Mavzu: Osiyolik mashhur arxeologlar haqida Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 72,5 Kb.
səhifə1/5
tarix21.12.2023
ölçüsü72,5 Kb.
#188889
  1   2   3   4   5
Osiyolik mashhur arxeologlar 2(1)




Mavzu: Osiyolik mashhur arxeologlar haqida


Reja:


I. Kirish


II. Asosiy qism

2.1 O`rta osiyolik arxeologlar haqida


2.2 Arxeolog,professor, tarixchi olimlarning hayotiy faoliyatlariga nazar
2.3 O`rta osiyolik arxeologlarning erishgan yutuqlari


III. Xulosa


IV. Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish

O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan ilk yillardan boshlab mazkur hududda kechgan davlatchilik jarayonlari hamda o’zbek davlatchiligi tarixini o’rganish dolzarb masala darajasiga ko’tarildi. Xalqimizning o’z tarixi va milliy qadriyatlarini o’rganishga bo’lgan ehtiyojidan kelib chiqib, ajdodlarimizning turli moddiy ma’naviy yodgorliklarni tadqiq etish ishlari qo’llab quvvatlanmoqda. O’zbekiston Respublika rahbariyati bu borada tashabbuskorlik ko’rsatib, tarixchi, arxeolog va sharqshunos olimlar oldiga xalqimizning qadim tarixini qaytadan, haqqoniy ravishda yaratish vazifasini qo’ydi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 iyulda “O’zR FA Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to’g’risida”gi qarori e’lon qilindi. 1998 yil 11 avgustda bo’lib o’tgan akademik Yahyo G’ulomov nomidagi “O’zbek davlatchiligi tarixini o’rganish” Respublika ilmiy seminarida tayyorlangan “O’zbek xalqi davlatchiligi tarixi konsepsiyasi” loyihasi ushbu masalaga jiddiy e’tibor qaratilganligidan dalolat beradi. Shuningdek, 2016 yil 30 dekabrda O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizning yetakchi olimlari, ziyolilari, akademiklari, bir so’z bilan aytganda ilm ahli bilan uchrashib, ular bilan ilm-fanni yanada rivojlantirish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integrasiyasini amalga oshirish borasidagi ishlari, Respublikamiz Prezidentining “Moddiy madaniy meros obyektlarini muxofaza qilish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2018 yil 19 dekabr № 4068 qarori bu boradagi sezilarli qadam bo’ldi. Ta’lim yo’nalishi negizidagi mutaxassisliklarning vazifasi - talabalar bilimlarini chuqurlashtirish va arxeolgik tadqiqotlarni olib borish, arxeologiyaga kirish, Markaziy Osiyo arxeologiyasi, jahon arxeologiyasi va etnologiyasiga doir bilimlar, arxeologik obyektni aniqlash, davriyligini belgilash, zarur adabiyotlar va manbalar tahlili, ularni klassifikasiyalash, arxeologiyada zamonaviy qurilmalarni o’rganish va amalda qo’llab ko’rish, dala etnografik tadqiqotlar va ularni olib borish usullari, etnogenez va o’zbek xalqining etnik tarixiga doir bilimlarni mustahkamlash hamda ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda bilimlarini oshirish va ko’nikma hosil qilishdan iboratdir.




Yüklə 72,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin