Mavzu: Ota-onalar majlisini tashkil qilish va o’tkazish metodikasi


Majlis o’tkazishda o’qituvchining pedagogik mahorati



Yüklə 32,39 Kb.
səhifə2/2
tarix16.05.2022
ölçüsü32,39 Kb.
#58196
1   2
111-Mavzu

Majlis o’tkazishda o’qituvchining pedagogik mahorati.

Pedagogik mahorat bu o‘qituvchi nutqining ravon va ta‘sirchan bo‘lishi, o‘tilayotgan mavzuga o‘quvchi diqqatini torta olishi, mavzuga mos ko‘rgazmalar ijod qilib va undan unumli foydalana olishi, har qanday sharoitda ham o‘quvchi qalbiga yo‘l topa olishini, har bir darsda bolaning qiziqish va faoliyatini rivojlantirishni ta‘minlaydigan kasbiy malakadir. Pedagogik mahorat – izlanish, ijodiy mehnat mahsuli. Pedagogik mahorat hamma o‘qituvchilar uchun bir qolipdagi ish uslubi emas, balki u har bir o‘qituvchining o‘z ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida yuzaga keladigan jarayondir. V.A. Suxomlinskiy o‘zining ―Chin insonni qanday tarbiyalash kerak‖ degan asarida ―O‘qituvchining mehnatini biror narsa bilan qiyoslab ham, taqqoslab ham bo‘lmaydi‖. To‘quvchi bir soatdan keyinroq o‘z ishining hosilini ko‘radi, po‘lat erituvchi bir necha soatdan so‘ng olovdagi metal oqimidan shodlanadi. Bu uning orzusini yuksak cho‘qqisi; yer haydovchi, don sepuvchi g‘allakor bir necha oydan keyin dalada o‘stirgan boshoqlari va bir siqim donidan zavqlanadi. O‘qituvchi esa o‘z ijodining mahsulini ko‘rish uchun yillab mehnat qilishi kerak. O‘qituvchi har bir daqiqa, har bir soniyada o‘zining o‘ttizta yoki qirqta o‘quvchisidan har birini ko‘rib turishi, u shu daqiqada nimalar o‘ylayotganligini, qanday g‘am-alamlar uni tashvishlantirayotganligini bilishi kerak-degan fikrlarni bayon etadi. Pedagogik mahorat bir qator komponentlardan tarkib topadi. U pedagogika va psixologiya bo‘yicha ilmiy bilimlarni, ya‘ni kasbiy bilimlar, kasbiy qobiliyat, pedagogik etika va pedagogik texnikani o‘z ichiga oladi. Pedagogik mahoratning asosiy negizi bu – kasbga oid bilimlarni puxta o‘zlashtirishdan iboratdir. O‘qituvchi o‘quv yurtidayoq ilmiy bilimlar sistemasini puxta egallab olishi kerak. Pedagogik mahoratni egallashda psixologiya va pedagogika faniga doir bilimlar katta rol o‘ynaydi. Ilmiy psixologik va pedagogik bilimlar sistemasining mavjudligi o‘qituvchiga faqat o‘z sinfini hamda ayrim o‘quvchilarni o‘rganish va ularning to‘g‘ri fe‘l atvorlarini tushunishgagina emas, balki bolalar jamoasi va uning har bir a‘zosini rivojlanish istiqbolini ham belgilash imkonini beradi. Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o‘qituvchi pedagogik mahoratga ega bo‘lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi. Ijodkorlik hamisha uning hamkori bo‘ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste‘dodli kishidagina pedagogik mahorat bo‘lishi mumkin, qobiliyat esa faoliyat jarayonida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Qobiliyatli va mahoratli o‘qituvchi oldida esa hozirgi kun talabi asosida vatanimiz ravnaqi uchun xizmat qila oladigan, buyuk vatanni dildan sevadigan va bu yo‘lda o‘z jonini ham ayamaydigan yoshlarni vatanga mehr – muhabbat ruhida tarbiyalash vazifasi turadi. Uzluksiz ta‘lim tizimini isloh qilish muammolari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I. A. Karimov: «O‘qituv‘chi va murabbiylarning hayotiy talablarini qondirish, ularni rag‘batlantirish, ularning o‘z ishi, kasbidan mamnun bo‘lishini ta‘minlashimiz lozim va ... bu masalani yechmasdan turib, kelajak avlod tarbiyasi to‘g‘risida gapirishning o‘zi mutlaqo nomaqbuldir»,-deb ta‘kidlagan edi. «Ta‘lim to‘g‘risida»gi va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» o‘qituvchilar oldiga juda katta va mas‘uliyatli vazifalar yukladi. Bu esa o‘qituvchilardan o‘z ustlarida muntazam tinmay ishlashlari va yosh avlodni o‘z Vataniga, xalqiga munosib insonlar qilib tarbiyalashni talab etadi. O‘qituvchilik kasbi ulug‘ va sharafli, murakkab, o‘z o‘rnida mas‘uliyatli kasblardan biridir. Dunyodagi barcha insonlarni komil bo‘lib yetilishiga o‘qituvchi sababchi bo‘ladi. Barcha joylardagi hamma kasb-hunar, ilmli, olimu-fuzalolar o‘qituvchining mehnati samarasidir. O‘qituvchi mehnatini biror narsa bilan taqqoslab bo‘lmaydi. O‘qituvchilik kasbini egallashga intilayotgan har bir inson o‘zida avvalo iroda, sabr-matonat, pedagogik mahoratni, o‘qituvchilik ixtisosligiga xos bilim, malaka, ko‘nikmalarni egallashi lozimdir. Mahoratli o‘qituvchi o‘zini mahorat egasi sanasa u quyidagi bilim, ko‘nikma, malakalarni egallagan bo‘lishi zarurdir. 1.O‘qituvchi dunyoqarashi keng, hamma voqea, hodisa ustida erkin fikr yurita olishi zarurdir. 2. Mustaqil O‘zbekistonimiz o‘qituvchisi birinchi galda o‘zi o‘qitadigan fanni chuqur egallagan bo‘lgandagina o‘quvchilarda umumiy va kasbiy ta‘lim sifatini oshira oladi va ularda fan - texnika hamda amaliy faoliyatga qiziqish va istak hosil qila oladi. 3.O‘qituvchi hozirgi zamon fan-texnika talabiga muvofiq yaxshi dars berishi va uning har minutidan unumli foydalanishi zarur. 4.O‘qituvchi yaxshi o‘qituvchi bo‘lishi uchun pedagogika, psixologiyaga qo‘shib, o‘z fanining metodikasini yaxshi bilmog‘i lozim. 5.O‘qituvchining umumiy madaniyati yuqori bo‘lishi bilan birga bu kasb adabiyot va san‘at sohasidagi bilimlarga ega bo‘lishni talab qiladi. 6.O‘qituvchi pedagoglik odobiga rioya qilishi kerak. Pedagoglik odobi o‘qituvchilik kasbiga xos fazilatlardan bo‘lib, u o‘qituvchining bolalar bilan ishlashi jarayonida uning tajribasi mahorati oshadi. 7. O‘qituvchi pedagoglik mahoratiga va har tomonlama bilimga ega bo‘lishi kerak, chunki unga o‘quvchilar har sohada murojaat qilishlari mumkin. 2. O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimovning 2013 yil 1- oktyabrda yurtimiz o‘qituvchi va murabbiylariga bayram tabrigida ―Eng asosiysi, bunday ishlarimiz avvalo institut va universitetlarimizdagi o‘quv jarayonlarini, ularning yuksak talablarga javob beradigan malakali kadrlar tayyorlash salohiyatini dunyodagi ilg‘or oliy o‘quv yurtlari darajasiga ko‘tarish, ushbu bilim dargohlarida fidokorona mehnat qilayotgan domlalarni nafaqat moddiy va moliyaviy nuqtai nazardan rag‘batlantirish, balki ularning nufuzi va hurmat-e‘tiborini oshirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Bugungi kunda yurtimizda barpo etilgan, o‘zaro uzviy bog‘lanib, bir-birini to‘ldiradigan, uch bosqichdan iborat uzluksiz ta‘lim tizimini – bu umumta‘lim yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi bo‘ladimi, oliy ta‘lim sohasi bo‘ladimi – bularning barchasini yagona bir g‘oya, umumiy bir maqsad birlashtirib turganini hammamiz yaxshi anglaymiz. U ham bo‘lsa, jondan aziz farzandlarimizni jahon ilm-fani cho‘qqilarini zabt etgan, chuqur bilim va o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan yetuk inson va mutaxassislar etib tarbiyalash, barcha kuch va imkoniyatlarimizni shu yo‘lda safarbar etishdir, desak, oldimizda turgan buyuk vazifaning ma‘no-mazmunini ifoda etgan bo‘lamiz‖1 deb ta‘kidlashi pedagogik kadrlarning malakasini oshirish o‘qituvchilar uchun ham ulkan vazifalarni belgilab berdi. Albatta ushbu vazifalarni amalga oshirishda o‘quvchilarning pedagogik mahoratini oshirish muhim hisoblanadi. Chunki, pedagogik mahorat o‘qituvchining nazariy-metodik tayyorgarligi, qobiliyati, malakasini muntazam va mukammal oshirib borish uning pedagogik mahorati va ta‘lim sifatini oshirishga oid bilimlarni rivojlantiradi. Albatta bunda o‘qituvchi o‘z faoliyatida ta‘lim islohotlarini ilmiy asoslangan holda amalga oshirishi, uslubiy jihatdan yondoshishi, eng murakkab ishlarni bajarishi, shaxsni kamolga yetkazish, ma‘naviy-kasbiy ehtiyojlarini qondirish va rivojlantirishga e‘tibor qaratish muhim hisoblanadi. Chunki, pedagog mahoratni oshirish, o‘qituvchi oldiga yangi talablar qo‘yish, aniq maqsadlarni ishlab chiqish mazmuni o‘quv jarayonining noan‘anaviy shakllari va usullari, dars beruvchilar tarkibi va o‘quv bazasini takomillashtirishni taqozo etadi. Pedagogik mahoratni oshirishda o‘qituvchilarning mustaqil ta‘lim egallashi yetakchi o‘rinni egallaydi, chunki o‘qituvchilarning mustaqil ta‘lim egallashi o‘qitish mazmunining metodik darajasini oshiradi. O‘qitish jarayonini amalga oshirishda o‘qituvchilarda tajribaga ega bo‘lgan tanqidiy tafakkur shakllanadi. Ularda pedagogika nazariyasi va metodikaga oid bilimlar rivojlanadi. Bugungi kunda o‘qituvchilar, xalq ta‘limi xodimlari, o‘qituvchilar, maktab va ta‘limni boshqaruv rahbarlarining faoliyatini takomillash-tirish, ta‘lim-tarbiya sohasidagi mahoratini yuksak darajaga ko‘tarish muhim hisoblanadi. Chunki pedagogik kadrlarga qo‘yiladigan talablar kundan-kunga o‘sib bormoqda. Buning uchun o‘qituvchi o‘z fanini chuqur egallagan bo‘lishi bilan birga xalq hayoti, manfaatlari, so‘rovlari va ehtiyojlariga xizmat qilishi muhimdir. Ayniqsa, XXI asr yoshlarining ma‘naviy dunyosini yaxshi bilishi va ularda mustaqil fikrlash, milliy ong va tafakkurni tarbiyalash o‘qituvchining asosiy vazifasidir. O‘qituvchilar tarbiya jarayoni mazmuni, shakllari va usullarini pedagogik, axborot, kompyuter texnologiyalari asosida amalga oshirishi pedagogik mahoratning asosi hisoblanadi. O‘qituvchining mahorat xususiyatlari uning faoliyatida shakllanadi. Demak, pedagogik mahorat bu uning shaxsiy faoliyatining mohiyati hisoblanadi. Bu uning yetukligi va kasbiy burchini namoyon etadi. Pedagogik mahoratning yuqori darajada bo‘lishi oliy o‘quv yurtlari, akademik liseylar, kasb-hunar kollejlari rahbarlari va maktabning barcha o‘quv fanlari o‘qituvchilari, bolalar bog‘chalari tarbiyachilarining ta‘lim-tarbiya faoliyati bilan bog‘liq. Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, inson qalbiga yo‘l, avvalo, ta‘lim-tarbiya beruvchi o‘qituvchi mahoratidan boshlanadi. Shuning uchun ham o‘qituvchi ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosdan foydalanishi, buyuk zotlarning olijanob mehnatini hurmat bilan o‘quvchilarga tushuntirishi yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas‘uliyatli vazifani ado etishda muhim hisoblanadi. Yoshlarning ma‘naviy dunyosini shakllantirishda ularning xizmati naqadar beqiyos ekanini yaxshi tasavvur qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Bu yorug‘ olamda har bir odam o‘zining mehribon ustoz va muallimlariga nisbatan hamisha minnatdorlik tuyg‘usi bilan yashaydi. Demak, o‘qituvchi o‘z umri davomida qanday yutuq va natijalarga erishmasin, bevosita uning faoliyatida o‘quvchining yetuk shaxs va malakali mutaxassis bo‘lib shakllanishi ulkan ahamiyatga ega. Shu jihatdan ham o‘qituvchilarda birinchi navbatda o‘qituvchilarda boshqaruv psixologiyasini shakllantirish muhim o‘rin tutadi. Chunki, tashkilotchilik va boshqaruvchilik o‘qituvchi pedagogik mahoratining asosini tashkil etadi. Sinf rahbarining boshqaruvi ta‘limning samarador bo‘lishida jamoaga va ba‘zi bir o‘qituvchilarga doimiy ta‘siri natijalarini namoyon etadi. O‘qituvchi uchun har bir sinf boshqaruv obyekti hisoblanadi. Uning o‘ziga xos parametrlari mavjud. Bizga ma‘lumki, har bir o‘quvchi – o‘zining qobiliyatlari, did-farosati, maqsadlari bilan shaxs hisoblanadi. Shu jihatdan ham o‘qituvchi boshqaruv jarayonida o‘z o‘quvchilarini turli topshiriqlarni bajarishga, o‘quv materiallaridan foydalanishga, voqyea va hodisalarni tushunish kabilarni amalga oshirishda faol bo‘lishga o‘rgatishi lozim. Shu bilan birga bir vaqtning o‘zida o‘qituvchi gaplashib o‘tirgan o‘quvchilarga e‘tibor qilmasdan ularning diqqatini hisobga olgan holda o‘quv materiallarini tushuntiradi. Keyingi mavzuni boshlash uchun vaqtning yetarli ekanligini, hozirgi o‘tilgan mavzu bo‘yicha savollarga kimlar javob berishini aniqlaydi. O‘qituvchining faolligida kechiktirib bo‘lmaydigan holatlar ham uchrab turadi. Chunki, sinf turli voqyealarga boy va ba‘zi bir jarayonlarda kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarga ega. Bunday sharoitda o‘qituvchi tezlik bilan o‘quvchilarning gap tashlashlari, sukut saqlashlari, urush va kulishlari, xafachilik va tushunmasliklarini e‘tiborga olib, ular bilan axborot almashib turishlari o‘z samarasini beradi. Boshqaruvda muloqotning oshkoraligi muhim o‘rin tutadi. O‘qituvchi va o‘quvchilar doimo o‘zlarini sahnada yurgandek his etadilar. Har bir so‘z va harakatga atrofdagilar baho berishadi. O‘qituvchining to‘g‘riligi, uning haqiqatgo‘yligi, uning yaxshi ko‘radiganlari bormi yoki yo‘qligini o‘quvchilar kuzatadilar. Shu jihatdan ham muloqot oshkoraligi qabul qilingan normalar va belgilangan qoidalar asosida amalga oshiriladi. O‘qituvchi - o‘z o‘quvchilarini u yoki bu vaziyatda qanday tutishi kerakligiga ishonch hosil qilishi kerak. Sinf faoliyatidagi o‘zaro munosabatlar o‘qituvchi yoki o‘quvchining ba‘zi bir xatti-harakatlari, ilgari bo‘lib o‘tgan voqea-hodisalarga bog‘liq. O‘quvchining doimiy darsga kech kelishini birinchi martadagidan ko‘ra boshqacha qabul qilishadi. Albatta bunday holatlarda o‘zaro yordam va hamkorlik tashkil etish muhim. O‘qituvchi uchun eng asosiy vazifa boshqarish hisoblanadi. Ushbu qo‘yilgan maqsad sinfdagi o‘quvchilarning bir-biriga bo‘lgan o‘zaro yordamini oshirish, bolalarni o‘qitishda hamkorlik, topshiriqlarni bajarishda kichik guruhlarni tashkil etish o‘z samarasini beradi. Tarbiya jarayonini boshqarishning muhim xususiyatlaridan biri ongli va reja asosida ta‘sir qilishdir. Tarbiya beruvchi va tarbiya oluvchi o‘rtasidagi boshqaruv aloqalarining amaliy holatga ega ekanligiga alohida e‘tibor qaratish o‘quvchining ijobiy holatlariga, qobiliyatlarini rivojlantirishga asos bo‘ladi. Ya‘ni boshqaruv tizimida ma‘lum bir shart-sharoitlarda berilgan topshiriqlarni bajarish turli xil ichki va tashqi sabablarga qaramasdan belgilangan vazifalarni qo‘llab-quvvatlash, belgilangan vazifalar harakati tizimini saqlash qobiliyatiga ega bo‘lish, qat‘iylik kabilar kamol topadi. Boshqaruv jarayonida harakat, natija, yangi maqsad tizimining shakllanishi o‘quv-tarbiya faoliyati samaradorligini oshiradi. Tarbiya jarayonining boshqarish samaradorligi ma‘lum bir talablarni amalga oshirishda namoyon bo‘ladi. Ular quyidagilardan iborat: - tarbiya maqsadlarini shakllantirish; - tarbiyani boshqarish jarayonida sinf o‘quvchilari holatini o‘rnatish; - tarbiya jarayonida asosiy masalalarni harakatga keltiruvchi dastur ishlab chiqish; - tarbiya jarayoni holati haqidagi axborotlarni ma‘lum parametrlar bilan qabul qilish; - axborotlarni qayta ishlab ularni tahlil qilib, tarbiya jarayonida foydalanish. O‘qituvchi o‘z faoliyatida maxsus fanlarni chuqur egallash bilan chegaralanib qolmay, balki pedagogikaning metodologik va nazariy asoslarini chuqur tahlil etishi va mustaqil yo‘nalishga ega bo‘lishi va kasbiy maqsadni ko‘zlashi zarur. O‘qituvchining pedagogik mahorati uning mustahkam bilimlari va tashkilotchiligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda yurtimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarni har tomonlama kamolga yetgan, barkamol inson qilib tarbiyalash, ularda iymon, e‘tiqod, mehr, vatanparvarlik, do‘stlik, insonga cheksiz muhabbat, muruvvatlilik, qanoatlilik, sabr-toqatlilik, saxiylik, milliy g‘urur kabi fazilatlarni shakllantirishda o‘qituvchilarning pedagogik mahorati benixoyat kattadir. Chunki, o‘qituvchining pedagogik jarayonlarini tashkil etish mahorati tarbiya jarayonlarini tashkil etish asosida komil insonni voyaga yetkazadi. O‘qituvchi tarbiya orqali o‘quvchilarning ongi va irodasini o‘stirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga insoniyat taraqqiyotining turli bosqich-larida o‘ziga xos mazmunini amalga oshiradi. Ya‘ni, o‘qituvchi bolaga yoshlikdan tarbiya berib, katta bo‘lganda baxtli bo‘lishini ta‘minlaydi. O‘quvchilarni ma‘naviy boy, jismoniy jixatdan sog‘lom qilib tarbiyalashda, tarbiyaviy darajasini aniqlashda o‘qituvchi chuqur bilim, keng maxorat va tarbiyachilik-san‘atini namoyon etadi. Albatta bunda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, islom ta‘limoti, o‘zbek milliy urf odatlariga amal qilish asosida o‘quvchi shaxsini shakllantiradi. Shuni aloxida ta‘kidlash kerakki tarbiyaviy jarayon ongli, ma‘suliyatli faoliyat bo‘lib, unda tarbiyachi tarbiyalanuvchilarni komil inson qilib yetishtirishda unga xar tomonlama ta‘sir ko‘rsatadi. Tarbiyachi o‘quvchilar jamoasining tarbiyaviy darajasini o‘rganib, unga ta‘sir ko‘rsatish maxoratiga ega bo‘lishi, tarbiyaviy tadbirlarni o‘quvchilarning ruhiyatiga qanchalik ijobiy ta‘sir etganini kuzatib, uni yanada rivojlantirishi, takomillashtirishi, tarbiyaviy ishlarni samaradorligini oshirishda o‘z bilimini va mahoratini boyitib borish lozim. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish tarbiyachi-o‘qituvchilarga katta ma‘suliyatni yuklaydi. Bu jihatdan o‘qituvchining pedagogik mahorati davr talabiga javob bermog‘i lozim. Shuni alohida ta‘kidlash kerakki jarayonida o‘qituvchining iste‘dodi, ilmi va tajribalari xar bir bola, o‘smir va yosh yigitning betakror va o‘ziga xosligini xurmat-lash, uning ijtimoiy xuquqiy va erkinliklarining e‘tiborga olish imkoniyatini beradi. O‘qituvchi tarbiya jarayonida milliylikning o‘ziga xos an‘ana vositalariga tayanishi, jaxon madaniyatining ilg‘or tajribalariga asoslanishi, o‘quvchilar faoliyatida tarbiyaviy jarayonning asosini tashkil qilish, qiziqarli, to‘laqonli bolalarning yosh jixatlarini e‘tiborga olib, ular faoliyatiga mos xayot iqlimini yaratish, mehnat, xayriya, ijtimoiy foydali, ijtimoiy ko‘ngilochar va shunga o‘xshash tadbirlar tashkil etish lozimki, natijada o‘quvchilar o‘zlari xoxlagan ishga qo‘l ursinlar, muvaffaqiyat xissini tushunib o‘zlariga ishonchlari ortsin, axloqan barqaror bo‘lsin. O‘qituvchi o‘zining tarbiyachilik maxoratida milliy istiqlol ozod va obod vatanga muxabbat va insonparvarlik, ma‘naviy-axloqiy tarbiya, iqtisodiy tarbiya, ekologik tarbiya, nafosat tarbiyasi, jismoniy tarbiya, komil insonni voyaga yetkazish kabilarga e‘tibor berishi lozim. Demak, o‘qituvchi jamiyat xayotida yetakchi o‘rin tutuvchi, murakkab shaxs strukturasiga ega bo‘lgan insonning kasbiy qiyofasidir. Ijtimoiy turmushning barcha soxalarida erishilgan yutuqlarning zaminida uning mexnatining natijalari yotadi. O‘qituvchilarning pedagogik, psixologik tayyorgarligi va bilimlar integrasiyasi, muomala madaniyati, psixologik vaziyatlarni e‘tiborga olish kabilar kuchli bo‘lishi kerak. Yuksak saviyali, zo‘r mahoratli tarbiyachilargina xalq orzusidagi barkamol insonni tarbiyalaydi. Shu maqsadda ko‘ngilga eng oliy orzulari jamlab, o‘qituvchi ter to‘kib ishlaydi. Ularning mexnatni xurmat qilib, bergan bilimlarni egallamoq kerak. Bexbudiy aytganlaridek: ―Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir‖. Ibn Sino ta‘kidlaganidek ―Kimga qanday pandu nasixat qilsang, unga avvalo o‘zing amal qil‖. Xalqimizda tarbiyachilik san‘ati qadimdan juda yuksak darajada rivojlangan. Sharq mutafakkirlari, pedagogik olimlari barkamol insonni yetishtirish uchun tarbiya naqadar zarurligini, uning moxiyatini va mazmunini asoslab berganlar. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning milliy va nazariy asoslari mavjud bo‘lib, o‘qituvchilar o‘zlarining tarbiyachilik faoliyati jarayonida; - mustaqillik tufayli o‘zbek xalqining milliy, diniy qadriyatlarning keng ro‘yobga chiqishi; - ma‘rifatparvarlik va jadidchilik xarakatining tarixiy asoslari; - ona tilimiz, uning sofligini asrash; - Turkiston xalqlarining avlod-ajdodlari yaratgan xalq og‘zaki ijodiyotining milliy tarbiya vositasi sifatida qo‘llanishini yuzaga chiqarish va keng foydalanish; - xalqimiz yaratgan milliy urf-odatlar va an‘analarimizdan keng foydalanish; - Qur‘oni karim va xadisi sharifdagi inson kamoloti xaqidagi g‘oyalarni yoshlarga o‘rgatish; - ma‘rifatparvar, mutafakkirlar, milliy qaxramonlar faoliyati, ularning asarlarini o‘rganish, ilg‘or tarbiyaviy ta‘sir ko‘rsatuvchi ta‘limotlarga amal qilish va boshqalar. Yuqoridagi yo‘nalishlardan bizga ma‘lum bo‘ladiki, buyuk ajdodlarimiz yuksak taraqqiy topgan davlat barpo etgani va bu mamlakatda ―Kuch adolatda‖ – degan bosh shoir davlat siyosatining, jamiyat xayotining asosi bo‘lganini yaxshi bilamiz. Bu 86 g‘oya odamlarga kuch bergan, ularda insof diyonatga, ezgulikka ishonch uyg‘otgan. Demak, jamiyatda adolat barqaror bo‘lsa, millat hyech qachon adashmaydi. Ertami kechmi farovon turmushga erishadi. Adolat biz qurayotgan jamiyat mezoni bo‘lmog‘i darkor. Albatta bunda o‘qituvchining bilimi, maxorati beqiyosdir. O‘qituvchining bilim darajasi, sharqona fikr yurita bilishi, ish bilan xarakatining birligi o‘quvchilarining ijodiy fazilatlarini takomillashtirishda muhim o‘rin tutadi. Tarbiyaning yetakchi maqsadi sifatida asrlar davomida shaxsning har tomonlama kamolotga erishuvchi g‘oyasi asos bo‘lib qoladi. Shaxsning har tomonlama kamolotga erishishi, bu uning ayrim qirralari yoki xislatlarining to‘laqonligini, jismoniy, axloqiy, siyosiy, estetik qarashlari yig‘indisini o‘z ichiga oladi. O‘quvchilarning falsafiy dunyoqarashini shakllantirish, xayot mazmunini tushunib olishga ko‘maklashish, o‘z-o‘zini iroda va nazorat qila bilishni shakllantirish muhim axamiyatga ega, chunki ular o‘z shaxsiy turmushida maqsadli yondashuv reja va amal birligiga erishadilar. O‘quvchilarni vatanimiz qadriyatlari, boy madaniyati bilan tanishtirish, ularda madaniy va diniy bilimlarni egallashga bo‘lgan talablarni shakllantirish, malakalarni oshirish, estetik tushunchalarni kamol toptirish o‘qituvchi mahoratida chuqur o‘rin egallashi lozim. O‘qituvchi har bir o‘smirning bilimdonliklarini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab ularni rivojlantirish, bolalar ijodkorligi, iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada qo‘llab-quvvatlash uchun shartsharoit xozirlashlari maqsadga muvofiqdir. Xalqimizning ―Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay‖ – degan naqlini o‘quvchilar qalbiga singdirish ma‘suliyati o‘qituvchiga topshirilgan. O‘qituvchining pedagogik faoliyatini samaraga ega bo‘lmog‘i uchun ko‘p jixatdan shaxs xususiyatlarining shakllanganligi, shaxs yo‘nalishini aniqlnganligi va kasbiy maxoratning tarkib topganligi bilan xarakterlanadi. Bugungi kunda ijtimoiy va iqtisodiy shart-sharoitning murakkab tus olishi yoki ta‘lim tizimiga nisbatan yangi talablarning yuzaga kelishi pedagoglarning o‘z faoliyatlarini tubdan o‘zgartirishga hamda izchil, aql zakovatni ishga solgan xolda ish tutishni taqozo etmoqda. Bu bir tomondan davr talabi ekanini, ikkinchi tomondan shart-sharoitga nisbatan tub burulish xosil qilish yoki shaxs faoliyatini yo‘naltirishda yangicha munosabatda ish tutish talab etiladi. Chunki, mamlakat ravnaqini ta‘minlashda ijobiy o‘zgarishlarning kiritilishi o‘qituvchining pedagogik mahorati bilan belgilanadi. O‘qituvchi o‘quvchining ichki dunyosini tushunish, boshqa odamlar bilan aloqa o‘rnatish, o‘quvchiga faol ta‘sir o‘tkazish, hamma bilan til topishib ketish, vazminlik, odamlarni ishontirish qobiliyati, bosiqlik va o‘zini tuta bilish, talabchanlik, qat‘iylik, g‘ayratlilik, chidamlilik, raxbarlik va tashkilotchilik, o‘zi va boshqalarning xulqini boshqarish, mustaqil va ijodiy fikrlashi muhimdir. O‘qituvchining pedagogik maxorati doimo o‘z-o‘zini nazorat qilish imkoniyatini tug‘diradi va uning samaradorligini ta‘minlaydi. O‘qituvchi shaxsiy xususiyatlaridan tashqari chuqur ilmiy saviyaga, so‘zlash madaniyatiga, yuksak odob axloqli bo‘lishi kerak. O‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan suxbatlarni yuqori saviyada tashkil qilishda, o‘qituvchi quyidagi madaniyat qirralariga ega bo‘lishi kerak. Ruxiyat madaniyati ya‘ni o‘quvchilarning ma‘naviy ehtiyojlariga to‘g‘ri ta‘sir ko‘rsatish. Maxorat madaniyati – har bir tadbirni zo‘r quvonch va qalbdan tashkil qilish. Siyosiy madaniyat – davr talabiga mos iqtisodiy, ijtimoiy bilimga ega bo‘lish. Ma‘naviy madaniyat – o‘quvchilarning ijodiy, ma‘naviy, badiiy faoliyatini tashkil qilishdir. Bundan tashqari, o‘qituvchi o‘zining tashqi ko‘rinishiga ham e‘tibor berishi kerak, toza-ozoda, ixcham kiyinishi kerak. Bundan tashqari oliy ma‘lumotli, chuqur bilim egasi o‘zining fanini puxta biladigan, yurt ravnaqi uchun jonini fido qilishga tayyor, o‘z shogirdlaridan bilimi, malakasini ayamaydigan, o‘quvchilarga aziz, do‘st, sirdosh, kollejning fidokor bo‘lmog‘i lozim.

