Mavzu: O'zbekiston respublikasi harakatlar strategiyasi: makroiqtisodiy barqarorlik va investitsion faollik


“O‘zbekiston Respublikasi Harakatlar strategiyasi: makroiqtisodiy barqarorlik, investitsion faollik va innovatsion rivojlanish istiqbollari” mavzusida IV an’anaviy xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo



Yüklə 2,96 Mb.
səhifə13/19
tarix25.09.2023
ölçüsü2,96 Mb.
#148086
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Kurs ishi (1)

Harakatlar strategiyasi – iqtisodiy taraqqiyot kafolati



“O‘zbekiston Respublikasi Harakatlar strategiyasi: makroiqtisodiy barqarorlik, investitsion faollik va innovatsion rivojlanish istiqbollari” mavzusida IV an’anaviy xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.


Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 26-27 may kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan ushbu nufuzli xalqaro anjuman o‘z ishini boshladi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Bandlik va mehnat munosabatlari, Innovatsion rivojlanish vazirliklari, Davlat soliq qo‘mitasi, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Jahon banki, Konrad Adenauer (Germaniya) jamg‘armasi kabi qator xalqaro tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari, AQSH, Germaniya, Rossiya, Koreya Respublikasi, Indoneziya, Malayziya, Chexiya, Polsha, Bolgariya, Yangi Zelandiya va Qozog‘iston kabi davlatlarning nufuzli universitetlari rahbarlari, olimlar, mutaxassis va ekspertlar ishtirok etmoqda.

Konferensiyada O‘zbekistonda ro‘y berayotgan ustuvor iqtisodiy va siyosiy islohotlarni o‘zida jamlagan dastur – Harakatlar strategiyasi doirasida yangi O‘zbekistonda o‘tgan to‘rt yil mobaynida amalga oshirilgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.


Har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan ushbu xalqaro anjuman milliy va xalqaro ekspertlarning o‘zaro tajriba almashish maydoniga aylangani ta’kidlandi. Shuningdek, Harakatlar strategiyasi asosida amalga oshirilayotgan har yilgi Davlat dasturlarining tahlili jarayonida to‘plangan tajriba navbatdagi strategik konsepsiyalarni hayotga joriy etishda muhim va dolzarb ahamiyat kasb etishi alohida qayd etildi.
Xalqaro konferensiyani tashkil etishdan ko‘zlangan ustuvor maqsad – tadbir doirasida shakllantirilgan seksiyalar bo‘yicha ilmiy-nazariy hamda amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Xususan, Harakatlar strategiyasi asosida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar sarhisobi, istiqboldagi strategik yo‘nalishlar bo‘yicha iqtisodchi olimlar, tadqiqotchilar, yetuk amaliyotchi xodimlar va xalqaro ekspertlar munosabatlarini umumlashtirishdir.

– Mazkur xalqaro anjuman Harakatlar strategiyasining uchinchi ustuvor yo‘nalishi – Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari, jumladan, makroiqtisodiy barqarorlik, investitsion faollik va innovatsion rivojlanish istiqbollari mavzusiga bag‘ishlangani bilan ham alohida ahamiyatga ega, – dedi “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov. – Boisi, jadal rivojlanayotgan dunyoga, jumladan, O‘zbekistonga ham prinsipial jihatdan yangi iqtisodiy siyosat, barcha yo‘nalishlarda katta o‘zgarishlar uchun yangi imkoniyatlar topishga qaratilgan faol iqtisodiy islohotlar zarur.


“Taraqqiyot strategiyasi” markazi axborot xizmatining xabar berishicha, konferensiyada O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi: makroiqtisodiy barqarorlik va izchil iqtisodiy o‘sishni yanada mustahkamlashga qaratilgan islohotlar, erishilgan yutuqlar sarhisobi hamda istiqboldagi taraqqiyot odimlari, tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, real sektor tarmoqlarining ishlab chiqarish salohiyatini oshirish asosida hududlarni barqaror rivojlantirish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari, qulay investitsion muhitni shakllantirish, yangi bozorlarni o‘zlashtirish, eksportni qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiy integratsiya, infratuzilma va transport koridorlarini kengaytirish yo‘nalishlari va boshqa bir qator sho‘’balar kesimida 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan islohotlarning natijalari sarhisobi va istiqbolli yo‘nalishlardagi islohotlarning dolzarb masalalari muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.

Yüklə 2,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin