida ham tashkil qilingan edi. Keyinchalik, shu asosda O’rta Osiyo respublikalari fanlar akademiyalari vujudga keldi. Fanlar akademiyalari qoshida ochilgan tarix institutlari tarkibida arxeologiya bo’limlari tashkil topdilar. 1940 yilda O’zbekiston Milliy Universiteti tarix fakulteti qoshida arxeologiya kafedrasi tashkil qilinib, kadrlar tayyorlash borasida bu markaz muhim rol o’ynadi. Ko’pgina muzeylar arxeologiya ishlariga jalb qilindi. Turli ilmiy markazlarda ishlovchi olimlarning hamkorlik ishlari yo’lga qo’yildi. Jumladan, Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Kiev singari ilmiy markazlardan olimlar O’rta Osiyoga kelib ishlab ketadigan bo’ldilar. Arxeolog olimlarning o’zaro hamkorligi yaxshi samara beraboshladi. Taklif qilingan olimlar yirik ekspeditsiyalar tarkiblarida ishtirok qilishib, fan yutuqlaridan bahramand bo’lish ishlari yo’lga qo’yildi. Bu kabi tadbirlar arxeologik dala qidiruv ishlarini ancha jonlantirdi, ilmiy, uslubiy tajribalar orta bordi. Masalan, 40-yillarning boshlariga kelib, yangi qurilish joylarda 8 ta arxeologik kuzatuv eksneditsiyalari faoliyat ko’rsatdi. Xullas, bu eksneditsiyalar ishlari yaxshi natijalar berdi. Xususan, O’rta Osiyo xalqlarining ilk davr tarixidan O’rta asrlargacha bo’lgan tarixiy jarayonni ifodalab beruvchi boy manbalar qo’lga kiritilindi. Bu vaqtga kelib, ilmiy ekspeditsiyalarning diqqat e’tibori ibtidoiy tarixni o’rganish, O’rta Osiyo xalqlarining madaniyat tarixini davrlashtirish, xronologiyasini belgilash va etnogenez kabi muammolarga qaratildi.