Mavzu: O’zbekiston qo’shma korxonalarning hozirgi holati va rivojlanishi


O’zbekiston qo’shma korxonalarning hozirgi holati



Yüklə 17,32 Kb.
səhifə2/3
tarix30.01.2023
ölçüsü17,32 Kb.
#81677
1   2   3
Sh.Alimboyev O’zbekiston qo’shma korxonalar

2. O’zbekiston qo’shma korxonalarning hozirgi holati
Oʻzbekistonda, asosan, mustaqillikdan keyin Koreya Respublikasi, AQSH, Xitoy, Italiya, Turkiya, pokiston, Germaniya, Rossiya, Ukrai-na, Buyuk Britaniya va boshqa bir qator davlatlar kompaniyalari va fir-malari bilan hamkorlikda Qoʻshma korxonalar ishga tushirildi. Avtomobilsozlikda "Oʻz DEUavto" Oʻzbekistonkoreya (qarang Asaka avtomobil zavodi), "SamKoch-avto" OʻzbekistonTurkiya, oltin sanoatida "Zarafshon-Nyumont" Oʻzbekiston-Amerika, "OʻzBAT" Oʻzbekiston-Buyuk Britaniya (qarang "British Ame-riken Tobakko"), "Sovplastital" Oʻzbekiston-Italiya, telekamunikatsiya korxonalari va boshqa juda koʻp Qoʻshma korxona faoliyat koʻrsatmoqda.2002-yilda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar eksporti hajmi Oʻzbekiston Respublikasi umumiy eksport hajmining 19,8% ni(443,0 mln. AQSH dollari) va import respublika umumiy importi hajmining 26% ni (704,8 mln. AQSH dollari) tashkil etdi. Oʻzbekistonda 2004-yil 1 yanvar holatiga koʻra chet el investitsiyalari ishtirokidagi 3539 korxona roʻyxatga olingan boʻlib, ularning 62,4% faoliyat yuritdi.
Qo’shma tadbirkorlik bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlar uchun hamkorlikning yangi shakli bo’lib, ikki yoki bir necha mamlakatlarning mahsulot ishlab chiqarish va sotish, ilmiy-’texnika, investitsiya va boshqa sohalarda bilimlari, kuch-g’ayratlari, mablag’larini birlashtirib, yangi pog’onalarga ko’tarishga olib keladi.Qo’shma tadbirkorlikni ro’yobga chiqarish shakli qo’shma korxona hisoblanadi. Qo’shma korxona - bu bir necha davlat vakillari hisob-langan ishtirokchilarning mulklarini birlashtirish, xo’jalik faoliyatini birgalikda boshqarish va olingan foydani taqsimlash kelishuvlariga asoslangan qo’shma xo’jalik tashkilotidir. Qo’shma korxonalar tuzish-dan maqsad mamlakatga ilg’or texnika, texnologiya, mahsulot sotish va ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish progressiv usullari, xorijiy sarmoyani jalb qilishdir. Imtiyozli xorijiy kreditlarni olish, ichki bozorni to’ldirish va eksportni kengaytirish, import o’rnini bosadigan mahsulot ishlab chiqarishni oshirish va buning evaziga valuta zaxiralarini ko’paytirish hisoblanadi. Qo’shma korxona turli mulkdorlarning qo’shma mulk shakliga asoslangan bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qo’shma korxona ta’sischilari O’zbekiston va boshqa davlat fuqarolari va yuridik shaxslari bo’lishi mumkin.
Qo'shma korxonaning maqsadlari
1. Qo'shma korxona joylashgan mamlakat bozorini qo'shma korxonaning predmeti bo'lgan tovar va xizmatlar bilan to'liqroq to'ldirish.
2. Mamlakatga jalb qilish ilg'or texnologiyalar, boshqaruv tajribasi, qo'shimcha moddiy va moliyaviy resurslar.
3. Eksport bazasini kengaytirish
4. Import o'rnini bosuvchi mahsulotlarni chiqarish hisobiga importning qisqarishi
5. Sotish bozorlarini kengaytirish
6. Soliq solishni optimallashtirish.
7. Qo'shma korxona ishtirokchilari va qo'shma korxona joylashgan mamlakatning boshqa maqsad va vazifalari.


Yüklə 17,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin