O„qish va yozish jarayonining psixofiziologik tavsifi. O‗qish ham, yozish
ham murakkab nutq faoliyati hisoblanadi.Bu jarayonlar kichik yoshdagi
o‗quvchidan iroda, aql, hatto jismoniy harakatni ham talab qiladi.
o‗quvchilarning idroki, xotirasi, tafakkuri va nutqini o‗stirishga katta
e‘tibor berish kerak;
fonematik eshitish
1
qobiliyatlarini o‗stirish muhim. Fonematik eshitish
imloviy malakani hosil qilishning muhim shartidir. Shu bois savod
o‗rgatish davrida eshitish idrokini o‗stirish uchun xilma-xil mashqlar
o‗tkazib boorish maqsadga muvofiqdir.
Unlilar va undosh tovushlar imlosi.
Nutq tovushlarini yozuvda ifodalash uchun harflarning roli kattadir. Hozirgi
o‗zbek tilidagi 30 ta tovushni yozuvda ifodalash uchun 29 ta harfni ishlatamiz.
1
Fonematik eshitish – tovushni aniq talaffuz qilish, boshqa tovushlardan farqlash, bo‗g‗in yoki so‗zdan o‗sha
tovushni ajrata olish ko‗nikmasi.
So‗zni bo‗g‗inga bo‗lish
Bo‗g‗in chegarasini aniqlash
22
O‗zbek tilidagi j harfi ikki tovushni ifodlashi nutqning tovush jihatidan sonini
oshiradi.
Hozirgi o‗zbek adabiiy tilida unli fonemalar oltita:
Tovush Harf
a a
o o
e e
u u
o‗ o‘
Unli fonemalar tilning harakatiga ko‗ra klassifikatsiya qilinadi. Shunga ko‗ra
ayrim vaqtlarda tovushlarning aytilishi va yozilishida farq qiladi.
Masalan: a unlisi (muomila, munosibat, muhokima va b) i tovushiga yaqin
talaffuz qilinadi, ammo har vaqt muomala, munosabat, muhokama yozilishi kerak
o unlisi urg‗usiz bo‗g‗inlarda o–tovushi a tarzida aytiladi: kanstitutsiya, lekin
konstitutsiya yoziladi.
u unlisi ba‘zan ikkinchi bo‗g‗inda i eshitilasa ham, u yoziladi: butun,
tushuncha, usul yoziladi.
Undosh fonemalar jarangli va jarangsiz undoshlarga ajratiladi. Undosh
tovushlar so‗zlash a‘zolarining faol ishtirokiga va ta‘sirida paydo bo‗ladi.
Undoshlarning muhim xususiyati ular orasidagi jarangli va jarangsizlikdir.
b, v, g, d, r, j, g‘, m, n, ng, y, l, – jarangli
p, f, k, t, s, ch, sh, x, q, h – jarangsiz.
J- harfi o‗zbek yozuvida ikki tovushni belgilashga hizmat qiladi. Bu
tovushlardan biri portlovchi b‗lib, uni talaffuz qilganda tilning uchi yuqori tish
milklariga yopishib zo‗r bilan aytiladi. J – portlovchisi nutqimizda juda ko‗p
uchraydi : jon, majlis, Jahon, vaj. Lekin rus tilidan va boshqa jahon tillaridan
olingan so‗zlarda sigg‗aluvchi qorishiq tovush o‗rnida aytiladi va yoziladi: jurnal,
jyuri, garaj, tiraj mujgon.
23
S – yoki rus tili va Ovrupa tillaridan o‗tgan so‗zlardagi ajratilmas ts tovushi
yangi imlo bo‗yicha quyidagicha yoziladi: Soy, sirk kabi so‗zlarda xat boshida
kelsa bitta s shaklini, xat o‗rtasida unlidan so‗ng ts ikki harfni: militsiya, xat
o‗rtasida undoshdan so‗ng bitta s shaklini: ssenariy, konsert va boshqa, xat oxirida
unlidan so‗ng bitta shaklda yoziladi.
X (x) va H (h) tovushlari paydo bo‗lish o‗rniga ko‗ra ham aytilishiga ko‗ra
ham bir–biridan farq qiladi. H (h) bo‗g‗zda paydo bo‗lib, sirg‗aluvchi va ma‘no
ayiruvchi tovush o‗rnida yoziladi: behi, hush, shohi, ham, hamma, ogoh.. X (x) esa
portlovchi, til orqa tovushi: xulq, shox, xat, baxt, taxt, mix, axborot kabi.
Dostları ilə paylaş: |