O‘qituvchi tarbiya jarayoni yanada samaraliroq o‘tishi uchun turli xil ko‘rgazmalardan, texnik vositalardan unumli foydalanishi mumkin. Buyuk mutafakkirlarimizning noyob asarlari, ularning xikmatli so‘zlari, turli qaxramonlik lavxalari tasvirlangan rasmlar, odob – axloq mavzusidagi filmlar tarbiyaga ta‘sir qiladi. Insonni ma‘naviy barkamol qilib tarbiyalashda o‘zbek xalqining milliy va madaniy qadriyatlaridan foydalanish, manbaashunoslikka o‘rgatish maqsadga muvofiqdir. Tarbiyaviy tadbirlarni rejalashtirishda o‘quvchining ruhiyati, qiziqish jarayonidagi ijobiy va salbiy sifatlarning mavjudligi darajasiga e‘tibor berish, tarbiyaviy tadbirlarning sifat va samaradorligini oshirishda yangicha ishlash metodi va shakllaridan foydalanish san‘atiga ega bo‘lish o‘qituvchining pedagogik maxoratiga bog‘liq. O‘qituvchilarning bu mashaqqatli mehnatlarini qadrlagan xolda o‘quvchilarning o‘zlari ham yaqin yordamchi bo‘lishlari kerak. Shu o‘rinda Voiz Koshifiyning ―Agar shogirdlikning binosi nimaning ustiga quriladi deb so‘rasalar javob bergil: Iroda va sabr toqat, nimaiki ustoz istasa, uni jon qulog‘i bilan eshitib, chin ko‘ngil bilan qabul qilish, e‘tiqodli bo‘lishdir‖ degan so‘zlari o‘rinlidir. O‘qituvchilar mehnatining davlat tomonidan munosib tarzda taqdirlanishi ularning qobiliyatini yanada rivojlantiradi, ularning ijodiy faoliyati mukammallashadi, o‘z ustida olib borayotgan ishlari takomillashadi, o‘ziga berilgan mukofotga ijobiy javob beradi. Albatta bu o‘rinda har bir tarbiyachi pedagogik tashkilotchilik maxoratiga ega bo‘lishi kerak. Tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkillashtirish, darsdan so‘ng o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini taqsimlash kerak. Bunda o‘quvchilarning ota-onalari bilan yaqindan munosabatda bo‘lishlari kerak, ular bilan suhbatlarni quyidagi yo‘nalishlarda olib borilishi lozim: 1. O‘quvchining xarakter xususiyati, oiladagi o‘rni, mavqyei, ruhiy xolatini o‘rganishda. 2. Odob va axloqqa doir suxbat. (sharqona urf-odat, rasm-rusumlar, yangi chiqqan adabiyotlar). 3. Tarbiyasi murakkablashgan o‘quvchilarning ota-onasiga maslaxat berish, o‘qituvchining yakkama-yakka suxbati puxta, asosli va mantiqan boy bo‘lsa, otaonani unga ishonchini oshiradi-natijada erkin dil so‘zlari, maslaxat, o‘zaro yordam kabi bir xamkorlik xolati vujudga keladi. O‘qituvchi ota-ona va o‘quvchilar bilan yakkama-yakka faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun ota-onalar shaxsini, oilaviy axvolni bilish kerak. O‘qituvchi ota-onalar xaqida ma‘lumotga ega bo‘lgandan keyin ularning farzandlari xaqida ma‘lumotni aniqlab olish muhimdir. O‘qituvchining bolalarni to‘liq o‘rganishi, tarbiyaviy tadbirlarni mukammal ta‘sirchan uyushtirishga imkoniyat yaratadi. O‘qituvchi o‘z faoliyatida quyidagilarga e‘tibor berishi lozim: 1. O‘quvchilarda shakllanib kelayotgan ijobiy fazilatlarni tasvirlash, ularni bilim olishga qiziqtirish, rostgo‘y, ma‘rifatli, mexrli, do‘stlik, o‘z-o‘zini boshqarish, mehnatga munosabatini rivojlantirish. 2. O‘quvchilarning ruhiy quvvati va temperament turlarini ajrata olish. 3. O‘quvchidagi ijobiy va salbiy o‘zgarishlarini kuzatish va sababini o‘rganish. 4. O‘quvchidagi yolg‘on gapirish va boshqa salbiy sifatlarini aniqlash. Bolalar bilan turli sayoxatlar uyushtirish, kinoteatrlarga borish, o‘yinlar tashkil qilish, bayramlarga bag‘ishlangan kechalar o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Masalan: ―Gullar bayrami‖ ertaligini o‘tkazish o‘quvchilarning estetik xis tuyg‘ularini o‘stiradi. Bayramni o‘tkazishdan maqsad o‘quvchilarga yil fasllaridagi mavsumiy o‘zgarishlarni kuzatib borish, tabiatdagi o‘simliklar dunyosi, turli-tuman gullar, ularning o‘stirishi va boshqalari xaqida tushunchalar berishdir. Fan o‘qituvchilari har xil musabaqalar, bellashuvlar o‘tkazishlari ham o‘quvchining bilimiga bilim qo‘shadi, dunyoqarashini o‘stiradi, guruhdoshlari bilan aloqani mustahkamlaydi, mustaqil fikrlashga undaydi. Maktablarda tashkil qilingan har xil to‘garaklar ham o‘quvchilarning tarbiyasiga yaxshi ta‘sir qiladi. Qaysi o‘qituvchi tashkilotchi, yangiliklarga intiluvchan bo‘lsa, uning o‘quvchilari inoq, mehribon bo‘lib o‘sadilar. Ular do‘stlarining, ota-onalarining, o‘qituvchilarining, ilmning qadriga yetadigan barkamol inson bo‘lib ulg‘ayadilar. Davlatimizning eng buyuk maqsadi ham asli shudir. Demak o‘quv-tarbiya jarayonining natijalari o‘qituvchining mahoratiga, tashkilotchilik faoliyatiga va kasb ko‘nikmasiga bog‘liq ekan. Darsning samaradorligi ta‘limiy, rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi jarayonini oshirish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur: - o‘qituvchining ma‘naviy-axloqiy, siyosiy, ilmiy nazariy va metodik darajasini oshirish; - pedagogik mehnat sifatini, darsga tayyorlanishga ma‘sul munosabatni belgilash; - barcha o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha samarali nazoratni tashkil etish; - o‘quvchilarda o‘qishga ma‘suliyat munosabatini tarbiyalash bo‘yicha ular bilan ish olib borish, bilimlaridagi nuqsonlarning oldini olish, bilim, ko‘nikma va malakalarning yuksak sifatiga ega bo‘lishi uchun kurashish, bu ishga o‘quvchilarning o‘zini faol jalb qilish kerak. Bu yo‘nalishlarning har biri bo‘yicha aniq o‘ylab chiqilgan, ilmiy jihatdan asoslangan ishlar rejasi, pedagoglar jamoasi uning o‘quv-tarbiyaviy ishlari darajasidan kelib chiqadigan tizimi bo‘lishi zarur. Suhbatning yakuni barcha ko‘rsatib o‘tilgan tarbiyaviy qismlarini o‘z ichiga oladigan variant ham bo‘ladi. Bu qoidalarga rioya etish pedagogning so‘zlari o‘quvchilarga zarur ta‘sir ko‘rsatish uchun shart-sharoit yaratadi. Bundan tashqari pedagog eski fikr uchun yangi so‘zlar izlash va topishi darkor, ya‘ni ayni bir fikrni turlicha bayon qilishni bilishi zarur. Xozirgi zamon jamiyatining hamma soxasida har kimdan tashabbuskorlikni, ijodni, mustaqil fikrlashni talab qiladi. Pedagogik mahorat ijodkorlikning asosiy maydoni. O‘qituvchining asosiy pedagogik extiyoji-o‘rgatish, yetkazib berish, tarbiyalash, o‘qituvchining kamolotga yetkazishga qaratilgan. Shunday ekan, tarbiya jarayonini tashkil qilishga to‘g‘ri, yangicha yondashish turadi. Tarbiya jarayonida o‘qituvchi oldida muhim bir masala o‘quvchilarni bilim olishga jalb qilish, ularni olg‘a xarakatlantirishdir. Bu esa o‘qituvchi va o‘quvchilarni (o‘zaro) birgalikdagi mehnatga jalb qiladi. Buning uchun o‘qitishda majbur qilmaslik kerak. Pedagogik mahoratning qarashlaridan biri o‘quvchidagi qo‘rquvni yo‘qotish, uni erkinroq, dadilroq qilish, o‘zini kuchiga ishontirish, unga jiddiy, ijod qilishga qodir shaxs sifatida qarash. O‘qituvchining pedagogik mahorati – bu o‘quvchilar bilan hamkorlik ruhida ish olib borish, ularga aniq bir maqsad qo‘yib, bu maqsadning murakkabligiga va buni amalga oshirishga ishontirish-ularda o‘ziga bo‘lgan ishonchini, aniq, mushkul masalani ham yecha olish mumkinligini shakllan-tiradi. Tarbiya jarayonida quruq gap bilan chegaralanmay, o‘quvchi xotirasini shakllantirish, mantiq, tasavvur, fikrlay olishini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Chunki, o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini shakllantirish shaxsiy sifatlaridagi notekisliklarni, nuqsonlarni bartaraf qilishga yordam beradi. Ularda erkin fikr qilish kamol topadi. Natijada o‘qituvchi tarbiya jarayonida keraksiz, ortiqcha narsalarga to‘xtalmay, o‘z fikrini aniq, ravshan, lo‘nda tushuntirishi va shu bilan birga o‘quvchilarni individual va jamoa o‘z-o‘ziga baho berishga o‘rgatishi lozim.Tarbiya davomida o‘qituvchi shunday usullardan foydalanish kerakki, o‘quvchilar o‘zlarini shaxs sifatida xis qilishsin. O‘qituvchining pedagogik mahoratida uning tafakkuri va xarakatlari muhim o‘rin tutadi. Ular tarbiya markazi atrofida aylanib, yana unga qaytib keladi. Har bir tarbiya jarayoniga o‘zining, faqat unga xos bo‘lgan xissasini qo‘shadi. Zamonaviy tarbiya shaxsni rivojlantirish maqsadlarini amalga oshirish, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatida birgalikdagi o‘zaro bog‘liqligini ro‘yobga chiqarishni talab qiladi. Bu esa o‘qituvchidan ijodiy pedagogik tafakkur, pedagogik mahoratni talab qiladi. O‘qituvchining pedagogik mahorati uning ijodkorligiga, ko‘p qirrali bilimiga, bolalarni sevish faoliyatiga asoslanadi. Tarbiya jarayonida o‘qituvchining muvaffaqiyati uning nazariy va kasbiy tayyorgarligiga bog‘liq. Tarbiya jarayonida o‘qituvchi psixologik-pedagogik, metodik kitoblarni, jurnal va gazetalarni muntazam ravishda o‘qib borishi, badiiy adabiyotdan, har xil kinofilmlardan foydalanish kerak. Tarbiya jarayonida metodlar xar xil bo‘lishi mumkin. Bu o‘qituvchining ixtisosligiga, uning qiziquvchanligiga, ehtiyojlariga, intellektual faoliyatiga bog‘liq. Albatta bunda tarbiya jarayonining mazmunini taxlil qilish muhim ahamiyatga ega. Ular bir necha omillardan iborat. Bular: 1. Tarbiyaviy masalalar o‘quvchilarning jamiyatdagi voqyea-xodisalarga, atrofga bo‘lgan dunyoqarashini shakllantiradi. Ularda inson-parvarlik, vatanpar-varlik ruhini tarbiyalaydi. 2. Ilm oshiradigan masalalar–o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirishni o‘z ichiga oladi. 3. Bilish masalalari – tarbiya jarayonida o‘quvchilar fikrlashda mustaqil bo‘lishni, o‘qishda qiyinchiliklarni yengishni shakllantirish. O‘quvchilarni tarbiyalash o‘qituvchilarning ijodkorligiga va mahoratiga bog‘liq

Ota – onalar yig’ilishi maktab bilan ota – onalar hamkorligida olib boriladigan asosiy bosqich. Ota – onalar yig’ilishi o’quv yili davomida 4-5 marta o’tkaziladi. Yig’lishda sinfning o’quv – tarbiya masalalari muhokama qilinadi.

Ota-onalar yig’ilishi quyidagi bosqichda bo’lishi mumkin:



  • tashkillashtirilgan;


  • oraliq;


  • yakuniy;


  • maktabning umumiy yig’ilishi;

So'nggi paytlarda o'qituvchilar va ta'lim muassasalari rahbarlarining ta'lim muammolariga qiziqishi juda ko'paymoqda. Hozirgi ta'lim funktsiyalari qayta ko'rib chiqishni va takomillashtirishni talab qiladi. Ota-onalar yig'ilishi o'z vazifasini bajarishi uchun uni to'g'ri tashkil etish va o'tkazish muhimdir.

Ota-onalar o'qituvchilarining samarali yig'ilishi mavzuni aniqlash, materiallar, tegishli binolarni tayyorlash, ota-onalarga oldindan xabar berish va yig'ilish rejasini tuzishni o'z ichiga oladi. Ballarning har biri o'ziga xos nuanslarga ega, shuning uchun endi ularni batafsil ko'rib chiqamiz. Mavzular ta'rifi. Bu haqda ota-onangiz bilan maslahatlashish mantiqan. Qanday masalalarni yoki muammolarni ko'tarishni xohlashlarini aniqlash kerak. Uchrashuvdan bir necha hafta oldin ota-onalarga so'rovnomani bering va keyin ko'rib chiqish lozim. Ushbu usul bizga uchrashuvda nimaga e'tibor qaratish kerakligini aniq ko'rsatib beradi. Shuningdek, biz maktab psixologidan yordam so'rashimiz mumkin: undan guruh yoki sinfning yosh toifasiga qarab mavzular ro'yxatini tuzishini so'raymiz.

Amalga oshirish. Uchrashuvning davomiyligi 1-1,5 soatdan oshmasligi kerak. Ota-onalar yig'ilishi uchun aniq reja tuzishimiz kerak. Agar biz birinchi uchrashuvimizni o'tkazishni rejalashtirmoqchi bo'lsangiz, avval ota-onalar bilan tanishish, o'zimiz va sinf (yoki guruh) uchun kelajak rejalarimiz haqida bir oz gapirib berishimiz lozim. Ota-onalar yig'ilishining taxminiy rejasi quyidagicha:

Pedagogik ta'lim. Mavzu bo'yicha nutq so'zlash va uni muhokama qilish juda ko'p vaqtni talab qilmasligi kerak, chunki kechqurun, ishda band bo'lgan kundan keyin, ko'plab ota-onalar taqdim etilgan materialni etarlicha idrok eta olishmaydi. Ularga so'nggi o'quv adabiyotlari, qiziqarli kitoblar, filmlar va boshqalar haqida ma'lumot berish kerak.

Tashkiliy masalalar. Ekskursiyalar, ziyofatlar, dars kechalari, darsliklar sotib olish, maktab oshxonasida ovqatlanish, forma va poyabzal almashtirish va boshqalar kabi barcha muhim mavzularni muhokama qilish.

Ota-onalarning savollari. Uchrashuv oxirida istaganlar o'qituvchiga aniq savollar berishlari mumkin, masalan, bolalarining taraqqiyoti to'g'risida, baholarga qarab, sog'liq muammolari haqida va hokazolarni o'qituvchiga alohida murojaat qilishlari va u bilan muloqot qilishlari kerak.

Shaxsiy suhbatlar. Ba'zi ota-onalarning qiyin bolalari bo'lishi mumkin. Shu sababli, ularning ko'plari tanqidlar bo'lishini bilganlari uchun yig'ilishlardan qochishadi. Tarbiyachi ota-onalarga xavfsizlik hissi berib, ular sud qilinmasligini, balki yordam berishga harakat qilishlarini aniq ko'rsatib berishi kerak. Agar kerak bo'lsa, aniq ota-onalarga murojaat qiling va ularni maktabga emas, balki shaxsiy uchrashuvga taklif qilish lozim.

Ota-onalar yig'ilishida hamma narsani uddaladingizmi yoki yo'qmi deb o'ylang. Agar kerak bo'lsa, rejangizga bir oz o'zgartiring. Ota-onalarni yig'ilish sxemasiga zudlik bilan odatlantirish va ular bilan aloqa o'rnatish muhimdir. Kelajakda ular bilan muloqot qilish siz uchun juda oson bo'ladi.

Ota –onalar yig’ilishini o’tkazish muhim jarayon. Bunda ikkita tomon ya’ni o’qituvchi va ota – ona bir-birini tushinib, uchinchi tomon bo’lgan o’quvchining muammolarini hal qilishadi. Sinf rahbari ota-onalar yig’ilishi o’tkazish uchun tayyorgarlik ko’rish kerak!



Ota – onalar yig’ilishiga quydagicha tayyorgarlik ko’riladi. Ota-onalar yig’ilishini tashkil etish. Bu bosqichda sinf rahbari shu sinfda dars beradigan fan o’qituvchilaridan o’quvchilarning o’zlashtirish darajasi haqida ma’lumot to’playdi. O’quvchilarning yutuq kamchiliklarini yozib oladi. Ota –onalar yig’ilishini haqidagi xabarni o’quvchining kundalik daftariga yozmay, ularga taklifnoma bergan maqul.




Yüklə 32,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin