Mavzu: O’zbek xalq o’yinlarining rivojlanish tarixi
Reja:
O’yin haqida tushuncha
O’zbek xalq o’yinlarining kelib chiqish tarixi
Xalq o’yinlarining o’ziga xos xususiyatlari
MTTlarda xalq o’yinlarining ahamiyati
O‘yin faoliyati, o‘yin -mehnat bilan bolalik yoshidayoq umumiylikka egadir.O‘yin juda hissiyotli faoliyat, shuning uchun u bolalar va yoshlarning tarbiyaviy ishlarida jiddiylikni talab etadi.Katta doiradagi xalq o‘yinlari bolalar va o‘smirlar orasida keng tarqalgan.Xalq o‘yinlarining o‘ziga xos xususiyati harakat-ning o‘yin mazmunida yaqqol ajralib turishidadir. Bu harakat faoliyatlari ularning syujetlarida motivlashgan. Ular o‘yin maqsadiga erishish yo‘lida qo‘yilgan turli xil qiyinchiliklar, to‘siqlarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan.
Bolaning o‘sishi va rivojlanishi bilan o‘yinning mazmuni
o‘zgaradi, o‘yin faoliyati dastlabki bosqichlarda oddiy bo‘lsa, keyin-
chalik u bosqichma-bosqich boyib boradi va murakkablashadi.
Milliy kurashda «o‘yin» atamasi polvonlarning bir-birlariga
qo‘l silkitib yoki sakrab, yengil harakat qilishlari ma’nosini ang-
latadi. «Polvonlar, o‘ynab-o‘ynab olinglar», deganda shu ma’no
tushuniladi. «Nima uchun xalq o‘yinlari yoki o‘zbek xalq o‘yinlari»
deb ataladi? Buning uchun xalq so‘zining lug‘aviy ma’nosini topi-
shimiz zarur.
Demak, yuqoridagi qomuslardan m a’lum bo‘ldiki, xalq
so‘zining lug‘aviy ma’nosini tilimizda el, elat, millat, aholi, xaloyiq,
olomon, bir guruh kishilar ma’nolarini ariglatadi va amalda
qo‘llaniladi, bu tilimizdagi rang-baranglikka xos xususiyatdir.
Binobarin, «o‘zbek xalqi» iborasi o‘rni kelganda, o‘zbek eli, o‘zbek
elati, o‘zbek millati deyilishi mumkin, bu hech qanday til qonun-
qoidalariga va mantiqqa zid emas.
«Xalq» so‘zi atama sifatida o‘zining qat’i belgilangan ma’no-
mohiyatiga ega. Fikrimizning isboti uchun bir necha qiyosiy misol-
lar keltiramiz. 0 ‘zbek xalqi yoki o‘zbek xalq o‘yinlari deganda,
0 ‘zbekistonda va boshqa mamlakatlar-u mintaqalarda yashovchi
barcha o‘zbeklami yoki o‘zbek xalq o‘yinlarini tushunish kerak.
0 £zbekiston xalqi yoki 0 ‘zbekiston xalqlari o‘yinlari deganda,
faqat respublikamizda yashovchi barcha aholini yoki barcha xalqlar
o‘yinlarini tushunmoq kerak. Chunki ular orasida o‘zbeklardan
tashqari turli xalqlar, fuqaroligi yo‘q yoki fiiqarolikdan mahrum
etilgan kimsalar, muhojiriar, chet el fuqarolari va shu kabilar
ham bolishi tabiiydir. Xullas, 0 ‘zbekiston xalqi deganda respub-
likada yashovchi yalpi aholi yoki o‘zbek xalq o'yinlari deganda
faqat o‘zbek xalqiga tegishli bo‘lgan o‘yinlami tushunmoq joizdir.
Qadim vaqtlardan beri xalq hayotiy mazmunining siyosiy, iqtisodiy,
madaniy, inaishiy tomonlarini o'zida mujassamlashtirib kelgan
narsa — bu o‘zbek xalq o‘ymlari va jismoniy mashqlar edi. Ilk
zamonlarda ulaming aksariyati mol boqish, yovvoyi hayvon, qush
va baliqlami ovlashga qaratilgandi. Tariximiz ohangraboligini hech
qachon yo‘qotmagan. Istiqlolga erishgunga qadar biz xalqimizning
juda ko‘p shonli an’analarini boy berdik, lekin an’anaviy xalq
o'yinlari va milliy sport turlari batamom yo'qolib ketmadi. Uni
xalq o‘z farzandini e’zozlagani kabi avaylab, ishonch ko‘zi ila
saqlab keldi. Qanchalik taqiqlashlar, ta’qiblar bo‘lmasin, ular
kattalardan kichiklarga, avloddan avlodga o‘tib kelaverdi. Ularni
bir yoki bir necha kishi yaratgan emas, uni xalq yaratgan,
shuning uchun ham yillar bo‘roniga dosh berib, asrlar osha
yashayveradi.
Xalqning har qanday o‘yini mehnat, turmush tarzi va tevarak-
atrof bilan uzviy bog‘langan. Bu ayniqsa, turli joylarda yasha-
yotgan o‘zbek xalqining o‘yinlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Masalan, hamma joyda uzoqni chamalab mo‘ljalga uloqtirish,
tashlash, irg‘itishlar mavjud, lekin tog‘lik o‘zbeklar nishonga yoki
uzoqqa tosh, tekislikdagilar esa kesak, loy, tayoq uloqtiradilar
(«Qadama tayoq», «Aniq mo‘ljalga», «Merganlar» va boshqa
o‘yinlar).
Xalq o‘yinlari azaldan insonning turmush tarzida o‘ziga xos
o‘rin tutib, bolalar va yoshlarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy
vositasi sanalgan. Jamiyat taraqqiyotining har bir davrida xalq
o'yinlari belgilangan maqsad va vazifalari bilan shu jamiyat man-
faatlari yo‘lida xizmat qilgan. 0 ‘zbek xalq o‘ymlari shu jamiyat
manfaatlari yo‘lida xizmat qilgan. 0 ‘zbek xalq o‘yinlari shu qadar
ko‘p bo‘lganki, bir qishloq o'yinlari ikkinchisidan, bir shahar
o‘yinlari boshqa o‘yinlardan farq qilgan. Tarixiy manbalarga qara-
ganda, o‘zbek xalqining milliy sport turlari va milliy ocyinlari
kishilarni faol, sermahsul ishlashga tayyorlagan. Bunda milliy
o‘zbek o'yinlarining umumiy miqdori, bilimdonlaming fikricha,
3—5 mingdan kam emas.
Bu o‘yinlarning har biri xalqimizning orzu-istaklari, umidlari,
quvonch-u tashvishlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Ular yillar
davomida shaklfanib, mukammal holga kelgan, ma’lum bir qoidaiar
asosida birlashtirilib, har xil turlarga ajratilgan. Xalq orasidagi
o'yinlar doimiy va mavsumiy bo'lib, hatto shahar va qishloqlarga,
kichik va kattalarga, kunduz va oqshomga xos xarakterga ega
bo£lgan (U.Qoraboyev, 1991).
Ma’lumki, barcha o'ynaladigan o'yinlar bilan bir qatorda, turli
kasb egalarining ham o‘ziga xos o‘yinlari bo‘lgan. Ba’zi tadqiqot-
chilar fikricha «uloq» (ko'pkari) o‘yini chorvadorlar orasida keng
tarqalgan ekan. Chorvadorlar orasida «ко'ркап» (uloq), «junto1 p»,
«chimto£p», «podachi» kabi o‘yinlar o‘ynalgan (ko£pgina sharq
xalqlarida, jumladan, o£zbek chorvadorlari orasida keng tarqalgan
«chovgan», «chimto£p» o£yini asosida hozirgi vaqtda butun dunyo-
da o‘ynalayotgan «Chim ustida xokkey» sport turi vujudga kelgan).
Ocyin jarayonida bolalar dunyoni anglabgina qolmay, balki
turii vaziyatlarda mustaqil harakat qilishni o‘rganadilar. 0 £yin
bolalar harakatining faol ko‘rinishlaridan biridir.
Harakatchan o'yinlar ko£pchilik va yakka o'yinlarga bo'linadi.
Ko£pchilik ichida o'ynaladigan o‘yinlar axloqiy ahamiyatga ega
bo‘ladi. Yakka harakatchan o‘yinlarda bola sharoit va maqsadni
o'zlashtirishi, muvofiq yo£lni o£zi tanlashi mumkin (A.K. Atayev,
1990).
0 ‘yinlarda, asosan, sog‘lom, o£z kuchiga, imkoniyatlariga
ishongan bolalar ishtirok etishgan. 0 ‘yinlarda bolalarning yoshi,
jismoniy tayyorgarliklari ko£p hollarda hisobga olinmagan. O'yin
ishtirokchilari, asosan, bolalarning bo‘y-bastiga muvofiq tanlangan.
Chunki, bolalarning bo‘yi va gavdasining tuzilishi katta ahamiyat
kasb etgan.
Bolalar o‘yinlari ni harakatli o£yinlar va ma’naviy (so£z) o'yinlar
tarzida ikki guruhga ajratish mumkin.
Harakatli o£yinlarda biror predmet (o‘yinchoq) yoki so£z
(qo£shiq) hal qiluvchi rol o£ynaydi, ular butun o£yin davomida
boshqaruvchilik, vosita vazifasini bajaradi. «Chillak» o’yinida chillak
dasta va chillak, «Danak yashirish» o‘yinida danak harakatni bosh-
qaruvchi predmet hisoblanadi. «Oq terakmi, ko‘k terak?», «Boy
xotin», «Mehmonmisiz?» va boshqa talay o'yinlarda so‘z (qo‘shiq)
harakatni boshqaruvchi vositaga aylangan.
G. Jaxongirov (1975) o‘zbek bolalar milliy o'yinlarini tavsiflagan
bo‘lmasa-da, o‘zbek bolalar folklori materiallari asosida o‘yinlarda
folklor unsurlarining о‘mini shartli ravish da vazifalarga qarab ajrat-
di: qo‘l chaqqonligi o‘yinlari, topishmachoq, taqlid, quvlash
machoq, koptok o‘yinlari, chorvachilik, dehqonchilik, bog‘dor-
chilik, arg‘imchoq, suv o‘yinlari, she’riy va maishiy xarakterdagi
о‘yinlar.
Hozirgi kunda o‘yinlar ikki turga ajratiladi: harakatli o‘yinlar
va sport o‘yinlari. Yugurishning har xil turlari, sakrash, uloqtirish
va boshqa harakatlardan tashkil topgan о‘yinlar harakatli o‘yinlar
deb ataladi.
Xalq o‘yinlari azaldan insonning turmush tarzida o‘ziga xos o‘rin tutib, bolalar va yoshlarga ta’lim tarbiya berishning asosiy vositasi sanalgan. Jamiyat taraqqiyotining har bir davrida xalq o'yinlari belgilangan maqsad va vazifalari bilan shu jamiyat manfaatlari yo‘lida xizmat qilgan. O‘zbek xalq o‘yinlari shujamiyat manfaatlari yo‘lida xizmat qilgan. O‘zbek xalq o‘yinlari shu qadar ko‘p bo‘lganki, bir qishloq o'yinlari ikkinchisidan, bir shahar o‘yinlari boshqa o‘yinlardan farq qilgan. Tarixiy manbalarga qaraganda, o‘zbek xalqining milliy sport turlari va milliyo’yinlari kishilarni faol, sermahsul ishlashga tayyorlagan.Bu o‘yinlarning har biri xalqimizning orzu-istaklari, umidlari, quvonchu tashvishlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Ular yillar davomida shakllanib, mukammal holga kelgan, ma’lum bir qoidalar asosida birlashtirilib, har xil turlarga ajratilgan. Xalq orasidagi
o'yinlar doimiy va mavsumiy bo'lib, hatto shahar va qishloqlarga, kichik va kattalarga, kunduz va oqshomga xos xarakterga ega bo’lgan.
O‘zbek xalq harakatli o‘yinlarining paydo bo‘Iishida va rivoJlanishida shu kungacha saqlanib qolgan qadimiy me’morchilik obidalari va amalga oshirilgan arxeologik qazilmalaming natijalari, shuningdek, xalqog‘zaki ijodi namunalari g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbek xalq madaniyatining tarkibiy qismihisoblangan o'zbek xalq harakatli o‘yinlari jismoniy madaniyat, yosh avlodni tarbiyalash va sog’lom turmush tarzini shakllantirishda alohida o‘rin tutadi. O‘rganilgan ilmiyuslubiy va maxsus manbalardagi ma’lumotlarga ko‘ra, ajdodlarimizning madaniy taraqqiyoti, ijtimoiyiqtisodiy, siyosiy va maishiy rivojianishi bilan chambarchas bog'-liq bo‘lgan. Bu esa o‘yinlarning xalqimiz madaniy turmush tarzi
va jismoniy madaniyati bilan uyg‘unlikda taraqqiy etib kelganligidan dalolat beradi. Lekin ajdodlarimiz o‘yinlarining tarixiy taraqqiyotini turli ijtimoiy tuzum davrlaridagi madaniyati, ma’rifati, tarixiy voqealari hamda an’analaridan alohida ajratib o'rganib bo‘lmaydi.
Insoniyat taraqqiyoti tarixida mehnat o‘yinlari katta o‘rintutgan, ammo inson hayotida o‘yin, uning kelajakdagimehnat faoliyatidan oldin turadi. Masalan, bola o‘ynab rivojlanadi, undagi shartli reflekslar birinchi va ikkinchi signallar tizimi, doimiy ravishda organizm atrofmuhit bilan o‘zaro faoliyat va tarbiyaning hal qiluvchi ta’siri paytida tashkil etilgan pedagogik jarayon sifatida shakllanadi. Shaxsning shakllanish va rivojlanish jarayoni insonning ijtimoiy tajribasini o‘zlashtirish jarayoni hamdir.Tarbiya oldindan ma’lum maqsadga yo'naltirilgan bo‘lib, bolaning ulg‘ayishida muhim aha-miyat kasb etadi. Jamiyatdagi tajribani o‘zlashtirishda hal qiluvchi holat bolaning o‘ziga, uning faolligi, tashqi muhit bilan o‘zaro munosabat doirasiga bo‘liq.
Hozirgi kunda bolalar sevib o’ynayotgan yong’oq, poylama singari o’yinlar X-XII asrlarda ham ommaviy bo’lgan.“Devonu lug’atit turk”da yong’oq o’yini bilan bevosita bog’liq bo’lgan anchagina hodisalarining nomlari qayd etilgan.“Chavgon” haqidagi ma’lumotlarni A.Navoiy, Bobur, va boshqa klassiklar asarlarida ham uchratish mumkin. Firdavsiyning “Shoxnomasi” da esa chavgon haqida voqea bayon qilinadi. M.Qoshg’ariy o’yin nomini chavgon to’pini uradigan cho’p nomidan olinganligini ta’kidlaydi. Chavgon cho’pi shu nom bilan atalgan bo’lib fors-tojikcha so’zdir. Uning ma’nosi “uchi egri, uzun tayoq” degani
O’z zamonasida kuch va qudrati bilan butun dunyoni qoyil qoldirgan buyuk sarkarda davlat arbobi Amir Temur “Tadbirkor, baquvvat, shijoatli bir kishi ming kishidan afzal”-deb aytgan edi. Milliy o’yinlarimiz serharakatligi barcha organizm va muskullarni o’stiruvchanligi, chidamlilikka o’rgatuvchi, chiniqtiruvchi harakatlardan tashkil topganligi bilan boshqa xalqlar o’yinlaridan tubdan farq qiladi. Xalqimiz orasida har bir faslga mos o’yinlar mavjud bo’lib o’ynalib kelingan. O’zbek milliy o’yinlari qat’iyligi, har tomondan qulay yaratilganligi uchun xam katta-yu kichik va hatto xotin-qizlar tomonidan sevib o’ynalgan. Ota-bobolarimiz o’z farzandlarini qiyinchiliklar oldida dovdiramaslik, qo’rqmaslik ruxida tarbiyalab uni yechishga o’rgatganlar. Ko’p yillar davomida yiqqan malakalariga tayanib o’z farzandlariga badan tarbiya va aqliy o’yinlardan foydalanish yo’l -yo’riqlarini ko’rsatganlar.
Bu o’yinlar xalq kayfiyatini ko’targan, tetiklashtirib kuch bergan. Ayniqsa, bahorgi va kuzgi fasllarga mos bo’lgan o’yinlarni butun-butun qishloqlar o’ynashib, o’zlarini shod etishga harakat qilganlar. Bu o’yinlar hosil bayramlarida. Sayl va to’ylarda tantanali ravishda o’tkazilgan. Eng kuchli qo’rqmas, botir, chaqqon ishtirokchilar taqdirlangan va sovrinlar olgan. Bu esa o’zbek badantarbiya o’yinlarining rivojlanishiga katta yo’l ochib bergan.
O’zbek xalq o’yinlari kichik yoshdagi bolalarda bilish imkoniyatlari va tafakkurini rivojlantirish, ular xotirasini buyumlar hamda tabiat ijtimoiy hayot voqealari to’g’risidagi turli ma’lumotlar bilan boyitish, so’z boyligini ko’paytirish, ma’naviy qiziqish va ehtiyojlarini tarbiyalashning ajoyib manbai hisoblanadi. O’zbek xalq o’yinlarining juda katta tarbiyaviy imkoniyatlarini bolalarda qat’iylik va dadillik kabi iroda sifatlari shakllanishida ko’rishimiz mumkin.
O’yin davomida bolalar yuradilar, sakraydilar, yuguradilar, o’rmalaydilar, biror-bir buyumni irg’itadilar, natijada ularning mushaklari va sezgi organlari rivojlanadi, ruhiyati yaxshilanadi, yanada sog’lom bo’ladi, tanasi chiniqadi, aqliy va jismoniy faoliyati yanada oshadi. O’yin davomida bolalarda milliy qadriyatlar haqidagi bilimlari, qolaversa, unga bo’lgan hurmat, qiziqishlari oshib boradi. Yana 5ta jismoniy sifatlar: tezlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, kuch, epchillik kabilar rivojlanadi.
Hozirgi sharoitda o’zbek xalq o’yinlarining asosiy vazifasi o’z mazmuni va usuli bilan bolalarning jamiyatimiz talablariga muvofiq tarbiyalanishini ta’minlash, ularda axloqiy irodaviy sifatlarni rivojlantirish, ijodkor va bunyodkorlarga xos ko’nikma hamda malakalarni, vatanparvarlik fazilatlarini shakllantirishdan iborat. Qadimgi tarbiya tizimida o’yinlardan shaxsni shakllantirish vositasi sifatida keng foydalanilgan.
Prezidentimiz Sh. Mirziyayev yosh avlod tarbiyasiga katta ahamiyat berib, shunday degan edi: “ yosh avlodni tarbiyalash biz uchun eng asosiy vazifadir” Shundan kelib chiqib, hozirgi vaqtda O’zbekiston pedagogik jamiyati tarbiyaning odatiy bo’lgan shakllari va usullarini izlab topish, o’sib borayotgan avlodda mustahkam umuminsoniy ishonch va qarashlarini shakillantirish, shaxsda milliy madaniyat va milliy qadriyatlarni hurmat qilish, avaylab-asrash tuyg’ularini o’stirishga diqqatini qaratmog’imiz lozim.Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, o’sib borayotgan avlodning tarbiya tizimida xalq pedagogikasi tajribalari, jumladan, milliy xalq o’yinlari yoshlarning xarakteri va ongini boshqaruvchi vosita, asosiy kuch deb hisoblash mumkin
Dostları ilə paylaş: |