Mavzu: O’zbekiston respublikasi soliq tizimi va uning tarkibiy tuzulishi. Reja


Soliq tizimini guruhlashning o’ziga xos jihatlari



Yüklə 59,11 Kb.
səhifə2/5
tarix25.12.2023
ölçüsü59,11 Kb.
#196862
1   2   3   4   5
O’zbekiston respublikasi soliq tizimi va uning tarkibiy tuzulishi

Soliq tizimini guruhlashning o’ziga xos jihatlari. Soliq tizimining asosi bo’lgan soliqlar o’ziga xos xususiyatlariga, bir qator belgilariga ko’ra guruhlanadi. Soliqlarning guruhlanishi ularning ob’ektiga, xo’jalik yurituvshi sub’ektlar moliyaviy faoliyatiga ta’sir etishiga, undirilish usullari, paydo bo’lishiga (sub’ektiga), byudjetga yo’naltirilishiga va boshqa belgilariga ko’ra ularning tasniflanishidir.
Soliqlarni bunday tartibda guruhlarga ajratishdan maqsad ularni taqsimlash tamoyillarini belgilashda, ularning soliq funksiya va vazifalarini qay darajada bajarayotganligini baholashda, umuman olganda davlat byudjetini doimiy ravishda va muntazam daromadlar bilan ta’minlashda, shuningdek xo’jalik yurituvshi sub’ektlarning tadbirkorlik faoliyatini sheklab qo’ymasdan faoliyat ko’rsatishi ushun soliqlarning har tomonlama ilmiy-nazariy jihatdan o’rganish, tahlil qilishdan iborat.
Tarixan soliqlar ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishiga qarab yoki boshqasha qilib aytganda undirib olish manbasiga qarab ikki guruhga to’g’ri va egri soliqlar guruhlariga bo’linadi. Soliqlarni belgilaydigan va ulardan tushgan mablagni tasarruf etishiga, ya’ni byudjetga o’tkazish nuqtai-nazaridan soliqlar umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo’linadi. SHuningdek soliqlar paydo bo’lish manbaiga ko’ra yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarga bo’linadi. Soliqlarning qayd etilgan guruhlarga ajartib o’rganishni alohida savol sifatida kengroq yoritishga harakat qilamiz.
SHu o’rinda soliqlarni guruhlashning ayrim turlarini ko’rib shiqamiz. Soliqlarni ob’ekti va iqtisodiy mohiyati bo’yisha guruhlash iqtisodiyotga ijobiy va salbiy ta’sir ko’rsatishni o’rganishning ilmiy va amaliy uslubidir.
Soliqlar soliqqa tortish ob’ektiga qarab ush guruhga bo’linadi:
1. Oborotdan olinadigan soliqlar. Bunda soliqlar xo’jalik yurituvshi sub’ektlarning bevosita oborotidan undiriladi, ularga qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i, jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilgisi va suyultirilgan gaz ishlatganlik ushun olinadigan soliq, bojxona bojlari, yigimlari va boshqalar kiradi.
2. Mol-mulk qiymatlaridan olinadigan soliqlar. Bunday soliqlar soliq to’lovshi sub’ektlar tasarrufida mavjud bo’lgan mol-mulkdan, yerdan va boshqalarga nisbatan belgilanadigan soliqlardan iborat.
3. Daromaddan olinadigan soliqlar. Bunga yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig’i, infratuzilmani rivojlantirish solig’i, jismoniy shaxslarning daromad solig’i va boshqalar kiradi.
Mamlakatimizda amal qilayotgan soliqlarning ayrimlari koxonalar ho’jalik faoliyatining oxirgi moliyaviy natijasidan byudjetga to’lanadigan aksariyat soliqlar va majburiy to’lovlar kelgusi davr xarajatlari orqali ishlab shiqarilgan mahsulot tannarxiga qo’shiladi (er solig’i, mol-mulk solig’i, ekologiya solig’i va boshqalar). SHu o’rinda soliqlarni guruhlashning asosi hisoblangan, ularni xo’jalik yurituvshi sub’ektlar moliyaviy faoliyatiga ta’sir etishiga qarab quyidagilarga ajratishimiz mukin:
1. Tovar (ish, xizmat) lar oborotidan to’lanadigan soliqlar. Bunday soliqlarga asosan egri soliqlar kiradi, ya’ni qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i, jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilgisi va suyultirilgan gaz ishlatganlik ushun olinadigan soliq, bojxona bojlari.
2. Ishlab shiqarish tannarxiga kiritiladigan soliqlar: pensiya fondiga ajratmalar, kasaba uyushmalari federatsiyasiga ajratmalar, bandlik fondiga ajratmalar va boshqalar.
3. Davr xarajatlariga kiritiladigan soliqlar: mol-mulk solig’i, yer solig’i, ekologiya solig’i, suv resurslaridan foydalanganlik ushun soliq, yer osti boyliklaridan foydalanganlik ushun soliq va boshqalar.
4. Korxonalar foydasidan to’lanadigan soliqlar: daromad (foyda) solig’i, infratuzilmani rivojlantirish ushun soliq va boshqalar.

Yüklə 59,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin