1-mavzu O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi manbashunos-fayllar.org
Inson uchun tarixidan judo bo‘lish- hayotdan judo bo‘lish demakdir. Xorazm davlati tarixini biz 2700 yillik tarix deb bilamiz. Eng mo‘‘tabar, qadimgi qo‘lyozmamiz "Avesto"ning yaratilganiga 3000 yil bo‘lyapti. Bu nodir kitob bundan XXX asr muqaddam ikki daryo oralig‘ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir. "Avesto" ayni zamonda bu qadim o‘lkada buyuk davlat, buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat bo‘lganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor etolmaydi.
...biz hamon rus olimlarining tadqiqotlariga tayanamiz, iqtibos ko‘chiramiz. "Bartold unday degan, Gumilev bunday degan..." va hokazo. ...qachongacha biz tariximizni birovlarning nuqtai nazari, qarichi bilan baholaymiz? Arxeologiya, Tarix, SHarqshunoslik va boshqa bir qator institutlarimiz bor. Nima emish, O‘zbekiston XX asrning 20-yillarida, aniqrog‘i, 1924 yili davlat maqomini olgan emish.
...butun xalq bilishni istaydi: o‘zbek davlatchiligi qaysi asrda paydo bo‘ldi? Tarix olamida mehnat qilayotganlarni vatanparvar, elparvar safdoshlarim, deb bilganim uchun ularga shu talabni qo‘ymoqdaman: qachon lo‘nda, asosli qilib haqqoniy tariximizni farzandlarimizga etkazasizlar?
...O‘zbek tarixchilarining bugungi kundagi asosiy vazifasi mana shu da’voning puch ekanligini isbotlash, davlatchiligimizning ilmiy nuqtai nazardan asoslangan tarixini yaratishdir.
...biz o‘zimizni millat deb bilar ekanmiz, o‘zbekchiligimiz haqida aniq tushunchaga ega bo‘lishimiz kerak. Turkiytilli xalq bor, turk xalqi bor. Farqini har bir fuqaromiz, avvalo, farzandlarimiz bilib olsinlar.
Biz o‘zbeklarni ulug‘, bunyodkor xalq deb dunyoga tarannum etyapmiz va aslida ham shunday.
Janob Jak SHirakka davlatchiligimiz asoslarini yaratib ketgan Temur bobomiz g‘ayrat-shijoati, yuksak aql-zakovati, tadbirkorligi, elparvarligi bilan bizga hamisha ibrat namunasi bo‘lib qolg‘usidir. Biz u zoti oliydan hamisha ruhiy madad olamiz.
Inson bir paytning o‘zida ham bunyodkor, ham yovuz bo‘lishi mumkin emas. Qur’oni karimni yod bilgan inson yovuz bo‘lmaydi. Qonxo‘r odam "Kuch - adolatda" deyishi mumkinmi?!