Mavzu: O'zbekiston qishloq xo'jaligi geografiyasi agro sanoat majmuasi Agrosanoat majmuasi (asm)



Yüklə 209 Kb.
səhifə1/22
tarix03.04.2023
ölçüsü209 Kb.
#92799
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
O\'zbekiston geografiyasiююююю


Mavzu: O'zbekiston qishloq xo'jaligi geografiyasi agro sanoat majmuasi


Agrosanoat majmuasi (ASM) - qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, ularni tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va tayyor mahsulotni iste`molchilarga yetkazib berish bilan bog`liq tarmoqlar yig`indisidir. Agrosanoat majmuasining asosiy vazifasi-aholining oziq-ovqat mahsulotlari va xalq iste`moli tovarlariga bo`lgan ehtiyojlarini to`laroq va samaraliroq qondirishdan iborat.
Mamlakatimiz ASM agrosanoat integratsiyasi va kooperatsiyasining mahsuli bo`lib, o`tgan asrning 70-yillaridan boshlab yagona tizim sifatida shakllana boshladi. Bu davrga kelib bir nechta tarmoqlarning yagona majmuaga birlashishi uchun moddiy-texnik va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar barpo etilgan edi.
ASMning pirovard mahsulotini yaratishda ishlab chiqarish va muomala sohasining turli bosqichlarida bevosita va bilvosita 70 dan ortiq tarmoqlar ishtirok etadi. ASM tarkibiga texnologik va iqtisodiy jihatdan o`zaro bog`liq va qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishdan oxirgi iste`molchiga yetkazib berishgacha bo`lgan jarayonda bevosita ishtirok etuvchi tarmoqlar kiradi. Ushbu jarayonda ishtirok etayotgan tarmoqlar o`rtasidagi nisbat agrosanoat majmuasining tarmoq tarkibini tashkil etadi.
ASM 3 ta sohani o`z ichiga qamrab oladi. Birinchi soha sanoatning agrosanoat majmuasini ishlab chiqarish vositalari bilan ta`minlovchi, shuningdek, qishloq xo`jaligiga ishlab chiqarish va texnik xizmat ko`rsatuvchi tarmoqlardan iborat. Bu sohaga ASM uchun mashina, traktor, kombayn, stanoklar, ishchi mashinalar, qishloq xo`jaligi texnikalari uchun ehtiyot qismlar, yoqilg`i-moylash materiallari yetkazib beruvchi, mineral o`g`it va ximikatlar, qishloq xo`jaligi zararkunandalariga qarshi vositalar ishlab chiqaruvchi, chorvachilik uchun omixta yem ishlab chiqaruvchi korxonalar, qishloq xo`jaligi ekinlari va chorva mollari uchun dori-darmon ishlab chiqaruvchi ixtisoslashgan korxonalar va boshqalar kiradi.
ASMning birinchi sohasiga kiruvchi tarmoqlar ishlab chiqarish jarayonini resurslar bilan ta`minlash, qishloq xo`jaligini sanoatlashtirish va qayta ishlash sanoatida texnika taraqqiyoti uchun asos yaratish, majmuaning barcha bo`g`inlarini samarali faoliyat ko`rsatishi uchun shart-sharoit barpo etishga imkon yaratadi. Qishloq xo`jaligi mahsulotlari va umuman pirovard mahsulot ishlab chiqarishning bir maromda kechishi, uzluksizligi va ommaviyligi ushbu tarmoqlar faoliyatiga bog`liq.
Ikkinchi sohaga bevosita qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug`ullanuvchi korxonalar, birinchi navbatda, fermer va dehqon xo`jaliklari kiradi. Bundan tashqari ASMning ikkinchi sohasiga-pillachilik, asalarichilik, qisman o`rmonchilik (tabiiy oziq-ovqat va dorivor o`simliklar yetishtirish) hamda baliqchilik kiradi. Bu soha ASMning asosini, yadrosini tashkil etadi. Majmuaning boshqa sohasiga kiruvchi tarmoqlar asosan shu soha mahsulotlari asosida faoliyat yuritadilar yoki ushbu sohaga xizmat ko`rsatadilar.



Yüklə 209 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin